R E F L E K S O L O G IY A
Amerika bixeviorizmi bilan deyarli bir vaqtda Rossiyada ham psi
xologiyada alohida obyektiv yo'nalish paydo bo'lib, uning tashkilotchisi
professor V.M. Bexterev (1857—1927) edi.
Bexterov ham, bixevioristlar singari, o'z-o'zini kuzatish metodini va
empirik psixologiyani subyektiv hamda ilmiy emas, deb qattiq tanqid qil
di. U ilmiy psixologiya tashqi kuzatish va eksperimentga asoslanmog'i
kerak, deb hisobladi. Sirtdan turib psixika — ongni kuzatish mumkin
bo'Imaganligi uchun, psixologiya oddiy (tug'ma) va murakkab (hosil qi
lingan) reflekslarga asoslangan tashqi reaksiyalarni o'rganmog'i kerak. Bu
nomlar Pavlovcha shartsiz va shartli reflekslarga to'g'ri keladi.
V.M. Bexterov o'z ta’limotini obyektiv psixologiya deb, keyinchalik esa
refleksologiya deb atadi. Bexterov inson shaxsining barcha murakkab ha
rakatlarini mashinaga o'xshagan mexanik faoliyat, reflekslar zanjiri va
qo'shilishi deb hisoblaydi. Masalan, Bexterovning fikricha, inson ongining
ijod singari murakkab harakatlari ham ma’lum bir maqsadni ko'zlagan,
bir-birlari bilan ulangan reflekslar yig'indisidir, maqsad esa o'zining
o'tmishdagi tajribasidan yoki boshqalarning tajribasidan olinadi. Bixevio-
rizmdagi singari, refleksologiyada ham, hissiyot, diqqat, xotira, tafakkur,
iroda kabi barcha an’anaviy psixologik tushunchalar shartsiz (sodda) reflekslar
va shartli (murakkab) reflekslar haqidagi, markazlashish, reproduktiv,
oriyentirovka reflekslari haqidagi, nutq reflekslari haqidagi ta ’limotlar bilan
almashtiriladi. Psixologik terminlar biologiya, fizika va mexanika sohasi-
dagi terminlar bilan almashtirilgan edi, masalan, irradiatsiya. konsentratsi-
ya, differensiatsiya, tormozlanish, tormozlanishning yozilishi va boshqalar.
Bexterovning psixik faoliyati haqidagi ta’limoti, aslida, Amerika bi-
xevioristlarining ta’limotini takrorlagan edi.
Dostları ilə paylaş: |