turadi. Bu ikki jarayon bir-biriga bog'liq bo'ladi, ya’ni qo'zg'alish jarayo
qo‘shni qismlarda tormozlanish jarayonini paydo qilsa, bunday induksiyani
manfiy induksiya deyiladi.
Bosh miya po'stining biron qismidagi qo'zg'alish jarayoni bir necha
vaqtdan keyin tormozlanish jarayoniga aylansa, va aksincha, tormozla
nish jarayoni qo'zg'alish jarayoniga aylansa, bunday induksiyani ketma-
ket induksiya deyiladi. Masalan, odamning uyg'oqlik holatiga xos bo'lgan
uzoq qo'zg'alish jarayoni natijasida bosh miyaning butun po'sti tormoz-
lanadi, natijada kishi uxlab qoladi.
Bosh miya po'stining turli qismlari bir xil qo'zg'almaydi: bosh miya
po'stida qo'zg'alish paydo bo'lganda hamisha optimal qo'zg'alish o'chog'i
yoki qismi bo'ladi. Bu yerda muvaqqat bog'lanish (shartli reflekslar) tez-
roq va mustahkamroq hosil bo'ladi. Optimal qo'zg'aluvchanlik o'chog'ining
hosil bo'lishi diqqatning fiziologik asosidir.
Bosh miya po'stining ayrim qismlari bir xilda tormozlanmasligi ham
mumkin. Shuning uchun ham l.P. Pavlov «...yarim sharlar po'stining
optimal qo'zg'aluvchanlikka ega bo'lgan qismlaridagina emas, balki ular
ning ozmi-ko'pmi tormozlangan qismlarida ham yangi bog'lanish hosil
bo'lishi mumkin», deb hisoblaydi. Pavlovning fikricha, bizda, masalan,
hosil bo'lgandan keyingina bilib olinadigan ba’zi bir odatlarning paydo
bo'lishiga sabab shudir (4-tom, 413-bet).
Dostları ilə paylaş: