P. I. Ivanov m. E. Zufarova umumiy psixologiya


 ‘ Q U V C H IL A R G A   K A S B G A   D O I R   Y O 'L L A N M A



Yüklə 25,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə540/551
tarix28.03.2022
ölçüsü25,74 Mb.
#84801
1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   551
2 5463028049224140945

0 ‘ Q U V C H IL A R G A   K A S B G A   D O I R   Y O 'L L A N M A  

B E R IS H   M A S A L A L A R I

Har bir o'quvchi  maktabda o'qish  mobaynida xususan  mehnat ta ’limi 

munosabati bilan,  u yoki bu darajada kelajakka nazar tashlaydi,  o'zi uchun 

ma’lum  bo'lgan,  binobarin,  o'zi  xohlagan  faoliyat  haqida  xayol  suradi, 

o'zining  kelajakdagi  kasbini  tasawur  qiladi  va  tanlaydi,  shu  kasb  haqida 

o'ylaydi.  O'quvchilaming  qiziqish-havaslari,  xususan,  ularning  kasbga 

bo'lgan qiziqishlari  haqidagi  masala shaxs psixologiyasining bo'limlaridan 

biridir.  Lekin bunda vazifa bu qiziqishlami o'rganishdangina iborat bo'lmay, 

balki  kelajakda  oqilona  kasb  tanlashi  uchun  har  bir  o'quvchiga  yordam 

berishdan  iboratdir.  O'quvchilami  kelajakda  mustaqil  kasb tanlashga tay­

yorlash  masalasi  maktablaming eng muhim vazifalaridan biridir.  Shuning 

uchun  ham  psixologlar  pedagoglar  bilan  birgalikda  kasbga  doir  bilimlar, 

kasbga doir yo'l-yo'riqlar berish,  kasbga doir maslahatlar o'tkazish  masa­

lalarini  ishlab  chiqish  bilan  shug'ullanmoqlari  lozim.

Ishni shunday tashkil  qilmoq  kerakki,  har bir o'quvchi  maktabda o'qir 

ekan,  mamlakat  qanday  kasb  egalariga  muhtoj  va  u  o'zining  mayli,  qi­

ziqishi  va  qobiliyatlariga  qarab  qanday  kasbni  tanlamog'i  kerak,  degan 

masalalar bo'yicha  maslahatlar  olmog'i  kerak.

Shuning  uchun  ham  psixologlar  oldida  o'quvchilarda  professional 

(kasbga  doir)  qiziqishlami  shakllantirish  va  qobiliyatlarini  rivojlantirish 

muammosi  turadi.  Shuning  bilan  birga  psixologlar  o'quvchilaming  indi­

vidual  qobiliyatlarini  aniqlash  metodlari  va  usullarini  qidirish  bilan  ham 

shug'ullanmoqlari  kerak.

Shu  narsani  aytmoq  kerakki,  bizda  o'quvchilarga  kasbga  doir  yo'l- 

yo'riqlar  ko'rsatishga  alohida  e’tibor  berilmoqda.  Hozirgi  kunda  kasb- 

hunar kollejlari  va  akademik  litseylarning  ochilishi  yoshlarga  kasbga  doir 

bilimlar berish  va  ularni  kelajak  faoliyatga  tayyorlashda  muhim  ahamiyat 

kasb  etmoqda.





Yüklə 25,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   536   537   538   539   540   541   542   543   ...   551




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə