O`zbekistonning eng yangi tarixi


Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi



Yüklə 2,81 Mb.
səhifə3/9
tarix29.11.2023
ölçüsü2,81 Mb.
#143111
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O`zbekistonning eng yangi tarixi

Afg’onistonda birodarkushlik urushlari 23 yildan ortiq davom etdi. Bu mamlakat xalqaro terrorizm va diniy ekstremizm markaziga aylangan edi.

2. Mintaqaviy barqarorlikni ta’minlashda O’zbekistonning BMT bilan hamkorligi

Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash tobora muhim ahamiyat kasb etib, uni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.

Hozirgi paytda butun jahonda globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi bilan yer yuzida tinchlik-barqarorlikni saqlash tobora muhim ahamiyat kasb etib, uni amalga oshirishda xalqaro tashkilotlarning roli kuchayib bormoqda.

Xalqaro tashkilotlar deb butun insoniyat uchun umumiy bo’lgan maqsadlarga erishish yo’lida davlatlar, milliy jamiyat uyushmalarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ilmiy-texnik asoslarda birlashuvidan tashkil topgan tashkilotlarga aytiladi. Xalqaro tashkilotlarning umumiy xususiyati shundan iboratki, ularning faoliyati aniq bir milliy davlat chegarasidan chetga chiqib, davlatlararo vazifalar va muammolarni hal etishga qaratilgan bo’ladi. Bunday tuzilmalar bugungi kunda davlatlar o’rtasidagi ko’p tomonlama munosabatlarning eng muhim va samarali shakllaridan biri bo’lib qolmoqda.

Hozirgi kunda dunyoda har xil mazmun va maqsadga bo’ysundirilgan 2,5 mingdan ortiq xalqaro tashkilot mavjud. Jahonda 350 dan ortiq hukumatlararo tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda. Ularni hududiy jihatdan (universal, mintaqaviy), qatnashchilar soniga ko’ra (ikki tomonlama, ko’p tomonlama), vakolat doirasi–kompetensiyasiga ko’ra (masalan, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, Jahon sayyohlik tashkiloti), faoliyat sohasiga ko’ra (masalan, siyosiy, iqtisodiy, madaniy) va a’zolik xususiyatiga ko’ra (ochiq va yopiq tashkilotlar)ga bo’lib tasniflash mumkin. Xalqaro huquq qoidalariga ko’ra, hukumatlararo tashkilotlar hamda bu sohada faoliyat ko’rsatadigan mansabdor shaxslar, diplomatlar singari, alohida imtiyoz va immunitetga egadir. Hukumatlararo tashkilotlarning xalqaro huquqdagi o’ziga xos o’rni shundan iboratki, jumladan, ular Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda dunyoning turli mintaqalaridagi mojarolarni tinch yo’l bilan hal qilish vositalari bo’lib xizmat qilmoqda. Hozirgi davrda mamlakatlar o’rtasidagi munosabatlar, garchi birmuncha barqarorlashgan bo’lsa-da, biroq bu jabhadagi ziddiyat va qarama-qarshiliklar hamon saqlanib qolmoqda


Yüklə 2,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə