K IB E R N E T IK A V A P S IX O L O G IY A
Ilmiy va konstruktiv-texnik ijodning so‘nggi vaqtlardagi eng yuksak
darajadagi yutuqlaridan biri yangi fan kibernetikaning paydo bo'lishidir.
Bu boshqa fanlarning butun bir sistemasiga — matematika, fizika, kimyo,
fiziologiya, elektronika kabilarga tayanadigan sintetik fandir. Shu «ta
yanch» faniar sistemasiga psixologiya ham kiradi. Shunday qilib, psi-
xologlarga shunday faniar (matematika, kimyo, ekonomika va boshqalar)
«hamkorligida» ishlashga to‘g‘ri keldiki, ilgari psixologiya bular bilan juda
ham uzoq aloqada bo'lar edi.
Kibernetikaning vazifasi hozirgi zamon fan va texnikasining yutuqla-
riga asoslanib, matematika, ekonomika, transport sohalaridagi murakkab
masalalarni yecha oladigan, avtomatik boshqariladigan va o 'z-o 'zin i
boshqaradigan mashinalarning konstruksiyasini yaratishdan iboratdir.
Ma’lumki, kuchga ega bo'lgan mashinalami bunday yaratish uchun, xud
di inson miyasiga, aqliga o'xshab ishlay oladigan mexanizmlar sistemasi
ning konstruksiyasini topish talab qilinadi.
«O'ylovchi» m ashinalarni fiziklar, kimyogarlar va m uhandislar
ko'radilar. Lekin mashinaning barcha «aqliy» operatsiyalari qurilishi sxe-
masini neyrofiziologlar bilan birgalikda psixologlar berishi kerak. Psi-
xologlarning vazifasi aqliy operatsiyalar mexanizmlarini to'liq va aniq ochib
berish, inson miyasi va tafakkur operatsiyalarining ishlash modelini yaratib
berishdan iboratdir. Hozirgi vaqtda kibemetika prinsiplari ta’lim sohasida
ham tatbiq qilina boshladi. Bu o'rinda psixologlarning vazifalari, albatta
juda mas’uliyatlidir.
Dostları ilə paylaş: |