O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 021 yil oktyabr holatiga 37,6 mlrd dollarni tashkil qildi



Yüklə 15,75 Kb.
tarix09.04.2022
ölçüsü15,75 Kb.
#85227
keys
2-Mavzu, ZLpSPs0LvEXAAN2bzkmsuwTKY5p08I71rfULx2Io, Sillabus Yongin xavf 98-20 MMTX, Экспериментал психология ва практикум НАМУНАВИЙ ДАСТУР, 2 5420276846702888106

O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 2021 yil 1 oktyabr holatiga 37,6 mlrd dollarni tashkil qildi.

Mamlakat tashqi qarzi 2021 yilning 1 yanvar holatida 33,8 mlrd dollarni tashkil qilgandi. Qarz yil boshiga nisbatan 11 foizga yoki 3,7 mlrd dollarga oshdi. Xususan, davlat tashqi qarzi 7 foizga yoki 1,5 mlrd dollarga o‘sib 22,9 mlrd dollarni, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarz esa 18 foizga yoki 2,2 mlrd dollarga o‘sib 14,7 mlrd dollarni tashkil etdi.

Qayd etilishicha, 9 oy davomida O‘zbekiston to‘lov balansi ko‘rsatkichlarining shakllanishiga koronakrizis sharoitida ichki va tashqi bozorlardagi tiklanish, tashqi savdo aylanmasining va pul o‘tkazmalari xajmlarining o‘sishi, global biznes faoliyatining muvozanatlashuvi kabi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.

Yuqoridagi omillar ta’sirida yanvar-sentyabr oylari uchun joriy operatsiyalar hisobi defitsiti 5,1 mlrd dollar (2020 yilning 9 oyida 279,2 mln dollar) miqdorida shakllangani aytildi. Bunda, savdo balansining (tovarlar va xizmatlar) manfiy saldosi (9,7 mlrd dollar) birlamchi va ikkilamchi daromadlarning ijobiy saldosi (4,6 mlrd dollar) hisobiga qisman qoplangan.

Shu yilning 9 oyida moliyaviy hisobning manfiy saldosi 6 mlrd dollarni tashkil etgan. Bunda, moliyaviy hisob defitsitining o‘sishiga asosiy sabab kreditlar va qarzlar bo‘yicha norezidentlar oldidagi majburiyatlar 2,7 mlrd dollarga, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar 1,7 mlrd dollarga hamda portfel investitsiyalarida qimmatli qog‘ozlar chiqarilishi evaziga 1,3 mlrd dollarga o‘sishi asosiy sabab bo‘lgan.

Hisobot davrida mamlakatning chet el valyutasidagi aktivlari 68,3 mlrd dollarni, tashqi majburiyatlarining hajmi esa 51,4 mlrd dollar miqdorida qayd etilgan. Shu munosabat bilan, O‘zbekistonning sof investitsion pozitsiyasi yil boshiga nisbatan 17 foizga yoki 3,4 mlrd dollarga qisqarib, joriy yilning 1 oktyabr holatiga 16,9 mlrd dollarga teng bo‘lgan.



Moliya vazirligi 2022 yilgi «Fuqarolar uchun byudjet» loyihasida 2022 yil yakuniga umumiy davlat qarzi 33,5 mlrd dollar yoki YaIMga nisbatan 45,2 foizni tashkil etishi prognoz qilingan. Shundan, davlat tashqi qarzi 30,4 mlrd dollarni yoki YaIMga nisbatan 41 foizni tashkil etishi ko‘zda tutilgan. 2022 yilda kutilayotgan byudjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallangan.

Savollar:

  1. Sizningcha Pandemiya davridagi amalga oshirilgan ishlar davlat byudjetiga qanday salbiy ta’sir ko’rsatdi?

  2. 2022 yilda kutilayotgan byudjet taqchilligining 66 foizi tashqi manbalar hisobidan qoplanishi mo‘ljallangan. Sizningcha, tashqi manbalar hisobidan qoplangan defitsit- davlat tashqi qarzi hajmiga qanday ta’sir etishi mumkin?

  3. Rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rgangan holda davlat tashqi qarzini optimallashtirish uchun qanday nazariy tavsiyalar ishlab chiqish mumkin?

  4. 2021 yildagi 2021 yildagi Yaimning 7% ga o’sgani hamda tashqi qarzning 38 % ga ortganligi o’rtasidagi mutanosiblikni qanday izohlaysiz, sizningcha bu holat manmlakat iqtisodiyoti uchun ijobiymi yoki salbiymi?

Yüklə 15,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə