P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   551
2 5463028049224140945

Ta’lim  va  tarbiya

Tevarak-atrofdagi ijtimoiy muhit odamning o'sayotgan ongiga, asosan, 

uyushgan  tartibda  ta’sir  etadi.  Ijtimoiy  formatsiya  qancha  yuqori  bo'lsa, 

ijtimoiy muhitning o'smir avlod ongiga uyushgan tartibdagi ta’siri shuncha 

katta bo'ladi.

Inson jamiyati bolalar ongiga asosan tarbiya va ta’lim yo'li bilan uyush­

gan ta’sir ko'rsatadi.  Bola tevarak-atrofdagi  kishilar bilan  xilma-xil  o'zaro 

munosabatlarga  kirishar ekan,  go'dakligidanoq  bilim,  mahorat  va  malaka 

orttira boshlaydi.  U  awal  oila sharoitida yoki  maktabgacha tarbiya  muas­

sasasida,  so'ngra  maktabda  o'qiydi,  ta’lim  oladi.  Tevarak-atrofdagi  muhit 

(tabiat  va  jamiyat),  mehnat  va  til  odam  shaxsini  kamolga  yetkazadigan 

sharoit bo'lish bilan biiga, bola o'sgan sayin maktabda o'rganadi, shuningdek, 

tarbiya vositasi  sifatida foydalaniladi.

Ta’lim  va  tarbiya  odamni  kamolga  yetkazadigan  asosiy  yetakchi  fak- 

tordir.  Buning sababi  shular:

1. 


Organizm  o'sishining  o'zi  va  muhitning  stixiyali  ta’siri  berolmay- 

digan  narsani  odam  ta’lim  va tarbiya jarayonida oladi.  Masalan,  bola ona 

tilini tevarak-atrofdagi muhitning «stixiyali» ta’sirida ham bilib olishi mum­

kin. Ammo, o'qish-yozishni faqat maxsus ta’lim olish yo'li bilan o'rganishi 

mumkin.

Odam qo'l-oyog'ining xilma-xil harakatlari  organizmning o'sishi bilan 

birga va shu  organizm yashaydigan sharoitga  qarab takomil  etadi.  Ammo, 

maxsus mehnat va texnik ko'nikma hamda malakalarini odam faqat o'qib- 

o'rganish yo'li bilan  egallab oladi.



2.  Odamning  noqulay  organik  takomil  natijasi  bo‘lgan  nuqson  ham 

ta’lim  va  tarbiya  yo‘li  bilan  zarur tomonga  qarab  o‘zgartiriladi.  Masalan, 

ba’zi bolalaming ayrim  nuqsonlar bilan  — ko‘r,  kar (kar-soqov,  ko'r-kar- 

soqov)  bo‘lib  tug'ilishi  ma Ium.  Ammo,  maxsus  tashkil  etilgan  ta’lim  va 

tarbiya yordami  bilan  bunday bolalar aqli to‘la-to‘kis o‘sadi.  Bunga  ko'r- 

kar-soqov  Olga  Skoroxodova  yorqin  misol  bo‘la  oladi.  Olga  o‘qib,  oliy 

maiumot  oldi,  bir qancha ilmiy asarlar va she’r to'plamlari yozdi.

3.  Muhitning  stixiyali  salbiy  ta’sir  etish  natijasi  boigan  kamchiliklar 

ham ta’lim va tarbiya yoli bilan zarur tomonga o‘zgartiriladi.  Masalan,  9- 

10 yashar bolalarda ba’zan muhit ta’siri bilan ba’zi yomon odat va mayllar

— tamaki  chekish,  karta  o‘ynash,  so‘kinish  va  shunga  o'xshash  yaramas 

odatlar paydo bolishi  mumkin.

Maxsus pedagogik usullar bilan ta’sir etib, bu yaramas odat va mayllar- 

ni bartaraf qilish va o'rniga boshqa yaxshi  odatlarni singdirish mumkin.

4.  Ta’lim va tarbiya shaxs taraqqiyotida  progressiv ahamiyatga  egadir. 

Muhitning stixiyali ta’siri odamning taraqqiyotini shu muhit darajasiga yetka- 

za oladi.  Ta’lim va tarbiyada shu progressiv jamiyat  darajasidan tashqariga 

chiqadigan maqsadlar (ideyalar) qo'yiladi. Masalan, pedagogik sistemamizda 

kelajak kishilarini,  yanada mukammal  kamol topgan shaxsni  yetishtirishni 

maqsad qilib qo'yamiz.  Bunday maqsad yosh avlodda psixikaning kamolga 

yetish xususiyatlarini  ham belgilab beradi, yoshlarda haqiqiy maqsadga in­

tilish, yashash va ishlashga intilishning taraqqiy etishini ta’minlaydi.  Shun­

day  maqsad  qo'yilar  ekan,  tarbiya  va  ta’lim  shaxs  taraqqiyotida  yoshda 

progressiv ahamiyatga ega bo'ladi.

5.  Ta’lim jarayonida  bolalar  o'z  aqlini  ilm  bilan  boyitib,  bir  qancha 

mahorat  va  malaka  olib,  shu bilan birga o'zlari  ham kamol topadilar.

Bolalaming  kamolga  yetish  darajasi  biror  bilim  va  malakalami 

o'zlashtirish  imkoniyatiga  bog'liq.  Bilim  va  malakalami  o'zlashtirish jara­

yoni  esa  o'z  navbatida  bolalaming jismoniy  va  ma’naviy jihatdan  kamol 

topishiga  imkon  beradi.

Ta’lim jarayonida bolalaming iroda va  ma’naviy sifatlari takomillasha- 

di, ulaming dunyoqarashi tarkib topadi. Ta’lim — odamning tabiiy qobiliyat­

larini  uyg'otish va  rivojlantirish  uchun  muhim shartlardan  biridir.


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə