Oziq ovqat texnologiyasi



Yüklə 2,51 Mb.
səhifə1/18
tarix22.02.2022
ölçüsü2,51 Mb.
#83997
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
UMRINISO


O‘ZBEKISTON OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI KIMYOVIY –TEXNOLOGIYAR FAKULTETI “OZIQ – OVQAT TEXNOLOGIYASI ” KAFEDRASI 202 – OOT GURUH TALABASI

OLLABERGANOVA UMRINISO
SHAMPAN SHAROBLARINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI
TANISHTIRUV AMALIYOTI - « HISOBOT ISHI »

Bajardi: OLLABERGANOVA UMRINISO

Amaliyot raxbari: RAXMANOVA . M . I .


URGANCH - 2021

Reja:
I. Kirish

1. Sharob sanoatining dunyo va O`zbekistondagi holati



II. Asosiy qism

1. Shampan va sharob ishlab chiqarishdagi xom ashyo va materiallar tasnifi

2. Sharob ishlab chiqarish bosqichlari

3. Shampan sharob ishlab chiqarishdagi uskuna va jihozlar

4. Ishlab chiqarishning texno – kimyoviy bosqichi

III. Xulosa

IV. Foydalanilgan adabiyotlar

I.1. KIRISH

O‘zbekiston respublikasi uzumning istemol va texnik navlarini etishtirish bo‘yicha noyob mintaqadir. Sharobshunoslikning qadimiy mintaqasi sifatida O‘zbekiston sharob ishlab chiqarish sohasiga o‘zgartirishlar kiritishi va bu qadimiy ananaviy ichimliklarning jaxon bozoridagi tijorat samaradorligini taminlashi mumkin.

Respublikada uzumchilikni rivojlantirish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilib, qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlari kabi uzumchilik xam jadal rivojlanmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 13 martdagi "2013-2015 yillar davrida respublikada uzumchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1937 sonli qarori qabul qilingandan so‘ng ushbu sohaga e’tibor kuchayib, tokzorlar maydoni kengaydi, eski, samarasiz tokzorlar o‘rniga istiqbolli navlar ekilib, rekonstruksiya qilindi.

Sharobchilikning asosiy hom ashyo bazasi ko‘p sortlilik hisoblanadi. Vino tayyorlash uchun uzumning Bayan shirey, Risling, Rkatsiteli, Baxtiyori, Bishti singari oq navlari ham, Saperavi, Morastel, Aleatiko qizil navlari, och-qizil Muskat kabi navi ham ishlatiladi.

Shampan vinolari ishlab chiqarish uchun qora Pino, Soyaki, Baxtiyori, Risling, Rkatsiteli, Bayan shirey, Kuldjinskiy navlari ishlatiladi. Konyak ishlab chiqarishda uzumning Bayan shirey, Rkatsiteli, Baxtiyori navlaridan foydalaniladi.

O’tgan yillar ichida uzumchilik sanoatiga nazar solsak ishlab chiqarilayorgan nordon sharoblar, disert sharoblar va boshqa sharob turlari bir qator ko’rgazma va yarmarkalarda salmoqli o’rinni egalagan.

Xozirgi vaqtga kelib sharobchilik sanoati ham bozor iqtisodiyotida rabobatni keltirib chiqarmoqda. Keyingi yillar davomida sharob ishlab chiqarish sanoati katta yutuqlarga erishmoqda, ishlab chiqarish mahsulotlarini miqdori va assortimenti sezilarli darajada ortib bormoqda. Sharob ishlab chiqarish korxonalari qayta ta’mirlanmoqda va chet el davlatlari bilan zamonaviy texnika va yuksak texnologiya bilan ta’minlangan qo‘shma korxonalar ochilmoqda.

Hozirgi kunda “O‘zvinosanoat-xolding” XK korxonalari tomonidan 1146 dan ortiq nomdagi aroq va likyor-aroq mahsulotlari, 277 dan ortiq nomdagi uzum vinolari, 29 dan ortiq nomdagi konyaklar, 17 dan ortiq nomdagi shampan, uynoqi va gazlangan vinolar, 8 dan ortiq nomdagi balzamlar ishlab chiqarilmoqda.

Har bir korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qiluvchi laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Sharobchilik sohasini rivojlantirishdan asosiy maqsad O‘zbekiston aholisini yuqori sifatli sharoblar bilan taminlash va jahon bozoriga olib chiqish hisoblanadi.



Mamlakatimiz inson manfaatlari, xuquq va erkinliklari yuksak qadriyat bo‘lgan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik xuquqiy davlat va fuqarolik jamiyat barpo etish yo‘lidan izchil rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotimizning turli soxa va tarmoqlari o‘rtasidagi mutanosiblikni kuchayishi xamda barqaror o‘sish sur’atlarining ta’minlanishi natijasida aholi daromadlari, turmush darajasining sezilarli raivshda oshishi ertangi kunga bo‘lgan ishonchimizning tobora mustaxkamlanib borishiga zamin yaratmoqda.


Yüklə 2,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə