O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 400,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix08.04.2022
ölçüsü400,24 Kb.
#85187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Raqamli iqtisod rivojlanishi-15.01.2020

gigeconomy, free lancing

 kabilar) [6]. 



 

Ko‘plab  rivojlangan  mamlakatlar,  ro‘y  berishi  lozim  bo‘lgan  o‘zgarishlar 



muqarrarligini  to’la  tushunib,  iqtisodiyotni  raqamlashtirish  tomon  jadal  harakatni 

ongli ravishda boshlamoqdalar. Bu yo‘nalishni birinchilardan bo‘lib ma’lum qilgan 

AQSH,  Yaponiya,  Koreya  va  Xitoy  bugungi  kunda  raqamli  poygada  norasmiy 

yetakchilar  sanaladi.  Ularning  keyingi  o‘rinlarda  Buyuk  Britaniya,Evropa  Ittifoqi 

mamlakatlari,  Avstraliya,  Belorussiyava  boshqalar  turadi.  Bu  dalillarni 

birlashtirgan  holda  qayd  etishga  majburmizki,  bironta,  jumladan,  yetakchi 

mamlakatlarda ham raqamli iqtisodiyot o’zi nima ekanligi va u kelajakda qanday 

oqibatlarga  olib  kelishi  mumkinligi  haqida  to‘laqonli  falsafiy  tushunish  yo‘q. 

Ko‘rinib  turibdiki,  raqamli  iqtisodiyot  deganda,  ko‘plab  mamlakatlar  iqtisodiy 

munosabatlar va boshqaruvning yangi shakllarni emas, balki, iste’molchilar bilan 

kommunikatsiya  qilish  va  to‘lovlarning  yangi  elektron  raqamli  shakllarini 

tushunadi,  holos.  Aftidan,  ko‘pchilik  mamlakatlar  raqamli  iqtisodiyotni  ongli 

ravishda  tashkil  etmaydi,  balki  mavjud  iqtisodiy  munosabatlarni  raqamlashtirish 

jarayoni bilan shug‘ullanadi, xolos. Bu faoliyat, eskirganlik darajasi yaqqol ko‘zga 

tashlanib turganiga qaramay, raqamli iqtisodiyot tuzishning maqsadli yo‘naltirilgan 

jarayoni  hisoblanmaydi.Iqtisodiyotni  raqamlashtirish  jarayonining  ba’zi  yetakchi 

mamlakatlari  esa  qarama-qarshi  yondashuvlar  tanlab  olgan  [5].  Masalan,  AQSH 

bozor yo‘nalishini, Xitoy esa rejali iqtisodiyotni tanlab olgan. Qolgan mamlakatlar 

ma’lum bir oraliq variantlarga rioya qilishadi. Shuni alohida aytib o‘tishni kerakki, 

xuddi  Xitoy  kabi,  AQSH  dasturi  nuqtai-nazaridan  ham  iqtisodiyotni 

raqamlashtirish  jarayonida  biz  globallashuvning  yangi  bosqichini  ko‘ramiz. 

Dunyodagi  eng  kuchli  ikkita  iqtisodiyot  sifatida  AQSH  va  Xitoy  uchun 

globallashuv  foydali,  chunki  iqtisodiy  jihatdan  kuchliroq  bo‘lgan  o‘yinchi  doimo 

o‘z ustunligini namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Agar bu sohadagi AQSH 

ning  strategiyasini  batafsilroq  ko‘rib  chiqadigan  bo‘lsak,  raqamli  iqtisodiyotni 

tashkil  qilish  jarayonini  to’rt  asosiy  blokka  ajratish  mumkinligi  ma’lum  bo‘lib 

qoladi: 

1.Raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  shart-sharoitlarini  yaratish  (



ya’ni, 

tegishlinormativ-huquqiy baza tashkil qilish

); 



 

2.Bu  sohaga  transformatsiya  qilinishga  eng  tayyor  iqtisodiyot  sub’ektlarida 



raqamli  iqtisodiyot  platformalarining  vujudga  kelishi  va  global  miqyosda  ishga 

tushushi; 

3.Raqamli  iqtisodiyot  platformalarning  o’zaro  raqobat  kurashi  va  ularning 

asta-sekinlik bilan integratsiyalashuvi amalga oshishi; 

4.Raqamli  iqtisodiyot  sohasidagi  eng  perspektiv  yechimlarni  butun 

iqtisodiyotga joriy qilish. 

Biz  ham  mamlakatimizda  raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirishning  AQSH  va 

Xitoy  mamlakatlarida  sinovdan  o’tgan  huddi  shunday  strategiyasini  tanlaganimiz 

maqsadga muvofiq bo’lar edi. 


Yüklə 400,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə