O’zbekistonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va uning asosiy yo’nalishlari



Yüklə 400,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix08.04.2022
ölçüsü400,24 Kb.
#85187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Raqamli iqtisod rivojlanishi-15.01.2020

Taklif va hulosalar 

Raqamli  iqtisodiyotni  rivojlantirish  boshqa  mamlakatlar  kabi,  O‘zbekiston 

uchun  ham  uning  dunyo  miqyosidagi  raqobatbardoshligini  belgilab  beradigan 

strategik  ahamiyatga  molik  masalalardan  biri  hisoblanadi.  Shuni  ham  tan  olish 

kerakki,  O‘zbekistonga  bugungi  kunda  maqbul  keladigan  tadbir  qisqa  davrda  – 

birinchi  navbatda,  texnologik  ortda  qolishdan  qutulishdir.  Hosirda  esa 

mamlakatimizda zarur miqdordagi to’laqonli iqtisodiyot sub’ektlari yo‘qligi tufayli 

yetuk  va  to’laqonli  raqamli  iqtisodiyotni  o‘z-o‘zidan  shakllantirish  uchun  shart-

sharoitlar  yo‘q.  Bu  esa  davlatimizga  raqamli  iqtisodiyotning  rivojlanishini  uchun 

shart-sharoitlar  yaratish,  uni  eng  kerakli  sohalarga  yo’naltirish  va  bu  jarayonni 

imkoniyat darajasida rag‘batlantirish zarurligi demakdir.Milliy iqtisodiyotimizning 

yana  bir  muhim  ajralib  turadigan  jihati  shundaki,  YIM  asosiy  qismi  davlat 

korporatsiyalari  (

yoki  davlat  ishtiroki  ulushi  katta  bo‘lgan  kompaniyalar

tomonidan  yaratiladi.  Ishlab  chiqarishning  ko‘plab  tarmoqlarida  davlat 



ishtirokidagi  o‘yinchilar  bozorning  80%gacha  bo‘lgan  qismini  tashkil  qilishi 

mumkin.  Bunday  sharoitlardaprofilli  vazirliklar  yoki  davlat  korporatsiyalari 

rahbarligi ostida industrial raqamli platformalar yaratish eng oqilona qadam bo’lib 

hisoblanadi. Bunday  platformalar  raqamli  iqtisodiyotning  tez  rivojlanishi  va  unga 

mos keluvchi texnologiyalarning keng tarqalishi uchun zarur infratuzilma bazisini 

yaratadi.  Raqamli  iqtisodiyot  platformalari  tuzishda  asosiy  e’tiborni  quyidagi 




 

yo‘nalishlarga  qaratish  zarur:  telekommunikatsiyalar,  energetika,  transport, 



sog’likni saqlash, soliq va soliqqa tortish, dori-darmonlar logistikasi,ma’lumotlarni 

qayta  ishlash,  turizm,  tashqi  iqtisodiy  faoliyat,  ko’chmas  mulk  savdosi  va  ishlab 

chiqarish.  Aynan  shu  sohalarning  rivojlanishi  infratuzilma  va  texnologik  bazis 

yaratishga  imkon  beradi.So’ngra  ularni  boshqa  sohalarga  ko‘chirgan  holda 

O‘zbekiston  yetuk  raqamli  iqtisodiyotni  maksimal  darajada  tez  rivojlantirishi 

mumkin  boladi.  Bunday  yondashuv  bugungi  kunda  respublikamiz  uchun  eng 

maqsadga  muvofiq  bo‘lib  ko‘rinadi,  lekin  u  ham  kamchiliklardan  xoli  emas, 

albatta.  Ammo  mos  keluvchi  strategiya  unga  asoslanishi  lozim  bo‘lgan  raqamli 

iqtisodiyot konsepsiyasini shakllantiish uchun taxmin qilingan yo‘l risklarini ham, 

raqamli iqtisodiyot risklarini ham hisobga olish lozim. Ushbu maqolaga o’ziga hos 

yakun  tariqasida  shuni  alohida  aytib  o‘tishni  istardikki,  rivojlangan  mamlakatlar 

raqamli  iqtisodiyotining  ko‘plab  dasturlari  (



AQSH,  Avstriya,  Avstraliya,  Buyuk 

Britaniya,  Koreya  va  boshqalar

)  asosiy  e’tiborni  “



raqamli  tibbiyot

”  va  “


aqlli 

shahar

”  ijtimoiy  yo‘nalishlariga  qaratgan.  Bunday  loyihalarni  rivojlantirish 

yo’nalishi  jiddiy  iqtisodiy  samaraga  ega  emas,  ammo  bu  holat  bir  qator  dalillar 

bilan asoslanishi mumkin: 

 

birinchidan,  har  qanday  keng  ko‘lamli  rivojlanish  dasturi  g‘arb  turidagi  ochiq 



jamiyatda  omma  tomondan  ma’qullanishi  va  qo‘llab-quvvatlanishi  lozim.  Shu 

sababli,  raqamli  iqtisodiyotning  rivojlanishi  bunday  ijtimoiy  loyihalar  belgisi 

ostida boradi; 

 



ikkinchidan,  yirik  sanoatlarda  raqamli  texnologiyalar  joriy  qilish  ertami-

kechmi, o‘z-o‘zidan iqtisodiy maqsadga muvofiqlik tufayli ro‘y beradi. Ijtimoiy 

loyihalar  esa  davlat  tomonidan  qo‘llab-quvvatlashga  ehtiyoj  sezadi  (

ya’ni, 

maqsadga  muvodiq  narsalar  aqlga  muvofiq,  aqlga  muvofiq  narsalar  esa 

maqsadga muvofiqdir

); 


 

uchinchidan, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar raqamli iqtisodiyotni ma’lum 



bir  ko‘rinishda  amalga  oshirishga  imkon  beradigan  sezilarli  texnologik 

asoslarga  ega  bo‘ladi.  Keng  ko‘lamli  ijtimoiy  loyihalarni  amalga  oshirish 

natijasida ko‘p sonli mutaxassis bo‘lmagan foydalanuvchilardan teskari aloqaga 



 

ega  bo‘linadi,  bu  esa  foydalanuvchi  nuqtai-nazaridan  texnologiyalarni 



takomillashtirish  va  ularni  aholining  keng  qatlamlari  uchun  ochiq  qilishga 

imkon beradi; 

 

to‘rtinchidan,  raqamli  texnologiyalarni  sanoatda  joriy  qilish  (



masalan,  ishlab 

chiqarishda  buyumlar  interneti, 

3D

-printerlarni  ishlab  chiqarishga  keng 

miqyosda joriy qilish kabilar

) ancha tor doiradagi vazifalarni hal qilishi ko‘zda 

tutilgan.  “

Raqamli  tibbiyot

”  va  “


aqlli  shahar

”  ijtimoiy  loyihalarini  amalga 

oshirish esa ko‘proq murakkablik va xilma-xillikni talab qiladi hamda bunday 

loyihalar keng halq ommasi tomonidan taqdirlanadi.  

Barcha  zamonaviy  texnologiyalar  uchun,  ayniqsa,  boshqaruv  tizimi  nuqtai-

nazaridan  shunday  ko’rinishdagi  «



ijtimoiy  stress-test

»  zarurdir.  Yuqorida  aytib 

o‘tilgan fikrlar va g’oyalar tufayli, ushbu ijtimoiy yo‘nalishlarning ijtimoiy muhit 

uchun  muhimligi  bizningcha,  o’quvchiga  ancha  tushunarli  bo’lgandir.  Lekin 

ularning  raqamli  iqtisodiyot  respublika  dasturida  qanday  o‘ringa  ega  bo‘lishi 

lozimligi  noaniq  bo‘lib  qolaveradi.  Ilk  pallada,  resurslar  cheklanganligi  sababli, 

sa’yi-harakatlarni  qaysi  yo‘nalishga  qaratish  zarurligi  haqida  qaror  qabul  qilish 

zarur  bo‘lishi  ehtimoli  katta,  ya’ni,  oldimizda  ikki  yo’l  turibdi:  ularning  biri 

texnologiyalarni ijtimoiy moslashtirish bilan shug‘ullanish, ikkinchisi esa mahalliy 

texnologik asoslarni ko‘paytirish yo’li. 




Yüklə 400,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə