O’zgarmas elеktr tоki



Yüklə 224,95 Kb.
səhifə2/5
tarix28.11.2023
ölçüsü224,95 Kb.
#133157
1   2   3   4   5
ozgarmas elektr toki

Elektr yurituvchi kuch

O’tkazgichlar uchida potensiallar farqi hosil qilinib, uni saqlab turish choralari ko’rilmasa tok tezda yo’qoladi, chunki zaryadlar o’tkazgich sirtida tekis taqsimlanib, ekvopotensial sirt hosil qiladi.


Tok davomli o’tib turishi uchun:
a) Zanjirning barcha qismlarida erkin elektr zaryad tashuvchi bo’lishi;
b) Erkin elektr zaryadlarni berk kontur bo’ylab, doimiy tartibli harakatga keltiruvchi tashqi kuch bo’lishi lozim.
Tashqi kuchlar z aryadni berk zanjir bo’ylab ko’chirishda ish bajarib, o’tkazgich uchlarida potensiallar farqini hosil qiladi, ya’ni noelektrostatik kuchlar energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi. Bunday tashqi kuchlar manbai tok manbai deb yuritiladi (30-rasm).
Tok manbalariga kimyoviy reaksiya energiyasi hisobiga zaryadlarni ajratadigan galvanik elementi, akkumulyator batareyasi, turli jinsli metallardan tuzilgan termobatareya, tok generatori, quyosh batareyalari misol bo’la oladi.
T


5.2-rasm
ok manbalarini xarakterlashda elektr yurituvchi kuch tushunchasidan foydalaniladi.
Birlik musbat zaryadni elektr maydonida ko’chirishda tashqi kuchlarning bajargan ishiga son jihatdan teng kattalik elektr yurituvchi kuch deb ataladi.
(5.8)
Xalqaro birliklar sistemasida E.Yu.K. (elektr yurituvchi kuch)ning birligi qilib 1 Volt qabul qilingan.

Tashqi kuchlar maydoni kuchlanganligining vektorini -deb belgilasak:
(5.9)
Zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish:
(5.10)
ta’rifga ko’ra:
(5.11)
Shunday qilib, E.Yu.K. – tashqi kuchlar maydon kuchlanganligi vektorining kontur bo’yicha sirkulyatsiyasini ifodalaydi.
Agar zaryadga tashqi kuchlar bilan birga elektrostatik kuchlar ham ta’sir etsa, zaryadni ko’chirishda bajarilgan ish:
(5.12)
bu yerdagi,
(5.13)
(5.13) dan iborat kattalik kuchlanish deb yuritiladi. Kuchlanish – birlik musbat zaryadni zanjir bo’ylab ko’chirishda tashqi va elektr kuchlar bajargan ishni bildiradi.



Yüklə 224,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə