P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


 1-rasm.  Maymunlarda  murakkab  tanlash-ajrarish



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   551
2 5463028049224140945

1 1-rasm.  Maymunlarda  murakkab  tanlash-ajrarish 

qobiliyati  borligini ко ‘rsatuvchi  tajriba.


ekan,  shuningdek,  shaklni  rang va jismdan  ajrata  olar ekan.  Hatto  tuban 

darajadagi maymunlarda ham anchagina murakkab tanlash-ajratish qobili­

yati  borligini tajriba ko‘rsatib berdi.

Professor  Roginskiy  mana  bunday  tajriba  qilgan:  maymunlar  oldiga 

turli tomonga qaratib,  uzun-uzun bir necha tasma va arqon  uzala yotqizib 

qo'yilgan.  Shu  tasma  va  arqonlardan  ba’zilarining  uchiga  yemish  bog'lab 

qo'yilgan.  Maymunlar bu  tasma va arqonlarni  bir-biridan  farq  qilmay  bir 

necha  marta  ushlab  ko'rganidan  keyin,  oxiri,  tasma  va  arqonlaming  qay 

xilda  cho'zilib  yotganidan  qat’i  nazar,  yanglishmay  xuddi  o'sha  yemish 

bog'langan tasma va arqonlarni darrov ajratib,  topib olganlar.

Maymunlaming sun’iy suratda yaratilgan sharoitda o'zlari  uchun yan­

gi,  murakkab harakatlarni bajarishga qobil ekanliklari ma’lum bo'ldi.  Max­

sus  tajriba  qilib  ko'rilganda  shu  narsa  ayon  bo'lganki,  maymunlar baland 

joyga  qo'yib  qo'yilgan  yemishlarni  tushirib  olish  uchun  yonlarida  turgan 

yog'ochni «qurol» tariqasida ishlata olganlar, ayrim hollarda esa yemishlar­

ni  tushirib  olish  uchun  yog'ochlarni  bir-biriga  ulaganlar yoki  buyumlarni 

qalashtirib,  ustiga chiqib olganlar.

Maymunlaming  tafakkurini  tekshirishda  l.P.  Pavlovning  xizmati,  ay­

niqsa,  kattadir.  l.P.  Pavlov  sinchiklab  tajriba  qilib,  maymunlaming  fahm 

bilan aloqador harakatlar qila olishini  ko'rsatib  berdi.  Masalan,  tajriba  qi­

lingan  Rafael deb atalgan maymun eshiklarning turli xil zanjir va ilgaklarini 

ulaming har biriga yarasha asbob bilan ochishga, olovga suv sepishga, yashik- 

larni  taxlab zinapoyacha qilib,  balandga chiqishga o'rgandi.

l.P.  Pavlov  o'z  tajribalariga,  shuningdek,  boshqa  tekshiruvchilaming 

tajribalariga  asoslanib,  maymunlaming  fahm  bilan  aloqador harakatlarini 

materialistik asosda uqtirib berdi.  Maymunlaming fahm  bilan aloqador bu 

harakatlari  ular  miyasining  shartli  reflektor  faoliyatidir,  albatta. 

l.P.  Pavlov  maymunlaming  tafakkuri,  fahmi  o'ylashda  emas  (maymunlar 

o'ylamaydi),  balki  harakatidadir,  degan  xulosa  chiqaradi.  «Maymunning 

tafakkurini  uning  harakatlarida  o'z  ko'zingiz  bilan  ko'rasiz»,  «maymun­

ning goh  uni,  goh  buni  qo'liga  olib  ko'rib  qilayotgan  barcha  ish-harakat- 

lari, o'z ko'zingiz bilan ko'rib tuiganingizdek, ish-harakatda namoyon bo'lgan 

tafakkurdir. Bu qisman awallari hosil qilingan, qisman hozir ko'z o'ngingizda 

hosil  bo'Iayotgan,  ko'z  oldingizda bir-biriga qo'shilayotgan  bir qancha as- 

sotsiatsiyalardir. Albatta, bu fahm eng elementar fahmdir» —

 deydi I. P.Pavlov 

(«Павловские  среды»,  II  tom,  431-bet).

Bu tafakkuming elementar tafakkuriigi shundaki, hayvonlar shu paytda 

o'zi  idrok  qiladigan  voqelik  doirasidagina  «fikrlaydi»,  ulaming  fahm  bilan 

aloqador harakatlari faqat biologik ehtiyojlarni qondirish yo'lidagi harakat - 

lardir,  xolos.

Hayvonlar o'ylamaydi, ulaming fikmi ifodalaydigan va ma’lum bir shakl- 

ga  kiritadigan  tili  yo'q.  Yuqori  darajada taraqqiy  qilgan  hayvonlarda  faqat



birinchi  signal  sistemasining  muvaqqat  bog‘lanishlari  tafakkurning  nerv- 

fiziologik mexanizmlari boiib xizmat qiladi.

Hayvonlarda  vujudga  kelgan  harakat  usullari  biridan  ikkinchisiga 

o‘tmaydi.  Bu  harakat  usullarini  qaysi  hayvon topgan boisa,  faqat  o‘sha 

ayrim hayvonniki bo‘lib qoladi.  Hayvonlarning kurtak holidagi tafakku­

ri  taraqqiy  etmaydi.  Bu  tafakkurning  zohir  bo'lishi  tafakkurning  nav- 

batdagi,  yuksak va  murakkabroq shakllari taraqqiy etishi  uchun bir bos­

qich  bo'lolmaydi.  Hayvonlarning  tafakkuri  namoyon  bo'ladigan  hara­

katlar  ularning  fe’l-atvorida  asosiy  o'rin  tutmaydi.  Hayvonlarning  fe’l- 

atvori  (xatti-harakatlari)dagi  asosiy  shakllari  instinktlari  bilan 

ko'nikmalardan  iborat.  Hayvonlarning  ana  shu  oddiy  kurtak  holidagi 

tafakkur  faoliyati  ayni  vaqtda  hayvon  psixika  taraqqiyotidagi  yuksak 

bosqich  hisoblanadi.

Hayvonlar psixologiyasi  —

 


Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə