O'zbekistonning foydali qazilmalari



Yüklə 216,78 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü216,78 Kb.
#140575
Mmtt



O'zbekistonning 
foydali qazilmalari 
va ulardan 
foydalanish 
Soburov Diyorbek
 
Tabiiy fanlar 
202-guruh kimyo


Foydali qazilmalar,
mineral xom 
ashyolar 

Yer 
poʻstida
qattiq, suyuq va 
gazsimon holatlarda uchraydigan, turli 
geologik jarayonlar natijasida toʻplangan 
hamda miqdori, sifati, joylashish 
sharoitlariga koʻra sanoatda ishlatishga 
yarokli boʻlgan tabiiy mineral moddalar. 
Foydali qazilmalar turli konlarni hosil 
qiladi. Paydo boʻlish sharoitiga koʻra 
Foydali qazilmalar konlari seriyalar 

sedimentogen (gipergen), magmatogen 
(gipogen) va metamorfogen konlarga 
bulinadi (qarang
Gipergen konlar,
Gipogen 
konlar,
Metamorfogen konlar). Geologik 
davr jihatidan Foydali qazilmalar konlari 
ichida arxey, proterozoy, rifey, paleozoy, 
mezozoy va kaynozoy yoshidagi konlar 
farq qilinadi. Shakllanish joyi jihatidan 
geosinklinal (burmalagan oblastlar) va 


platformalardagi konlar boʻladi. Qanday 
chuqurlikda paydo boʻlishiga koʻra, Foydali 
qazilmalar konlari ultraabissal (10-15 km 
dan chuqur), abissal (3-5 km dan chuqur), 
gipabissal (1,5 km chuqurlikda joylashgan) 
konlarga boʻlinadi. Foydali qazilmalar uch 
guruhga: metall, nemetall va 
yonuvchilarga boʻlinadi. Metall Foydali 
qazilmalar sof metallar, qora, rangli, siyrak 
va radioaktiv metall rudalari, shuningdek, 
nodir yer elementlaridan iborat. Nemetall 
Foydali qazilmalarga konchilikkimyo xom 
ashyosi (turli tuzlar, gips, barit, 
oltingugurt, fosforitlar, apatitlar), 
olovbardosh, elektrotexnik, pyezooptik, 
issikdik va tovushni izolyatsiya qiluvchi, 
kislota va ishqorlarga chidamli xom ashyo, 
qurilish materiallari, qimmatbaho va 
texnik toshlar kiradi. Neft, yonuvchi gaz, 
toshkoʻmir va qoʻngʻir kumir, torf, 


yonuvchi slanetslar yonuvchi Foydali 
qazilmalarga mansub. Fizik holatiga koʻra, 
qattiq (qazilma koʻmirlar, rudalar, noruda 
Foydali qazilmalar), suyuq (neft, mineral 
suvlar) va gazsimon (yonuvchi tabiiy va 
inert gazlar) Foydali qazilmalar boʻladi. 
Mineral r
esurslar mamlakat, qitʼa yoki 
butun dunyo zaminidagi Foydali 
qazilmalar yigʻindisi boʻlib, sanoat ishlab 
chiqarishining muhim tarmoqlari 
(energetika, qora va rangli metallurgiya, 
kimyo sanoati, qurilish) taraqqiyoti negizi 
hisoblanadi. Mineral resurslar sanoatda 
ishlatilishiga qarab, bir qancha guruxlarga 
ajratiladi: a)
yoqilgʻi
energetika resurslari 
(neft, tabiiy gaz, kazilma kumir, yonuvchi 
slanetslar, torf, uran rudalari); b) kora va 
rangli metallurgiya xom ashyosi 
hisoblangan ruda resurslari (temir va 
marganets rudalari, xromit, boksit, mis, 


qoʻrgʻoshinrux, nikel, volfram, molibden, 
qalay, surma rudalari, nodir metallar 
rudalari va boshqalar); v) konchilikkimyo 
xom ashyosi (fosforit, apatit, osh tuzi, kaliy 
va magniy tuzlari, oltingugurt va uning 
birikmalari, barit, bor rudalari, brom va 
yod tarkibli eritmalar); g) tabiiy qurilish 
materiallari va noruda Foydali 
qazilmalarning katta guruhi, shuningdek, 
bezak, texnik va qimmatbaho toshlar 
(marmar, granit, yashma, agat, togʻ 
xrustali, granat, korund, olmos va 
boshqalar); d) gidrotermal mineral 
resurslar (yer osti chuchuk va mineral 
suvlari). Mineral boyliklar koʻp tabiiy 
resurslardan farqli ravishda qaytadan 
tiklanmaydi. Dunyo okeani suvlari va yer 
osti shoʻr suvlari mineral xom ashyoning 
muhim rezervlari hisoblanadi. 


Inson tabiatdan oladigan barcha moddiy 
boyliklar 

yer-osti boyliklari, suv, havo, 
tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami va 
boshqalar tabiiy resurs (boylik) 
hisoblanadi.
O‘zbekiston tabiati va tabiiy boyliklarini 
muhofaza qilish 

inson uchun zarur 
bo‘lgan qazilma boyliklardan oqilona 
foydalanish, suv va havoni toza saqlash, 
tuproqni eroziyadan saqlash, o‘simlik va 
hayvonot dunyosini tabiiy holicha asrab 
qolib, qayta tiklashni hamda xushmanzara 
joylar (sharshara, shovva, ajoyib 
manzaralar, buloq va boshqalar)ni tabiiy 
holicha saqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Lekin hozir tabiatga inson xo‘jaligi 
faoliyatining ta’siri natijasida 
respublikamizning ba’zi okruglari 
(Orolbo‘yi, Surxon vodiysi, Quyi Zarafshon 


va Quyi Amudaryo)da ekologik holat 
yomonlashib bormoqda.
O‘zbekiston havosining ifloslanishida 
energetika, neft-gaz sanoati, transport, 
kimyo sanoati, metallurgiya sanoati, 
maishiy-
kommunal xo‘jalikning hissasi 
katta. O‘sha korxonalar chiqarayotgan 
zararli birikmalarni 100 foiz desak, ular 
quyidagicha taqsimlangan.
O‘zbekistonda sanoat tarmoqlari va 
transportdan yiliga 2000 tonna atrofida 
iflos chiqindi (birikma)lar chiqarilib, uning 
1300,1 tonnadan ortig‘i transport 
hisobiga to‘g‘ri keladi. Binobarin, 
Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg‘ona, 
Andijon kabi katta shaharlar havosi 
ifloslanishining 80 foizi avtotransport 
hissasiga to‘g‘ri keladi. Yirik sanoat 


obyektlari joylashgan shaharlarda 
havoning ifloslanishida sanoatning hissasi 
katta. Natijada, Olmaliq, Angren, Navoiy, 
Andijon, Farg‘ona, Toshkent kabi shaharlar 
havosi oltingugurt, azot oksidlari, ammiak, 
vodorod ftorid va boshqa gazlar bilan 
ifloslangan.
Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va 
Uzun tumanlari havosi Tojikistonning 
Tursunzoda shahridagi aluminiy zavodidan 
chiqqan zaharli ftor gazi bilan ifloslangan. 
Natijada, tumanlarda bolalar o‘limi 
ko‘paymoqda, uzum va mevali 
daraxtlarning bargi sarg‘ayib, qoramollar 
kasallanib, tishi to‘kilib
ketmoqda.


Respublikamiz havosini toza saqlash 
uchun korxonalarda zamonaviy 
tozalovchi inshootlar qurish zarur. Bunda 
havoni ifloslovchi moddalarni ushlab 
qolib, ulardan qayta foydalanish 
imkoniyati vujudga keladi. 
Respublikamiz daryolari sanoat 
korxonalari, maishiy xizmat ko‘rsatish, 
sog‘lomlashtirish tashkilotlari, 
parrandachilik majmuyi va chorvachilik 
fermalaridan chiqqan suvlar hamda zovur 
suvlari bilan ifloslanmoqda. 


Suv boyliklarini toza saqlashdagi asosiy 
vazifa o‘sha korxonalardan chiqayotgan 
iflos suvlarni tozalab, zararsizlantirib, 
so‘ngra suv havzalariga tashlashga 
erishishdan iborat. 
O‘zbekistonning tuproq qatlamini 
eroziyadan saqlash, uning unumdorligini 
tiklash uchun kurashish kerak. Buning 
uchun ekinlarni sug‘orish qoidasiga rioya 
qilish, sug‘orishning ilg‘or usullaridan 
foydalanishga o‘tish zarur. Ekinlarning 
hosildorligini oshirish uchun ko‘proq 
organik o‘g‘itlar (go‘ng) dan foydalanib, 
qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga 
qarshi biologic usul bilan kurashishga 
erishish zarur. 
Respublikamiz havosining musaffo, 
xushmanzara yerlarining ko‘p bo‘lishi, 


avvalo, yashil o‘simliklarga, ayniqsa, 
o‘rmonlarga bog‘liq. Aholining 
o‘rmonlarga, ayniqsa, mevali (yong‘oq, 
pista, bodom, do‘lana va hokazo) va 
dorivor (zira, piyoz, anzur, qoraqand, 
oqqayin, yetmak va boshqa) 
o‘simliklarga nisbatan noto‘g‘ri 
munosabatda bo‘lishi tufayli ular 
kamayib ketmoqda. Shu sababli dam 
oluvchilar, sayyohlar, o‘quvchilarga 
o‘simliklarni nobud qilmaslik, ularning 
mevasini, urug‘ini ruxsatsiz yig‘maslik 
kabi tushuntirish va targ‘ibot ishlarini 
keng olib borish zarur. 
So‘nggi yillarda insonning xo‘jalik 
faoliyati ta’sirida (yerlarni haydash, yangi 
turar joylar barpo etish, yaylovlardan 
noto‘g‘ri foydalanish, noto‘g‘ri ov qilish) 
hayvonlar soni va turi kamayib 
ketmoqda. Chunonchi, oqquyruq, jayron, 


laylak, xongul, arxar, burama shoxli echki 
(morxo‘r), qirg‘ovul, kaklik miqdori 
keskin kamayib ketdi. Ba’zi hayvonlar, 
jumladan, Turon yo‘lbarsi butunlay 
yo‘qolib ketdi. 
O‘zbekiston tabiatining ko‘rkamligi 
uning hududida nodir tabiat go‘shalari 
(ajoyib soy, jilg‘a, buloq, sharshara, 
shovva, noyob daraxtlar, har xil jinslar, 
ochilib qolgan qoyalar, g‘orlar, korizlar, 
sardobalar va hokazolar)ni tabiiy holicha 
saqlab qolishga bog‘liq. 
O‘zbekistonda turi, soni kamayib 
borayotgan noyob o‘simlik va 
hayvonlarni hisobga oluvchi ikki jildli 
«O‘zbekiston Qizil kitobi» nashr etilgan. 
Uning birinchi jildiga noyob o‘simlik 
turlaridan Korovin shirachi, Turkiston 


yovvoyi noki, yovvoyi anor, Zarafshon 
piyozi, tog‘piyoz, O‘zbekiston lolasi, 
yovvoyi anjir, Omonqora va Buxoro 
astragali, yovvoyi uzum, chinnigul, 
mingdevona, sumbul, chilonjiyda, 
Chimyon lolasi, guli salim kabi 
o‘simliklar kiritilgan. 
«Qizil kitob»ning ikkinchi jildidan 
shalpangquloq ko‘rshapalak, ko‘k sug‘ur, 
katta qo‘shoyoq, qo‘ng‘ir ayiq, Turkiston 
qunduzi, sirtlon, qoplon, gepard, xongul, 
jayron, Ustyurt qo‘yi, Buxoro qo‘yi, 
arxar, oq va qora laylak, qizil g‘oz, 
lochin, burgut, oq turna, echkemar, 
kapcha ilon kabilar o‘rin olgan. 
O‘zbekiston tabiatini muhofaza qilishda 
qo‘riqxona, milliy bog‘ va 
buyurtmaxonalarning ahamiyati juda 
katta. O‘zbekiston hududida 2016-yil 


holatiga ko‘ra 8 ta davlat qo‘riqxonasi, 3 
ta milliy bog‘, 12 ta buyurtmaxona, 1 ta 
biosfera rezervati hamda 3 ta 
parvarishxonalar mavjud. 

Yüklə 216,78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə