Oʼzbekistonda milliy davlatchilik xususiyatlarini



Yüklə 3 Mb.
tarix12.02.2022
ölçüsü3 Mb.
#83687
Oraliq nazorat 3


MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI JIZZAX FILIALI

 

“AMALIY MATEMATIKA” FAKULTETI AXBOROT TIZIMLARI VA TEXNOLOGIYALARI YO’NALISHI

916-21 GURUH TALABASI

Topshirdi: Tashkulov Abdulla

O’qituvchi: Ortiqov O

Oraliq nazarat savollariga javob



O'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan

Oʼzbekistonda milliy davlatchilik xususiyatlarini


O‘zbekiston Respublikasi o‘z davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgan buyuk tarixiy sana 1991- yil 1-sentyabr xalqimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallagan, har yili eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida katta shodu-xurramlik bilan nishonlanadigan qutlug‘ ayyomdir.

Mustaqillik haqida so‘z borar ekan, hech shubha yo‘qki, ozod va obod yurtimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaroning qalbida shodlik, faxr-iftixor tuyg‘ulari uyg‘onadi. Jannatmakon O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatidagi mavqei yuksalib, shahar va qishloqlarimiz ko‘rkam qiyofaga kirib borayotgani, mehnatkash xalqimiz bugunidan baxtiyor, shukronalik, ertasiga to‘la ishonch ruhi bilan yashayotganligini ko‘rib quvonadi kishi. Bu yil Vatanimiz, mamlakatimiz istiqlolining shonli sanasi – milliy mustaqilligimizning 29 yilligini nishonlash ostonasida turibmiz. Ushbu bayram har yili yurtimizning barcha viloyatlarida, xiyobonlaru – bog‘larda katta tantana bilan nishonlanadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov to’g’ri va uzoqni ko’zlab kuchli siyosat olib bordi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq iqtisodiyotimizni to’laqonli haqqoniy olib bordilar. Hech qaysi bir chet el davlatidan qarzdor bo’lmadik. Xalqimizning inoqligi, bir birini qo’llab quvvatlashi bilan og’ir kunlardan chiqib oldik. Birinchi bo’lib 15 ta davlat ichida mustaqilligimizni e’lon qildik. Har bir davlat bilan tashqi aloqalarni a’lo darajada olib bordi. Hech qaysi davlat norozi ham bo’lmadi bu siyosatdan.



Tarixi bir necha ming yillar bilan bo‘ylashadigan, jahon tamaddunining tamal toshini qo‘ygan, ilm-fani, san’ati, madaniyati, ulkan madaniy va ma’naviy merosi, olimu fuzalolari bilan dong taratgan xalqimiz o‘z istiqlolini osonlikcha qo‘lga kiritgani yo‘q. Yaqin o‘tmish — qariyb bir asr davomidagi mustabit tuzum xalq ijtimoiy-ma’naviy hayotini o‘z hukmronligi ostida, o‘z manfaatlari yo‘lida boshqardi.

O‘zining necha ming yillik ko‘hna tarixida ne-ne voqealarni boshidan kechirgan xalqimiz uchun O‘zbekiston mustaqilligi – hayotimizni, ongu shuurimizni tubdan o‘zgartirgan eng ulug‘, eng aziz sana sifatida ko‘p yillar, zamonlar o‘tsa-da, o‘z ahamiyati, qadr-qimmati va mohiyatini yo‘qotmaydigan, tom ma’noda, olamshumul voqea bo‘lib abadiy saqlanib qoladi.



Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi ta’minlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirildi.
Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə