P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


Poda  (to‘da)  boiib  yashash  instinkti



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   551
2 5463028049224140945

Poda  (to‘da)  boiib  yashash  instinkti. 

Bu  instinkt  hayvonlarning  turli 

usullar  bilan  o‘zaro  aloqa  qilishida  va  xilma-xil  shaklda  birgalashib  ya- 

shashida zohir bo‘ladi.  Hayvonlarning ba’zi  turlari,  asosan,  o‘txo‘r va  sut 

emizuvchi  hayvonlar doimo  to‘da  bo‘lib  yashaydi,  hayvonlarning  boshqa 

turlari, asosan, yirtqich hayvonlar esa o‘ziga o'xshash hayvonlar bilan vaqt- 

bevaqt birgalashib yashaydi.  Hasharotlar galasi, qushlar galasi, sut emizuv- 

chilar to'dasi  — hayvonlarning poda  (to'da)  bo'lib yashash  shakllaridir.

Instinktlar  mashq  qilish  yoki  o'rganish  yo'li  bilan  hosil  bo'lmaydi  -  

ular ota-onadan naslga biologik irsiyat sifatida o'tadi.  Instinktlarning nerv- 

fiziologik asosi — shartsiz reflekslardir. l.P. Pavlov ta’limotiga ko'ra, instinkt­

lar shartsiz  reflekslarning o'zi-yu,  lekin  ancha  murakkab turidir.  l.P.  Pav­

lov bunday deydi:  «Hozirgi vaqtda instinktlarning ham reflekslardan iborat 

ekanligi, faqat biroz murakkabroq reflekslar ekanligi yetarli aniqlangan deb 

hisoblash  mumkin»  (I.P.Palov,  Полное  собрание  сочинений,  III  tom, 

2-kitob,  51-bet).  Instinktlar  — bir  qancha  shartsiz  reflekslardan  iborat 

bo'lgan  reflekslar zanjiridir.  Bu reflekslardan har birining harakatga kelgan 

payti  navbatdagi  refleks  uchun  qo'zg'ovchi  bo'ladi.  Awalo  shuni  aytish 

kerakki,  hayvonlardagi  instinktlarning  obyektiv  suratda  bama’niligi  bilan 

g'oyat ajablantiradi. Xo'sh hayvonlardagi instinktiv harakatlarning ro'yi rost 

ko'rinadigan  bu  bama’niligi va «oqilonaligi»  qanday izohlanadi?

Instinktlarning qanday paydo bo'lganligini birinchi marta Ch.  Darvin 

tushuntirib berdi. Darvin ta’limotiga ko'ra, hayvonlarning instinktlari uzoq, 

evolutsion  taraqqiyot jarayonida,  tashqi  muhitga  moslashish jarayonida, 

hayot sharoitiga bog'liq  holda paydo bo'lgan.

Bu  kurashda,  tevarak-atrofdagi  muhitga moslashishda foydasiz bo'lib 

qolgan  harakatlar,  shuningdek,  befoyda organlar yo'qolib  ketgan,  zararli 

harakatlar hayvonni halokatga olib borgan,  foydali harakatlar esa taraqqi­

yot jarayonida  mustahkamlanib,  nasldan-naslga  o'tgan.  Shu  bilan  biiga, 

instinktlar butun  bir  avlodga  yoki  hayvonlarning,  butun  bir turiga  mus­

tahkam  o'rnashib  qolgan  harakatlardan  iborat.

Instinktiv harakatlar hayvonlarga  foydali  bo'lgandagina  ma’qul  kela­

di, ya’ni bama’ni bo'ladi, ammo hayvonlardagi instinktlarning bama’niligi 

ham juda cheklangandir.  Hayvonlarning instinktlari bir qolipda (shablon) 

bo'ladi.  Hayvonlar yashaydigan  sharoit  salgina  o'zgarishi  bilan  ularning 

harakatlari bema’ni bo'lib qoladi.  Masalan, o'rgimchak iniga pashsha tush- 

sa,  darrov ta’zirini beradi:  unga yopishib, yeb qo'yadi. Ammo o'rgimchak 

bilan  pashsha  boshqa  joyda  (masalan,  stakanda)  yonma-yon  qo'yilsa, 

o'rgimchak  pashshadan  qochib  ketadi.

Parranda o'z tuxumlarinigina emas, balki boshqa qushlarning tuxum- 

larini, gipsdan yoki yog'ochdan yasalgan sun’iy tuxumlarni,  hatto tuxum- 

ga bir qadar o'xshaydigan  boshqa har qanday narsalarni  ham  bosib yota-




veradi.  Holbuki, parrandaning bu harakatlari tamomila bema'nidir.  Ichki 

sekretsiya bezlarining faoliyatidan kelib chiqadigan ichki ta’sirlar ko'pgina 

instinktlar uchun (masalan, jinsiy instinkt uchun) xarakterlidir.  Hayvonni 

jinsiy  instinktni  ado  etishga  qo'zg'aydigan  ichki  mexanizmlar  boimasa, 

tashqi ta’sirning bir o‘zi bu instinktni yuzaga chiqarolmaydi; jinsiy bezlari 

olib  tashlangan  ariga tashqaridan  har qanday ta’sir bo'lishiga  qaramay  u 

in yasamaydi,  nasi  uchun ovqat g'amlamaydi va hokazo.  Shu  munosabat 

bilan psixikaning emotsional jarayonlar kabi shakli vujudga keladi va yanada 

taraqqiy etadi.

Biror ehtiyoj va tegishli  tashqi sharoit  mavjud bo‘lgandagina bir turga 

kiradigan  hayvonlar  odatda  hamma  harakatlarni  ko‘p  nasllarning  umri 

davomidagi  muayyan  bir  namunaga  muvofiq  bajaradi.  Ammo  hayvon­

larning hamma turlaridagi instinktlar barcha nasllarda doimo o‘zgarmasdan 

qolaveradi, deb o'ylash yaramaydi. Organizmlar ular uchun yangi boMgan 

hayot  sharoitiga  tushib  qolsa,  yangi  xossalar  paydo  qilishi  mumkin.  Bu 

xossalar mustahkamlanib, nasldan-naslga o'tadi.  Hayvonlarning  instinkt­

lari  ham  shunday  yo‘l  bilan 

0

‘zgaradi.  Tashqi  muhitga  moslashish jara­

yonida,  tajribaga va  hayvon  yashaydigan sharoitga qarab,  ayrim  instinkt­

lar so‘nishi  yoki  aksincha,  murakkablashishi,  o'zgarishi  mumkin.  Masa­

lan,  qaldirg'ochlar  doimo  bir  qolipda  in  qursalar  ham,  lekin,  ba’zida, 

muhit  o'zgarishlarining  ta’sirida,  bu  inlarning  salgina  boshqacha  qilib 

qurilganini ko'rish mumkin.  Uy hayvonlarining instinktlari  ularning yov- 

voyi  ajdodlari  instinktiga  qaraganda,  ayniqsa,  ko'p  o'zgaradi.  Demak, 

tug'ma  nerv  bog'lanishlari  (shartsiz  reflekslar)  obyektiv  sharoitga  mos 

kelmay  qolsa,  turning  taraqqiyot  jarayonida  sekin-asta  o'zgarib,  so'nib 

qolishi  mumkin.  Shu  bilan  birga,  o'zgargan tashqi  sharoitga  qarab,  hay­

von  miyasida  nerv sistemasida yangi  bog'lanishlar hosil bo'lishi  mumkin, 

shunga  ko'ra  organizm  muhitga  ko'proq  muvozanatlashadi,  hayvon  ha­

yot  sharoitiga  yaxshiroq  moslashadi.




Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə