O'zbekistonda tibbiy sug'urtani tashkil etish va unda jalb etiladigan muammolari. Baxtsiz xodisalarni sug'urtalash, raqobatlashish, masalalari, hayot sug'urtasida ta'riflash,ishlab chiqarish amaliyoti



Yüklə 26 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü26 Kb.
#150666
O\'zbekistonda tibbiy sug\'urtani tashkil etish va unda jalb etiladigan (3)


Mustaqil ishi


O'zbekistonda tibbiy sug'urtani tashkil etish va unda jalb etiladigan muammolari. Baxtsiz xodisalarni sug'urtalash, raqobatlashish, masalalari, hayot sug'urtasida ta'riflash,ishlab chiqarish amaliyoti
Reja:
1.Sug’urta turlari
2. Tarixi
3. Majburiy sug’urta

Sugʻurta — tabiiy ofatlar (zilzila, suv toshqini, yogʻin va boshqalar), har xil baxtsiz hodisalar roʻy berishi natijasida koʻrilgan zararni qoplash va boshqa pul qoplamalari toʻlash uchun maqsadli pul jamgʻarmalarini tashkil etish va undan foydalanish bilan bogʻliq iqtisodiy munosabatlar tizimi. Sugʻurta koʻp asrlik tarixga ega. Sugʻurta muassasalari dastlab oʻrta asrlarda, dengiz orqali olib boriladigan savdodagi xavfxatarlar bilan bogʻliq holda paydo boʻldi. Keyinchalik boshqa sohalarga gʻam yoyildi. Ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida sugʻurta fuqarolarning manfaatlarini ishonchli himoya etuvchi vosita boʻlgan.Sugʻurta jamgʻarmasi milliy iqtisodiyot zaxira jamgʻarmasining muhim va oʻziga xos boʻgʻini hisoblanadi, milliy iqtisodiyotni turli tasodiflardan moliyaviy himoya qiladi. Rivojlangan mamlakatlarda sugʻurta ishi nihoyatda taraqqiy etgan boʻlib, bu mamlakatlar yalpi ichki mahsulotida sugʻurta badal (mukofot)lari hajmi oʻrtacha 8—12 % ni tashkil etadi.sugʻurta qilinadigan obʼyektga qarab mulkiy sugʻurta (mas, yuridik va jismoniy shaxslarning mulkiy manfaatlari, binolar, ekinlar, uy hayvonlari, molmulk, transport vositalarini sugʻurtalash), shaxsiy sugʻurta (inson, sogʻligʻi, hayoti, mehnat qobiliyatini sugʻurtalash), uchinchi shaxslar oldidagi javobgarlik sugʻurtasi (transport egalarining fuqarolik javobgarligini, kredit oluvchilarning bank oldidagi kreditni oʻz vaqtida qaytarish javobgarligini sugʻurtalash va boshqalar)ga boʻlinadi. Sugʻurta tartibi va shartlari, turlari, obʼyektlari mamlakatdagi qonunchilik bilan belgilanadi. Mustaqillikka erishguniga qadar 1918—91 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sugʻurta faoliyatini sobiq Ittifoq miqyosida yagona boʻlgan davlat sugʻurta idorasi („Gosstrax“) va uning ittifokdosh respublikalardagi boshqarmalari amalga oshirgan. 1991-yildan OʻzRda oʻtkazilgan chuqur iqtisodiy islohotlar jarayonida bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki bosqichlarida davlat S organlari qayta tashkil etildi, ularga raqobatda boʻla oladigan turli mulkchilik shaklida sugʻurta kompaniyalari va agentliklari vujudga keldi. Sugʻurta xizmati bozori, sugʻurta faoliyatining asosiy yoʻnalishlari, huquqiyqonunchilik asoslari yaratildi. 1993-yilda 6 mayda Oʻzbekiston Respublikasining „Sugʻurta toʻgʻrisida“ qonuni qabul qilindi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25 fevraldagi farmoniga koʻra Moliya vazirligi huzurida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Davlat sugʻurta bosh boshqarmasi „Oʻzagrosugʻurta“ sugʻurta kompaniyasi shaklida qayta tashkil etildi, „Kafolat“ sugʻurta kompaniyasi, „Madad“ sugʻurta agentligi, „Oʻzbekinvest“ eksportimport milliy sugʻurta kompaniyasi va boshqa oʻz faoliyatini boshladi.Sugʻurtalash majburiy va ixtiyoriy shakllarda amalga oshiriladi. Majburiy sugʻurtaning oʻzi majburiy va majburiy davlat sugʻurtasiga boʻlinadi. Ularning har ikkalasi ham qonunchilik hujjatlariga muvofiq joriy etiladi. Oʻzbekistonda umumiy foydalanishdagi avtomobil transporta, suv, havo, temir yoʻl transportlari yoʻlovchilari, transport vositalari egalarining fuqorolik javobgarligi va boshqalarga majburiy sugʻurta turlari belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat chegaralarini qoʻriqlash, Davlat bojxona, Davlat soliq qoʻmitalari xodimlari majburiy davlat sugʻurtasiga olingan va bunday sugʻurta turlari uchun sugʻurta badali (mukofoti) davlat byudjeti hisobidan toʻlanadi. Ixtiyoriy sugʻurta turlari sugʻurta munosabatlarida qatnashuvchi tomonlarning oʻzaro roziligi va yozma shartnoma asosida amalga oshiriladi, sugʻurta javobgarligi hajmi (sugʻurta narxi), sugʻurta badali (mukofoti) miqdori, sugʻurta hodisasi yuz berganda toʻlanadigan sugʻurta puli (sugʻurta qoplamasi, tovoni) summasi — shartnoma shartlari sugʻurta qiluvchi bilan sugʻurta qilinuvchi tomonlar oʻrtasida kelishiladi. Oʻzbekiston Respublikasida jami sugʻurta kompaniyalarining sugʻurta javobgarligi 3,25 trln. soʻmni, yigʻilgan badallar (mukofotlar) tushumlari summasi 21,7 mlrd. soʻmni, toʻlangan sugʻurta puli (krplamalari) summasi 2,4 mlrd. soʻmni tashkil etadi; sugʻurta toʻlovlarining umumiy tuzilmasida molmulk sugʻurtasi 70 %, shaxsiy sugʻurta 6,2 %, javobgarlik sugʻurtasi 5 % dan iborat boʻldi (2002). 2004-yilda Oʻzbekistonda 20 dan ortiq, shu jumladan 10 ta yirik davlataksiyadorlik, nodavlat sugʻurta kompaniyalari faoliyat kursatadi. hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati 1 yilni tashkil etadi hamda sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi);
Sug‘urtalovchining nomidan va topshirig‘iga binoan sug‘urta shartnomasining tuzilishi va ijro etilishini tashkil qilish bo‘yicha faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs sug‘urta agenti hisoblanadi.
Sug‘urtalovchining boshqaruv organlari rahbarlari sug‘urta agenti bo‘la olmaydilar.
Quyidagilar taqiqlanadi:
Sug‘urta agentining huquq va majburiyatlari
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi tomonidan amalga oshiriladi.
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya sug‘urtalovchiga yoxud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud umumiy sug‘urta sohasida, yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini tuzishga haqli emas. Ishlab chiqarish to'xtatilgandayo'qotishxavfini ug'urtalashKompaniyaning foydasi ishlab chiqarish jarayoniga bog'liq va bunday muhim bosqichni xavf ostiga qo'yish to'g'ri qaror emas! Unipolis ishlab chiqarishning rejalashtirilmagan to'xtashi tufayli yo'qotilgan foydani qoplash bo'yicha o'z xizmatlarini taklif qiladi. Biz sizning xotirjamligingiz uchun g'amxo'rlik qilamiz! Shartnoma majburiyatlari bajarilmagan taqdirda moliyaviy risklarni sug'urtalashHar doim shartnomani bajarmaslik xavfi mavjud va keyingi moliyaviy yo'qotishlar ishonchli himoya ostida bo'lishi kerak! Moliyangizni majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslikdan Unipolis bilan birgalikda sug'urtalang!Ekspeditorlar javobgarligini sugʻurtalashSiz ekspeditorlik xizmatlarini taklif qilasiz va kutilmagan holatlar haqida qayg'urasizmi? Unipolis sug'urta kompaniyasi bilan birgalikda o'zingizni xavf-xatarlardan himoya qiling! Biz sizning javobgarligingizni ta'minlashga va xarajatlarni qoplashga yordam beramiz. 1. Tabiiy va boshqa stixiyali kuchlar ta’siri natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash, oldini olish hamda ogohlantirish uchun maqsadli yo‘nalishdagi pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq iqtisodiy munosabatlar yig‘indisiga sug‘urta deyiladi.

-Sug‘urta riskini mavjudligi. Risk-sug‘urta munosabatlari paydo bo‘lishining asosiy shartidir. Risk bo‘lmas ekan, sug‘urtaning bo‘lishi mumkin emas. Riskning hajmi, miqdori ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari yordamida aniqlanadi. Sug‘urta risklarini tahlil kilish ularni 2 ta yirik guruhga bo‘lishni taqozo etadi. Ya’ni, risk sug‘urtaviy va sug‘urtasiz bo‘ladi. Sug‘urta shartnomalarida o‘z aksini topgan risklar sug‘urtaviy risklar deyiladi. Risk bahosini pulda ifodalanishi sug‘urta stavkasini tashkil etadi. Risk doimiy ko‘rsatkich emas, balki u doimo o‘zgarib turadi. Bu o‘zgarishlar iqtisoddagi va boshqa sohadagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Sug‘urta tashkiloti riskni rivojlanishini, holatini doimo kuzatishi lozim, ya’ni tegishli statistik hisob olib borishi, yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashi va tahlil qilishi kerak.v) Хavf solish manbasiga ko‘ra risklar tabiatning stixik kuchlari bilan bog‘liq risklari va moddiy boylikni o‘zlashtirish oqibatida insoniyatni tabiatga ta’siri bilan bog‘liq risklar. Risklarni turkumlashda katta halokatli risklar alohida o‘rin tutadi. Chunki bunday risklar ro‘y berishi natijasida ko‘plab ob’ektlar yirik miqdorda zarar ko‘rishi mumkin. Katta halokatli risklarga zilzila, sunami, kuchli shamol misol bo‘lishi mumkin. Yuqorida aytilgan risklardan tashqari ekologik, siyosiy va maxsus risklar bo‘lishi mumkin.Risk menejment (riskni boshqarish) - riskni chegaralash yoki kamaytirish bilan bog‘liq tadbirlar yig‘indisi. Amaliyotda riskni boshqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:Riskni aniqlash, masalan ssuda oluvchilarning ssudani o‘z vaqtida qaytarib bera olmaslik riski sug‘urtalanadi, risk darajasi aniqlanadi. Kredit oluvchi shaxsning moliyaviy holati qanday aktivlarga ega ekanligi, loyihada hisob-kitob qanchalik asoslanganligi va xakozo.Riskni baholash - riskni holatlari aniqlanadi, riskni sodir bo‘lish ehtimoliyligi, aktuar hisob-kitoblar, statistik kuzatuvlar, ehtimollar nazariyasi asosida baholanadi va sug‘urtalanayotgan ob’ektga nisbatan risk darajasi aniqlanib sug‘urta tarifi hisoblanadi. Sug‘urta tarifining stavkasi - bu risk bahosidir.Riskni nazorat etish - bu sug‘urta kompaniyasining vakili tomonidan sug‘urtalangan ob’ekt holatini, uning saqlanish ustidan kuzatuv ishlarini olib borishi. Shuningdek, uning saqlash xavfliligi talablariga javob berishi tekshiriladi. Qator ob’ektlarni yaxshi saklash uchun zarur tavsiya va maslaxatlar beriladi.Riskni moliyalashtirish - bu riskni aniqlash, baholash va nazorat etish bilan bog‘liq hamma xarajatlarni qoplash.-Sug‘urta munosabatlarining taqsimlash xarakteriga ega ekanligi. Moliya tushunchasi kabi, sug‘urta ham yalpi ichki mahsulotni va milliy daromadni qayta taqsimlashda ishtirok etadi.-Sug‘urtada zararlarni hududlar bo‘yicha va muayyan bir vaqtda taqsimlanishi. Bu sug‘urtaning asosiy belgisi bo‘lib, hududlar bo‘yicha sug‘urta fondini sug‘urtalangan xo‘jaliklar o‘rtasida taqsimlash uchun katta hudud va ko‘plab sug‘urtalanishi mumkin bo‘lgan ob’ektlar zarur bo‘lishi talab etiladi. Zararlarni ma’lum bir vaqtda taqsimlanishi sug‘urta hodisalarini tasodifiy ro‘y berish xarakteriga ega ekanligidan kelib chiqadi. Qator yillar mobaynida favqulodda hodisalar ehtimol ro‘y bermasligi mumkin. Bu holat sug‘urta hodisalari sodir bo‘lmagan vaqtda tegishli miqdorda sug‘urta zahiralarini tashkil etishni talab qiladi.-Sug‘urta fondlariga jalb etilgan sug‘urta mukofotlarini qaytarib berish. Sug‘urta mukofotlari sug‘urta tarifi asosida aniqlanadi. Sug‘urta tarifi ikki qismdan iborat bo‘lib, netto-stavka (sug‘urta hodisalari ro‘y berganda zararlarni qoplashga ishlatiladi) va netto-stavkaga ustamalardir (sug‘urta kompaniyasi ishini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar qoplanadi). Netto-stavka, asosan, sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urtalanuvchiga qaytarib beriladi.-davlatning markazlashgan sug‘urta fondlari. Markazlashgan sug‘urta fondlari umumdavlat resurslari hisobidan tashkil etiladi. Bu fonddan asosan favqulodda hodisalar ro‘y berganda paydo bo‘lgan zararlarni qoplashga ishlatiladi;-sug‘urta yo‘li bilan tashkil etiladigan sug‘urta fondlari. Bu fond sug‘urtalanuvchilar tomonidan to‘langan mukofotlar hisobidan tashkil etiladi. Sug‘urta fondi faqat pulli shaklda va u qat’iy maqsadli yo‘nalishda foydalaniladi, ya’ni sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasini to‘lashga ishlatiladi.4. Sug‘urtaning iqtisodiy tabiati uning funksiyalarida o‘z aksini topadi. Moliya, kredit kabi iqtisodiy kategoriyalar bilan bir qatorda sug‘urta ham bir qator funksiyalarni bajaradi. Ta’kidlash lozimki, iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urtaning funksiyalari bir necha ko‘rinishda talqin etiladi. Masalan, i.f.d., prof. V.M.Rodionova rahbarligida chop etilgan “Finansi” o‘quv qo‘llanmasida sug‘urta ikkita funksiyani bajarishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bu funksiyalar quyidagilardan iborat: qayta taqsimlash va nazorat funksiyasi. I.f.d., prof. H.R.Sobirov sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajarishini qayd etadi: “xavf-xatar; ogohlantirish; investitsiya; omonat; axborot”.Ko‘rinib turibdiki, prof. H.R.Sobirov sug‘urtaning 5 ta funksiyaga ega ekanligini qayd etadi. Fikrimizcha, bu funksiyalarning ba’zilari tegishli bahs-munozarani talab etadi. Хususan, sug‘urtaning investitsiya funksiyasi. Investitsiya – sug‘urta tashkilotlari uchun funksiya emas, balki asosiy sug‘urta faoliyatiga qo‘shimcha ravishda amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investitsiyasiz ham sug‘urta tashkilotlari faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Ammo, sug‘urta tashkilotlari vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini investitsiya qilish orqali qo‘shimcha daromad oladi. Funksiya doimiylik xarakteriga ega va u o‘zgarmasdir. Sobiq sovet hokimiyati davrida davlat sug‘urta organlarining mablag‘lari investitsiya qilinmas edi. Bozor munosabatlariga o‘tish munosabati bilan sug‘urta tashkilotlarida investitsiya faoliyati bilan shug‘ullanishga imkoniyat tug‘ildi. Shuning uchun biz investitsiyani sug‘urtaning funksiyasi bo‘la olmaydi, deb tasdiqlashimiz mumkin.
Ayni shunday fikrlarni axborot funksiyasi haqida ham gapirish mumkin. Sug‘urtalanuvchilarga sug‘urta tashkilotlari haqida ma’lumot berish bu sug‘urtaning axborot funksiyasi mavjudligini anglatmaydi. Sug‘urta tashkilotlarining tijorat siriga kiruvchi ma’lumotlari umuman axborot sifatida berilmaydi. Sug‘urtaga axborot funksiyasi xosligi unchalik ham o‘z isbotini topmagan.
Bizning fikrimizcha, sug‘urta quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog‘liq funksiya.
Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq funksiya.
Nazorat funksiyasi.
Yuqorida qayd etilgan funksiyalar sug‘urta faoliyatida doimiy hisoblanadi va har qanday sharoitda o‘zgarmasdir. Sug‘urta faoliyatini amalga oshirish uchun, albatta, sug‘urta tashkilotida yetarli miqdorda pul mablag‘lari fondi bo‘lishi lozim. Agar, sug‘urtalovchi pul fondini, ya’ni sug‘urta fondini tashkil etmasa, uning moliyaviy ahvoli murakkablashishi mumkin. Tashkil etilgan sug‘urta fondining mablag‘lari qat’iy maqsadli xarakterga ega bo‘lib, u faqat sug‘urta hodisalari ro‘y berganda qoplama berish uchun ishlatiladi. Sug‘urta fondining mablag‘larini boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin emas. Sug‘urta fondi mablag‘lari davlat tomonidan olib qo‘yilishi va soliqqa tortilishi mumkin emas.
og‘irligi, riskni ro‘y berishi sababli paydo bo‘lgan zararlarni mutloq tugatishni imkoniyati bo‘lmaganligi sug‘urta ishini tashkil etish uchun asos yaratdi. Shunday qilib, risk sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarni shakllantirish uchun shart-sharoit yaratadi. Risk-riskli holatlarning yagonalik va o‘zaro aloqadorlik yig‘indisidir.
Sug‘urta fanida risk tushunchasiga turlicha tariflar berilgan. Jumladan, risk-bu konkret hodisa yoki hodisalar yig‘indisi bo‘lib, ular sodir bo‘lgan taqdirda sug‘urta kompaniyasi qoplamalar to‘laydi. Risk sug‘urta ob’ekti bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘langan. Ob’ektga risk salbiy ta’sir ko‘rsatib, uni shikastlashi yoxud nobud qilishi mumkin. Shu tufayli risk - bu yagona tasodifiy hodisa bo‘lib, uning ro‘y berishi inson ongiga yoki irodasiga bog‘liq emas. Sug‘urta risklarining ro‘yxati sug‘urtalovchining sug‘urta javobgarligi hajmini tashkil etadi.
Risk bahosining puldagi ifodasi sug‘urta tarif stavkasini tashkil etadi; sug‘urta ob’ekti; sug‘urta javobgarligining turi.
Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘ligini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun maspuliyatli bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin.
Netto-stavka - brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etishi mumkinMajburiy sug‘urta - sug‘urta munosabatlarinning qonun kuchiga ega bo‘lgan shakli. Majburiy sug‘urta qonunchilik hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Ushbu hujjatda sug‘urtaga tortiladigan ob’ektlar soni, sug‘urta javobgarligining hajmi, sug‘urta munosabatlarida qatnashadigan tomonlarning huquq va majburiyatlari hamda boshqa rekvizitlar ko‘rsatiladi. Amaldagi qonunchilikka asosan, O‘zbekistonda majburiy sug‘urtani tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan har qanday sug‘urta kompaniyasi o‘tkazishi mumkin. Shuningdek, majburiy davlat sug‘urta turlari ham mavjud. Masalan, harbiy xizmatchilar, davlat bojxona va soliq xizmati xodimlari hamda bir qatorda shunday toifadagi shaxslar baxtsiz hodisalardan majburiy davlat sug‘urtasiga tortiladi. Bu sug‘urta turi bo‘yicha sug‘urta mukofotlari Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.Risklarni joylashtirish:) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish mos ravishda to‘g‘ridan to‘g‘ri sug‘urtalash, qayta sug‘urtalash va retrotsessiyani anglatadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida amalga oshiriladi;2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli risklarni qismlarga bo‘lib bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. Bir qancha sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi yetakchi sifatida ajralib chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
Sug‘urta - har xil noxush hodisalar ro‘y berishi natijasida ko‘rilgan zararni qoplash hamda fuqarolarning hayotida tegishli sug‘urta hodisalari ro‘y berganda ularga moddiy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan va undan foydalanish bilan bog‘liq (maqsadli pul fondlari) iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi. o‘tkazish shartiga qarab, sug‘urta majburiy va ixtiyoriy bo‘ladi. Ob’ektiga ko‘ra, mulkiy, shaxsiy va javobgarlik sug‘urtasiga bo‘linadi. Sug‘urtaning asosini risk tashkil etadi. Sug‘urta - bu riskni taqsimlash usulidir.6. Sug‘urta fondidan foydalanish bilan bog‘liq atamalarga quyidagilar kiradi:Bosh polis- sug‘urta kompaniyasi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasidagi yozma bitim. Bu bitimga muvofiq, tegishli davr mobaynida sug‘urtalanuvchi barcha ob’ektlarni sug‘urta kompaniyasiga sug‘urtalash uchun beradi. Chet el tajribasida bu bitim «ochiq polis» yoki «polis-abonament» deyiladi. Mazkur bosh polis asosida sug‘urtalash tashqi savdo yuklari sug‘urtasida keng tarqalgan. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta kompaniyasiga har bir jo‘natilgan yuk haqidagi ma’lumotlar (yukning vazni, sug‘urta summasi, yukni jo‘natish va qabul qilib olish punktlari) bayon etilgan arizani taqdim etsa yetarli, yuk avtomatik ravishda sug‘urtalangan hisoblanadi.Kvotali qayta sug‘urtalash - sug‘urta kompaniyasi qayta sug‘urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklarni bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug‘urtalovchi kompaniyaga sug‘urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug‘urtalovchi kompaniya mutanosib ravishda ko‘rilgan zararni qoplashda ishtirok etadi.Vositachilik haqi - mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun sug‘urta kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri, agent) to‘lanadigan haq. Vositachilik haqining miqdori sug‘urtaning turiga va kelib tushgan mukofotning hajmiga bog‘liq holda sug‘urtamukofotiga nisbatan foizlarda to‘lanadi.Sug‘urta polisi - sug‘urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
Sug‘urta dalolatnomasi - sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘la tuzilganlik faktini tasdiqlovchi hujjat. Sug‘urta polisida quyidagi rekvizitlar bo‘lishi shart: sug‘urta kompaniyasining yuridik manzili, sug‘urtalanuvchining nomi, sug‘urta ob’ekti, sug‘urta mukofotining miqdori, shartnomaning amal qilish muddati. Sug‘urta qoplamasini to‘lashda sug‘urtalanuvchi sug‘urta polisini sug‘urta kompaniyasiga taqdim etishi zarur.
Sug‘urta dalolatnomasi - sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi. dalolatnomasi - sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi. dalolatnomasi - sug‘urta hodisasi ro‘y berganda sug‘urta kompaniyasi tomonidan tuziladigan hujjat. Dalolatnomada mol-mulkning zararlanish yoxud nobud bo‘lish sabablari, ko‘rilgan zarar miqdori va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘ladi.
.
Xulosa
Dalolatnomaga, zarur hollarda sug‘urta hodisasi va mol-mulkning zararlanganligini tasdiqlovchi tegishli tashkilotlarning (yong‘inga qarshi kurash, davlat avtomobil nazorati, qishloq xo‘jaligi, veterinariya xizmati va boshqalar) yozma hulosasi ilova etiladi. Хalqaro sug‘urta munosabatlarida sug‘urta dalolatnomasini adjaster yoki avariya komissari tuzadi va mohiyatan avariya sertifikatiga yaqinlashadi.Sug‘urta mukofoti- sug‘urta xizmatini ko‘rsatganlik uchun to‘lanadigan haq. Sug‘urta mukofotining miqdori sug‘urta summasiga nisbatan foizlarda aniqlanadi. Sug‘urta mukofotining miqdori aniq summalarda ham ifodalanishi mumkin. Masalan, avtomobil egalarining uchinchi shaxsga zarar keltirish fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida sug‘urta mukofoti aniq pul birligida ko‘rsatiladi.Sug‘urta puli - sug‘urta majburiyatini bajarish hamda sug‘urtaoperatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmasdan o‘zaro kelishgan holda bir qancha sug‘urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi. Sug‘urta puli, asosan, xavfli, yirik ob’ektlarni sug‘urtalash maqsadida tashkil etiladi. har qaysi kompaniya o‘z sug‘urtalangan riskni pulga beradi va buning uchun, pul orqali yig‘ilgan sug‘urta mukofotlarining bir qismini oladi.

Foydalanilgan adabiyot


  1. I.A.Karimov. «O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida». T., «O’zbekiston», 2011 yil.


  2. I.A.Karimov. «2012 yil Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqichga ko’taradigan yil bo’ladi». T., «O’zbekiston», 2012 yil.


  3. Karimov I. A. O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 364 b.


  4. Karimov I. A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin. T. 2. – T.: O’zbekiston, 1996. – 380 b.


  5. Karimov I. A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir. T. 3. – T.: O’zbekiston, 1996. – 366 b.


  6. Karimov I. A. Bunyodkorlik yo’lidan. T. 4. – T.: O’zbekiston, 1996. – 349 b.


  7. Karimov I. Yangicha fikrlash va ishlash – davr talabi. T. 5. – T.: O’zbekiston, 1997. – 384 b.


  8. Karimov I. A. Xavfsizlik va barqaror taraqqiyot yo’lida. T. 6. – T.: O’zbekiston, 1998. – 429 b.


  9. Karimov I.A. Biz kelajagimizni o’z qo’limiz bilan quramiz. T. 7. – T.: “O’zbekiston”, 1999. – 410 b.



Yüklə 26 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə