chas bog'langan edi. Bu aniq-amaliy tafakkur edi. Keyinchalik tafakkur
sari taraqqiy qilib bordi. Albatta, abstrakt va nazariy tafakkur tajribadan
ijtimoiy hayot qonunlarini tafakkur yordami bilan ochib oladi. Insonning
kiyim-kechak va turar joyinigina yaratib qolmay, balki fan, san’at, mu
ratishga intiladilar va shunga harakat qiladilar. Taraqqiy qilayotgan fan,
texnika va san’at esa o'z navbatida kishilar ongining o'sishiga, ulaming
Awalgi nasllaming tajriba va bilimlari tilda mustahkamlanib, keyingi
nasllarga o‘tib keldi. Mehnat aloqalarida takomillashib boigan til o‘z nav
batida kishilarning ongi va tafakkuri taraqqiyotiga ham ta’sir etdi. Yo-
zuvning takomillashuvi tufayli kishilarning o'zaro aloqasi va bir-biriga ta’siri
mislsiz darajada kengaydi va mazmundor bo'lib qoldi. Kishilar bir-birlari
bilan bevosita aloqa qilish orqaligina emas, balki uzoq masofadagi kishilar
bilan va ilgari o'tgan kishilar bilan bavosita «aloqa» bog'lash yo'li bilan
ham ularning ongi, bilim va tajribasi bilan boyiydigan bo'lib qoladi. Til
kishining butun ongli faoliyati bilan chambarchas bog'langandir. Yuqorida
ko'rsatib o'tilganidek, til mehnat bilan bir qatorda inson jamiyati va ongini
taraqqiy ettiradigan ikkinchi asosiy faktordir.
Mehnat jarayoni va ijtimoiy munosabatlaming tarkib topish jarayonida
tafakkur va til bilan birga, odam irodasi ham paydo bo'ldi hamda tarixan
o'sa bordi. Odam, ish ko'rishdan oldin o'z harakatlarini tasawur qiladi,
shu harakatlarni oldin o'ylab ko'radi, qo'yilgan maqsadga yetish uchun
anglab-bilib g'ayrat ko'rsatadi, ro'y bergan qiyinchiliklarni yengib o'tadigan
bo'lib qoladi. Iroda bilan bo'ladigan harakatlar — ongli harakatlar shaklla
nadi. Shu bilan birga, odamning iroda-ixtiyor bilan qiladigan harakatlari
bo'ladi. Tevarak-atrofdagi muhitni o'zlashtirish, uni o'z ehtiyojiga mos-
lashtirish imkonini paydo qildi. Odam iroda egasi bo'lganligi tufayli tarixiy
taraqqiyot jarayonida tabiatni o'ziga asta-sekin bo'ysundirdi, uni o'ziga
xizmat qilishga majbur etdi. Odam tabiatni, tevarak-atrofdagi olamni o'z
maqsadlariga muvofiq qilib o'zgartiradi, unga yangilik kiritadi. O'sha tari
xiy taraqqiyot jarayonida, uzoq kurash yo'li bilan insonlar ijtimoiy muhi-
tining stixiyali ta’siridan qutuladi, ijtimoiy taraqqiyot qonunlarini sekin-
asta bilib olib, ijtimoiy hayotga uyushgan holda ta’sir ko'rsata boshlaydi,
inson jamiyatining taraqqiyotini muayyan yo'lga sola boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: