Paleografiyaning predmeti, vazifalari



Yüklə 33,7 Kb.
tarix09.05.2023
ölçüsü33,7 Kb.
#109264
Paleografiyaning predmeti


Paleografiyaning predmeti, vazifalari.

Reja:




  1. Paleografiya fani va uning vazifalari. Paleografiya fanining shakllanishi va rivojlanishi, ob’ekti, metodlari.

  2. O‘zbekiston tarixi va madaniyatini o‘rganishda paleografiya fanining o‘rni va ahamiyati.

  3. Yozuvlarning paydo bo‘lishi. Insoniyat tarixidagi yozuvlar haqida ma’lumot, uning turlari. Piktografik, logografik, bo‘g‘inli, harfiy yozuvlar.


Paleografiya yordamchi tarix fani yozuv yodgorliklarining tashqi alomatlari, ularda aks etgan yozuv shartli belgilar tizimi, yozuv materiali, yozuv ashyolari, bitik usullari yozuv yodgorliklarining saqlanish holati, matnni tuzish va uning qismlarini joylashtirish xususiyatlari, kotiblik ko‘nikmalari, husnixat shakllari, ayrim uslubiy grafik shakllar, bezaklar, harf va ulamig birikmalarida kotibning xos usullari, yodgorlikning yaxlit tuzilishiga xos alomatlar (varaq-qit’a, о‘ram, kodeks, va boshqalar), bosh harf, fraza ajratish, tinish belgilari va hokazo ko‘plab masalalami yaxlit o‘rganishdan iborat murakkab vazifani ado etadi. Paleografiya yordamchi tarixiy fanlar sohalaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklaming yozuv tuzilishi, alifbosi yoki boshqa turdagi shartli chizma belgi va shakllaming genetik asoslari, ularning rivojlanish yo‘llari va dinamikasi, yozuv asboblari, yozuv uchun foydalanilgan materiallar, xat turlari, dastxat shakllari, xususiy xat namunalari, yozuvning uslub turlari, husnixat sifatida me’yoriy darajalarga yetgan namunalari, yozuvning bezaklari, umumsavodxonlik va kotiblik kasbiy san’ati turlari, matn tuzish tamoyillari, yozuv materiallari, yozuv matnlarining saqlanish holati kabi qator masalalami o‘rganib, kerakli ma’lumotlar zahirasini manbashunoslik tadqiqotlari uchun tayyorlab beradi. Paleografiya yozma yodgorliklaming tashqi holatini tekshirish bilan shug‘ullanadi. Lekin, paleografik tadqiqot uchun jahonda yoki mintaqada qadimgi yozuvlar, ulaming belgi tizimlari, harflaming qaysi tovushni yoki lug‘aviy ma’noni ifodalashi va yozuv madaniyati masalalaridan xabardorlik talab qilinadi. Bu o‘z navbatida dastlabki bosqichda qanday yozma yodgorlik bilan ish ko‘rilayotgani to‘g‘risida farazni olg‘a surish, va tekshirilayotgan yozma yodgorlik yozuvining qanday tizimga, qaysi davrga tegishliligini belgilash imkonini beradi. 10 «Paleografiya» atamasi yunoncha ikki so‘z o'zagidan yasalgan bo‘lib palayos - «qadimiy», grafo-«yozaman» demakdir. Ya’ni, paleografiya qadimiy va umuman o‘tmishga oid yozma yodgorliklami o‘rganuvchi ilmiy sohadir. Yozma yodgorliklar paleografiyasi ustida ishlash birinchi galda tekshirilayotgan yodgorliklarning yozilgan vaqtini, makonini, qaysi yozuvdaligini, saqlanish ahvolini sinchkovlik bilan tavsiflashdan boshlanadi. Markaziy Osiyodagi qadimiy yozuv yodgorliklarida ko‘pincha sanalari maxsus ko‘rsatilmaydi. Ulaming qachon yozilgani masalasida aksariyat hollarda yo bilvosita manbalardan ma’lumotlar qidiriladi., yoki yozuvining paleografik rivojlanish shakllari tadrijidan ayni tekshirilayotgan yodgorlik yozuv shaklining o‘mini belgilashga to‘g‘ri keladi. Buni sug‘d yozuvining qadimiy harflari qo‘shib yozilmagan bosqichi bilan yuksak darajada kursiv (yugurik)-ulab, ravon va uzluksiz xat turida yozilgan shakllari o‘rtasida joylashuvi namunalami qiyoslash orqali hal etish misolida ko‘rish mumkin, ya’ni, sug‘d yozuvi tarixida harflar o‘zaro ulab yozilmagan (lapidar xat turi) bilan kursiv - ravon husnixat turi oralig‘ida qariyib 700-800 yillik yozuv tarixi bor. Shunday qilib, paleografiya manbashunoslar u yoki bu yozma yodgorlikni o‘qib tahlil qilishida asosiy yordamni yetkazadi. Manbashunos uchun o‘z navbatida paleografik ish usullaridan xabardorligi va paleografik tadqiqotlar natijalaridan to‘g‘ri va unumli foydalana olish ko‘nikmalari muhim ahamiyatga egadir. Paleografiyaning asosiy maqsadi muayyan yozma yodgorlikning barcha tashqi xususiyatlarini aniqlash va tavsif etishdan iborat Bu ish awalo, yozuv materiali, yozuv belgilari, matn tuzish usullari, kabi matnning bezaklari kabi tashqi alomatlari, zamon va makonlar osha doimiy o‘zgarishda va rivojlanishda ekanini, tarbdy shart-sharoitlar bilan bog‘Iiqligini hisobga olinmog‘i lozim. Paleografik tahlil orqali yozma yodgorlikning tashqi holati barcha belgi va xususiyatlari haqida ma’lumotlar yig‘indisi yuzaga keladi. Ayniqsa, bu tahlil yozma yodgorlikning yozuvi noma’lum, joyi, sanasi haqida ma’lumotlar yo‘q yoki, yetishmagan hollarda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zan paleografik tahlil uchun yozma yodgorlikning mazmuni va qanday doiraga moMjallangani ham hisobga olinadi. Chunki, ko‘p hollarda sharqda murakkab mazmunli falsafiy asarlar murakkab xat usullaridan foydalanib ko‘chirilgan hollar ham uchraydi. Bundan tashqari ayrim shaxslaming savodliligi darajasida xususiy xat namunalari me’yor11 lashgan husnixat va mahkamachilikka xos usullardan farqli ravishda o‘qib 0‘rganish uchun qiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Paleografik tadqiqotlar bugungi kunda nafaqat qadimiy yozma manbalar doirasini balki, ma’lum amaliy maqsadlarda so‘nggi davrlar, hatto hozirgi zamon yozuv materiallar ini tekshirishgacha amal qilmoqda. Olimlar yozuvni bundan V-VI ming yil awal Misr, Mesopotamiya, Xett, Hindiston va Xitoy da kashf etilgan, deb hisolashadi. Qadimgi Shumerda (Mesopotamiya) mil. aw. IV ming yillikda mixsimon iyeroglif yozuvi kashf qilingan. Shumer yozuvlari suratli yozuvlar bo‘lib aytmoqchi boigan fikr surat shaklida aks ettirilgan. Lekin, suratli, so‘zlar bilan ko‘p narsani ifoda etib bo‘lmagan va bu soddalashtirilib ponasimon mixxat yozuvi kashf etilgan. Mixxat belgili yozuvlar 600 dan ortiq bo‘lgan. Bu yozuv III ming yillikda Shumerda ixtiro qilingan. Mesopotamiyaning Ur, Bobil, Ashur kabi shaharlarida kutubxonalar mavjud boigan. Mixxat yozuvi Old Osiyoga keyinchalik Evropa davlatlariga keng tarqalgan. Misrda bundan Vl-VH ming yil awal 750 belgidan iborat - rasmli iyeroglif kashf etilgan. Misr yozuvida narsa va hodisalar turli xil rasm va belgilar bilan ifoda etilgan bo‘lib zamonlar o‘tishi bilan bu belgilar alifbo belgilariga aylangan. Qadimgi podsholik (mil. aw. 2800-2250) davrida 24 ta tovushni bildiradigan alifbo paydo bo‘lgan. 1822 yil Jak Fransua Shampalon Rozetta shahri yaqinida toshga o‘yilgan bir xil mazmundagi Misr va Yunon yozuvlarini o‘qishga muvaffaq bo‘lgan (Rozetta toshi hozirgi kunda Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi). Misrliklar yozuvi o‘ngdan chapga qarab yozilgan, shumerliklar yozuvi esa, chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Hind yozuvi - mil.aw. 3-2 ming yillikda 700 ga yaqin belgi - rasmdan iborat yozuv bo‘lgan. Hind va Panjob viloyatlarida 700 belgidan iborat alifbo topilib, olimlaming fikricha, bu yozuvlar Shumer va Misr yozuvlari asosida vujudga kelganligi aniqlangan. Hind yozuvi taxminan 400 yoki, 250-300 belgi - rasmdan iborat bo'lgan shumer va xett yozuviga o‘xshatiladi. Miloddan awalgi V asrdan boshlab Hindistonda braxmi, kxaroshtxi, oramiy, gupta yozuvidan foydalanganlar. Xitoy yozuvi - bundan IV ming yil awal kashf etilgan, Xitoy iyeroglifi dastlab Shan In davrida mil. aw. II-ming yillikda kashf etilgan, shunday yozuvlaming turi 2 mingga yaqin bo‘lgan. Xan davrida iyerogliflar 12 soni 18 mingtaga etgan. Hozirgacha qisman oczgarishsiz saqlangan. Dastlab xitoyliklar suyak, yog’och, cho‘p, teri va bambuk daraxtidan tayyorlangan taxtachalarga yozishgan, V asrdan boshlab ipak, shoyi parchasiga yozganlar. Krit-Mikenda mil. avv. Ш-П ming yilliklarda chiziqli yozuv mavjud bo‘lgan. Bu yozuvni 1953 yilda ingliz olimlari Ventris va Chadvik «В» chiziqli krit yozuvlarini o'qishga muvaffaq bo‘lgan. Etrusk, osk, lotin yozuvlari mil. avv. VI1I-VII asrlarda yaratilgan. Finikiyada mil. aw. DC asr oxiri VIII asr boshlarida 25 ta belgidan iborat yozuv kashf etildi. Yozuv isloh qilinib, 22 ta belgiga tushirildi. Bu finikiya yozuvi deb ataldi. Miloddan awalgi II-ming yillik oxirlarida Suriyada 29 belgidan iborat, Finikiyada esa, 22 harfdan iborat alifbo kashf etilgan, dunyo alifbolari asosan finikiya alifbosidan kelib chiqqan.
Finikiya alifbosi asosida oramiy yozuvi, Eron Ahamoniylari yozuvi va Parfiya yozuvi kelib chiqqan. Kishilik jamiyati o‘z tarixining ko‘proq qismini yozuvsiz o‘tkazgan. U yozuvga etib kelguncha uzoq yo‘lni bosib o4gan va nutqni yozib olish uchun bir necha ming yil ilgarigina belgilar qoMlanila boshlagan. Biroq, 1901 yili Transilvaniyada, Terteriya qishlog‘i (Ruminiya) yaqinida arxeologlar juda ham kocp sirli rasm-belgilar chizilgan uchta sopol taxtacha topishdi. Bular deyarli etti ming yillik o‘tmishga ega yozma yodgorliklar edi. Odamning tajribasi va bilimi orta borgan sari unda bilganlarini yodda tutish va boshqalarga berish zarurati tug'ildi. Buyumlardan dastlab minemonika vositalari yoki «eslatuvchi» vositalar sifatida foydalanish zamonaviy yozuvga olib keluvchi mashaqqatli uzoq yo‘ldagi birinchi qadam bo‘ldi. Bu vositalar fikmi uzatmas, balki uni faqat eslatardi. Biror narsani eslab qolish uchun ro‘molning uchini tugish odati shundan qolgan. So‘ngra buyumlarga aniq ma’no berila boshlangan. Ular oldindan kelishib olingan narsalarni bildiruvchi o‘ziga xos signallar, shartli belgilar bo‘lib hisoblangan. Cho‘pxatga yoki, daraxt tanasiga o‘yib belgi solish, tugunlar, tizimchalar, urush eMon qilish vaqtida esa, kamon o‘qi va boshqa buyumlar shunday shartli belgi vazifasini o‘tagan. Buyumga ma’no birkitib qo‘yishning bu usuli «buyumli yozuv» deb atalgan. Son, raqamlami bildirish uchun, masalan, taxtachalarga o‘yib shartli belgilar o‘yilgan. Bu xatcho^lardan har xil shartnomalar tuzishda foydalanilgan. Shartnoma tuzishda xatcho'pni bo‘yiga qoq o‘rtasidan bo‘lib, yarmi bir tomonga, ikkinchi yarmi ikkinchi tomonga berilgan. Xatcho‘p bo‘lakchalari birlashtirilganda kertiklar bir13 biriga mos kelgan. Xatcho‘plar kalendar sifatida ham qo4llanilgan (unga kunlar, haftalar soni va hokazolar o‘yilgan). Ular qarz shartnomalarida tiL\at o‘rnida ham xizmat qilgan. Xotirada uzoq vaqt saqlab turilishi lozim bo‘lgan voqealar to‘g‘risidagi unutilmas ma’lumotlar ro‘yxati sifatida ham xatcho‘plardan foydalanilgan. To‘g‘ri hisob-kitob uchun hisoblash tizimchalari qolllanilgan. Ular perulik cho‘ponlarda, Lotin Amerikasi va Afrikaning boshqa ba’zi xalqlarida hozir ham bor. Bir tizimcha ho‘kizlarni, boshqa tizimcha sigirlami sanash uchun xizmat qiladi; bu tizimcha ikki tutamga ajratiladi - bir tutami bilan sog‘im sigirlar va boshqa tutami bilan bo‘g‘oz sigirlar sanaladi. Uchinchi tizimcha buzoqlami sanash uchun ishlatiladi. Tizimchadagi tugunlar soni shu cho‘ponning podasida necha bosh mol borligini bildiradi. Qadimgi xitoylar ham hisob-kitob va yodda saqlash uchun tizimchalardagi tugunlardan foydalanganlar. Qadimgi xalqlarda vaqt hisobi ham ko‘pincha tugunlar bilan olib borilgan. Eramizdan oldingi V asrda yashagan qadimgi yunon tarixchisi Gerodot hikoya qilgan Doro kalendari bunga misol bo‘la oladi. Gerodotning ta’kidlashicha, Eron shohi Doro I Skifiyaga yurish qilganida Dunay daryosiga maxsus qurilgan ko‘prikdan o‘tgan. Ko‘prikni saqlash, qocriqlash uchun Doro o‘z ittifoqchisi bo‘lmish ioniyaliklarni qoldirgan. Ularga oltmish tugunli kamar berib, bunday degan: «...Bu kamami olinglar: endi gapimga quloq solinglar: mening skiflarga qarshi chiqqanimni ko‘rishingiz bilanoq, shu vaqtdan boshlab har kuni bitta tugunni yechaveringlar. Agar tugunlar bilan ko‘rsatilgandagi kunlar tugasa-yu men shu vaqt ichida qaytmasam, o‘z vatanlaringizga jo‘nayveringlar. Hozircha ko‘prikni qo‘riqlang!ar va uni mumkin qadar but saqlashga harakat qilinglar. Bu bilan menga katta yordam ko‘rsatgan bo‘lasizlar». Tugunlardan iborat kalendardan Sibir, Gvineya, Polineziya, Sharqiy Afrika xalqlari ham foydalangan.
«Axborot hassalari» ham o‘ziga xos buyum-maktub vazifasini o4agan. Ular Qadimgi Evropada, Qadimgi Xitoyda, avstriyalik va afrikalik qabilalar ocrtasida mashhur bo‘lgan. Boshqa qabilaning elchisi olib kelgan hassa tashrif buyurgan shaxsning vakolatini tasdiqlovchi o‘ziga xos hujjat hisoblangan.
Hassaga kertib belgilar va xotira nishonlari tushirilgan. Elchi ularga qarab o‘ziga qancha topshiriq berilganini eslagan. Kertik-belgilaming joylashishi, ehtimol, ma’lum faktlami ifoda etgandir. «Vampum» kamari (po‘tasi) Shimoliy Amerika hindularining buyumli yozuvi bo‘lib, shakli juda 14 ajoyibdir. «Vampum» kamari rang-barang chig‘anoq!ar qo‘shib to‘kilgan bo‘ladi yoki, chig‘anoqlar unga tegishlicha osib qo‘yiladi. Chig‘anoqlarning o‘zaro joylashuvi, soni va rangi muayyan ma’noni anglatadi. Ba’zan kamarga xabaming mazmunini aniqlashtiruvchi rasmlar ham chizilgan bo‘ladi. XVII asr oxirida muhim siyosiy hu[jat hisoblangan vampum ham bizga ma’lum. Penna vampumi deb ataluvchi, o‘rtasiga ikkita qora shakl (kishi shakli) tushirilgan bu oq kamami lenilenape qabilasidan bo‘lgan hindular o'rtasidagi tinchlik va bamkorlik garovi sifatida taqdim qilganlar. Hozirgi Peruning qadimgi aholisi inklaming tugunlardan iborat maktubi - kipu - buyumli yozuvning ajoyib namunasi bo‘lib hisoblanadi. Bunda buyumli yozuvning hamma imkoniyatlari ochib berilgan, deb sanaladi. Kipu chalkash-chulkash bog‘langan, tugilgan tizimchalar osilgan yo‘g‘on arqon yoki tayoqchadan iborat maktubdir. Tizimchalar va tugunlarning soni, ulaming katta-kichikligi, joylashishi va rangi turli ma’noni anglatgan. Kipuning og‘irligi ba’zan to‘rt kilogramcha kelgan. Bo‘yalmagan tizimchalar sonli hisob uchun va muhim voqea-hodisalami yodlab qolish uchun, rang-barang tizimchalar esa, ancha murakkab xabarlar uchun qo‘llanilgan. Hindlarda har bir rang muayyan ma’noni: qora rang - baxtsizlikni, o‘limni, binafsharang-xavf-xatami yoki dushmanlikni, qizil rang-urush' ni, oq rang-tinchlikni, sariq rang-oltinni, yashil rang-don-dunni bildirgan. Hindlar turli ranglami va tugunlarni turlicha qo‘shib ishlatib har xil xabarlami bildirish imkoniyatiga ega boMganlar. Ba’zi olimlar, kipuga qonunlar majmui, xronikalar, hatto she’rlar yozilgan bo‘Iishi mumkin, degan fikmi aytmoqdalar. Boshqa olimlar esa, murakkab yozuvlami tugunlar va rang-barang tizimcha yordamida amalga oshirish mumkin emas demoqdalar. Hozirgi vaqtda ham ishlatish qulay bo‘lgan joylarda signalizasiya uchun buyumli yozuv prinsipidan foydalanilmoqda; masalan, suv yo‘llarida xatarli joylami ko‘rsatib turadigan suzg‘ich-bakenlar, mayoqlar va signal bayroqchalari - dengizda, svetofor va semaforlar - quruqlikdagi yoMlarda, signal lampochkalari - har xil priborlarda qo£llaniladi. Bularing hammasi «axborot hassalarb> va perulik cho‘ponlaming tizimchalariga «qarindosb>dir. Buyumli yozuv o‘zining asosiy vazifasini bajara olmadi: insoniyatning to‘plangan bilimlarini saqlab, yodlab qoladigan o‘ziga xos xotirasiga aylana olmadi. Ijtimoiy turmush murakkablashgan sari bunga 15 ehtiyoj tobora ortib borardi. Urf-odatlar, an’analar shakllandi, ularni yangi avlodga yetkazish lozim edi. Mehnat taqsimoti va mol ayirboshlash aniq hisob yuritishni talab qilardi. Qabila boshliqlari va kohinlar ajralib chiqdilar, ulaming faoliyatini abadiylashtirish zarur edi. Piktografiya yoki rasmlardan iborat yozuv zamonaviy yozuvga olib boradigan yoMdagi navbatdagi bosqich bo'ldi. Uning xususiyati axborot uzatish bilan belgilanar edi. Rasmlardan iborat yozuvning xususiyati shuki, bunda fikr ayrim tushunchalarga ajratib emas, balki to‘la ifodalanadi. Piktogrammaning eng mayda parchalari (fragmentlari) ham, zamonaviy yozuvdagi jumlalar singari, mazmunan tugaldir. Jumla tarkibiy qismlarga bo4linadi, ammo piktogramma bo‘linmaydi.
Piktogramma harakatni, voqea-hodisani tasvirlaydi, lekin og‘zaki tilni, buyumlarning nomlarini mutlaqo aks ettirmaydi. Piktogramma nimani tasvirlasa o‘shani ifodalaydi, unda simvolika yo‘q. Shuning uchun piktogrammani har bir kishi, qanday tilda gapirishdan qat’iy nazar, sharhlab berishi mumkin. Piktogrammalar ov haqidagi ma’lumotlarni, ro‘zg‘or ishlari bilan bog‘liq, yozuvlami, jangovar yurishlar, bosqinchiliklar, to‘qnashuvlar to‘g‘risidagi xabarlarni, kuf-sufiami (ular ayniqsa, Shimoliy Amerika hindulari o‘rtasida, shuningdek Indoneziyada ko‘p tarqalgan), siyosiy shartnomalarni, arznomalami, ultimatumlar va sevgi maktublarini o‘z ichiga olgan. Piktogrammalami izohlash uchun eng qulayi she’riy formadir. Piktografiya ibtidoiy san’at quchog‘ida vujudga keldi. Olimlar insonlarning bundan 40-10 ming yil ilgari qadimgi paleolit davrida chizgan rasmlarini topishgan. Qadimgi odam toshni o‘yib naqsh solgan, suyakka belgilar o‘ygan, g‘or devorlariga hayvonlar: bizon, mamont, ohular, karkidon, otlar, bug‘ular yoki odamlar tasvirini bo‘yoqlar bilan chizgan. Bu bilan u go‘yo dunyoni bilib olgan va tasvirlagan. Tadqiqotchilaming fikricha, piktografik yozuv neolit davrida, tarqoq urug‘dosh gumhlar qabilaga birlasha boshlagan vaqtda uzil-kesil shakllangan. Piktografik belgilar hozirda ham keng qoMlaniladi. Magazin va ustaxonalarning viveskalaridagi mollar tasviri, ko‘cha harakatini tartibga solib tumvchi belgilar, zaharli moddalar solingan idishlar devoridagi bosh suyagi, chalishtirilgan suyaklar tasviri va yo‘nalishni ko‘rsatuvchi qo‘l yoki strelkalar rasmi va hokazo shular jumlasidandir. Masalan, Shimoliy Osetiyada marhumning fazilatlari yoki iste’dodini bildiruvchi piktografik 16 belgi chizish odati saqlanib qolgan: mohir chavandozning qabr toshida - ot yoki egar, olimning qabr toshida - kitob, mohir tikuvchi qabr toshida esa, tikuv mashinasi tasvirlanadi. Tadqiqotchilar piktografiyani fikmi yozuv bilan ifodalashning dastlabki usuli deb hisoblaydilar. Piktografiya yaqqolligi tufayli hammabop bo‘lgan-u, biroq ma’no, mazmunni ixtiyoriy sharhlashga yo‘l qo‘ygan. Rasm fikrni aniq ifodalashga imkon beradigan, ko‘p joyni egallaydigan vosita boMganligidan mavhum tushunchalami rasm yordamida anglatish juda qiyin edi. Bir xildagi buyumning tasviri turli piktogrammalarda turlicha chiqqanligi, harakatlar, voqealar ham har xil tasvirlanganligi sababli bayon qilinayotgan ma’lumotlaming aniqligi buzilgan. Masalan, «qurol» bir joyda nayza ko‘rinishida chizilgan bo‘lsa, boshqa joyda kamon va o‘q, yana bir joyda to‘qmoq shaklida tasvirlangan. Yozuv biladiganlar nihoyat darajada kam boMganligidan va yozuvdan tasodifiy hollardagina foydalanilganligidan piktografik yozuvning kamchiliklari ko‘zga tashlanmagan. Lekin, davlat tuzumi rivojlanib, yozishmalar kundalik ishga aylana borgan sari yozuvga ehtiyoj ortavergan, yozuv kundalik hayotda zaruratga aylangan. Yozishni tezlashtirishga ehtiyoj tug‘ilgan. Har bir tasvirdagi rasm asta-sekin soddalashib borishi va ulaming hammasi aniq grafik belgilarga ajralib ketishi qonuniydir. Muayyan rasm buyumning nomi bilan atalgan, buyum tasvirlovchi bo‘Iib qolgan. Yozuv bitiladigan material belgi-rasmlaming shakliga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Masalan, Old Osiyoda to4g‘ri burchakli yoki cho4zinchoq doira shaklidagi sopol taxtachalarga belgilar chizilgan. Loyning qovushqoqligi taxtachalarga aylana chiziqlar chizishni qiyinlashtirgan, shuning uchun pona shaklidagi belgilar - mixxat ishlab chiqilgan. Misrda asosiy yozuv materiali sifatida papirusdan foydalanilgan; papirus-xat yozish uchun maxsus tayyorlangan birinchi materialdir. Misr yozuvlari tasviriyligi bilan ajralib turadi. Xususan toshga o‘yib yozilgan xatlar ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Ular ko‘pincha naqsh bilan mohirona uyg‘unlashtirilgan. Piktogramma ayrim elementlarga (gap boMaklariga) bo‘linmasdan faqat tugallangan flkrnigina ifodalar edi, endi har bir tushunchaga va konkret buyumga belgi-rasm biriktirib qo‘yildi. Ulardan, o‘z navbatida, yozuv paydo bo‘ldi. Bunday belgilar sistemasi - ideografiya- boshqarish, hisob yurgizish, qonunlami yozish va shu kabi boshqa jshl^l^htm^barqaror, aniq yozuvga ehgiyoj sezgan davlat koMamida t^iibfa sotm^an.\lBir ~AJ)17 qancha mamlakatlarda (Misr, Shumer, Xitoy, Krit oroli) ideograflya jamiyat taraqqiyotining o‘sha bir xil bosqichida, qutchilik davlati bilan birga paydo boMib, uning bag‘rida kamolotga erishgan - yuksak darajada taraqqiy qilgan. Ideografik yozuv axborot mazmunini bayon qilishi bilan birga, tilning lug‘aviy tarkibini ham belgilab bergan. Belgi rasmlaming izchilligi endi manzaraning injiqligiga bog‘liq bo‘lgan, u tilning o4ziga xos sintaktik tuzilishini aks ettirgan. Ma’nosi aniq va tasvirlanishi oson bo‘lgan so‘zlar uchun belgi-ideogrammalar yaratilishi grafik shakllami soddalashtirish yoMidan borgan. Aniq buyum bilan mavhum tushuncha o'rtasidagi bog‘lanish ba’zan bexabar odam ishonadigan rivoyat yoki e’tiqodga asosan ifodalangan. Masalan, Qadimgi Misrda tuyaqush qanotidagi hamma patlarning uzunligi bir xil bo‘ladi deb, shunga qat’iy ishonishgan, shunga asosan «haqqoniylik» so‘zi tuyaqush pati tasviri bilan ifodalangan. Yil so‘zi esa, palma daraxti shoxi bilan tasvirlangan, chunki misrliklar palma daraxtida bir yilda faqat 12 ta novda o‘sib chiqadi deb o‘ylar ekan. Shumer yozuvlarida «quyoshni» tasvirlovchi belgi - nur, kun, oqlik degan so‘zlarni anglatish uchun, yulduz belgisi - osmon, xudo degan so‘zlami, chigirtka tasviri esa, yo‘q so‘zini ifodalash uchun ishlatilgan. Xitoy tilida belgilar shakli yoki, vaziyati o‘zgarishi bilan yangi ma’no kasb etganlar. Masalan, «odam» degan so‘zni anglatuvchi iyeroglif birmuncha o‘zgartirilganidan (yangi chiziqlar qo‘shilganidan) keyin tana, qoll degan ma’noni anglatgan. Xitoy mirzalari sonlami va fazoviy munosabatlami bildirish uchun maxsus shartli-ramziy iyerogliflami qo‘llanganlar. Ko‘pincha murakkab va mavhum tushunchalar ikki ideogrammani bir belgida uyg‘unlashtirish, birlashtirish yo‘li bilan bayon qilingan. Masalan, shumer tilida quyidagi birikmalar ishlatilgan: non+og‘iz = emoq ko‘z+kuchuk = yovuz Xitoy tilida: ayol + bola = sevmoq quloq+eshik = eshitmoq, bildirmay quloq solmoq qilich + yurak = sabr qilmoq, toqat qilmoq ayol+tom = tinchlik, sukunat, jimlik. 18 Atoqli otlami ideogramma bilan anglatish ayniqsa qiyin bo‘lgan. Mirzalar ba’zi otlar uchun ma’nosi jihatdan o‘xshashroq ideogrammalami qo‘llanganlar. Biroq, hanuna otlar ham qanday dir ma’noga ega bo‘lavermagan. Bu birinchi galda xorijiy otlarga tegishlidir. Lekin, ziyrak mirzalar bu qiyinchilikni ham bartaraf etganlar. Ular tadqiqotchilar «rebus» usuli deb ataydigan usulni qo‘llanganlar. Ot qismlarga shunday ajratilganki, bu qismlar eshitilishiga qarab qanday bo‘lmasin biror so‘zga mos keltirilgan. Bu so‘zlaming ideogrammalari yig‘indisidan esa, ot tuzilgan. Qadimgi mirzalarning tirishqoqUgi, ijodkorligiga qaramay, ideografik yozuvda, umuman olganda, jiddiy kamchiliklar bo‘lishi nutqni yozishning yangi prinsiplarini izlash zaruratini tug‘dirgan. Ideografiya mavhum tushunchalami belgilar bilan ifodalasa-da, so‘zlaming grammatik formalarini ko‘rsatib bera olmagan, shu tufayli tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishni aniq anglatmagan. Ideografiya sistemasining bartaraf etilishi eng qiyin bo4lgan kamchiligi-unda belgilarning juda ham ko‘pligidir. Jamiyat taraqqiyotining ayrim bosqichlarida ideografik yozuvda o‘n minglab belgi bo‘lgan. Qadimgi xalqlar yozuvni mo‘jizaviy san’at hisoblab juda qadrlaganlar, yozuvni o‘zlarining katta xudolari yaratgan deb, shunga ishonganlar.
Bobillar yozuv va hisobning ijodkori deb, koinotni yaratuvchi iloh Marduqning o‘g‘li, donolik tangrisi Nabuni, qadimgi misrliklar esa, donolik tangrisi Totani hisoblaganlar. Bu ikkala xudo odamlaming taqdirini belgilab beradigan, har kimning taqdirini uning peshonasiga «qismat tayoqchasi» bilan yozib qo‘yadigan hukmdorlar deb atalgan. Qadimgi xitoylar yozuvning ijodkori sifatida ajdarho tumshuqli xudoni - san szeni, hindlar Braxmani e’zozlaganlar. Qadimgi yunonlar son, о‘lchov va alifbeni xudo Germes yaratgan deb bilganlar. Bo‘g‘inli yozuv sistemasi o‘rganish va qo‘Hanish uchun ideografik yozuvga qaraganda ancha qulay bo‘lgan. Undagi belgilar soni ikki-uch yuzdan oshmagan va bir necha belgidan kam bo‘lmagan, shunga ko‘ra yozuv ancha ixchamlashgan, tilning fonetik va grammatik tuzilishini aniqroq aks ettirgan. Qadimgi Misr yozuvida dastlab undosh tovushlar ajratilgan. Birinchi alifboni eramizdan oldingi ikkinchi ming yillikda finikiyaliklar yaratgan. Bu alifbo yigirma ikki harfdan iborat bo‘lgan, harflar faqat undosh tovushlami yoki undosh va unli tovushlardan tuzilgan bo‘g‘inlami ifodalagan. Chunki, finikiyaliklar tili semit tillari gruppasiga mansub bo‘lib, unda undosh tovushlar asosiy rol o‘ynagan. So‘zlaming 19 ildizi undosh tovushlardan tuzilgan. Unli tovushlar esa, asosan grammatik bog'lanishlami va so‘zning shakli (formasi)ni ifodalagan. Shu sababli^ finikiyaliklar alifbosi yozuvning bo4g‘inli va harf-tovushli sistemalari о rtasida oraliq masofani egallagan. Fipikiyaliklar alifbosidagi belgilarning shakli sodda bo4 lib, yozish uchun ham, yodlab qolish uchun ham qulaydir. Finikiyaliklar yozuvinirig kelib chiqishi haqida bir qancha fikr bor. Olimlar misr yozuvi ham, ossuriya-bobil yozuvi ham, krit-miken yozuvi ham finikiyaliklar yozuviga asos solgan bo4lishi mumkin, deyishmoqda. Har bir nazariyaning tarafdorlari o‘z dalillarini keltirmoqdalar. Biroq biz uchun muhimi — finikiyaliklar alifbosi yozuvning uzoq rivojlanish yo‘lidagi qonuniy natija ekanligidir. Finikiyaliklar alifbosidagi harflar yunon va aramey yozuvlaridan o‘zlashtirib olingan. Harfli-tovushli yozuvning sharqiy tarmog4i va Osiyodagi tarqalgan ba’zi bo4g‘inli sistemalar oramiy alifbosidan kelib chiqqan. Yunon alifbosi G‘arbiy harfli-tovushli yozuv sistemalarining beshigi bo'lganki, unli va undosh tovushlarni ishlatish bu sistemalarga ham xos bo4lgan. Yozuvning rivojlanish sxemasi: piktogramma— ideogramma (logogramma) bo4g4in-har biri soddalashtirilgan va tuzatilgan. Shunday qilib mil. avv. 1V-1II asrlardan boshlab, oramiy alifbosining harf belgilari va alifbe tizimiga asoslangan mahalliy eroniyzabon yozuvlar yaratila boshlagan. Bular o4rta fors - pahlaviy yozuvi, parfyoniy yozuv, xorazmiy yozuv, sug‘diy yozuv, boxtariy yozuvi kabilar edi. Ushbu qisqa rocyxatning ko‘rsatishicha oramiyo yozuvi asosida mahalliy yozuv yaratuvchilik Eron davlatining tasarrufida bo‘lgan satrapliklarga - chekka o‘lkalarga ham yoyilib ulgurgan. Mazkur mahalliy yozuvlaming amaliy qo‘llanishda ularni birlashtirib turuvchi omillar, birinchidan, grafik (chizma) asoslarning umumiyligi bo4Isa, ikkinchidan ushbu yozuvlarda geterografik yozuv usuli mavjudligi edi. Bu o‘rinda biz geterografik xususiyat haqida Uishuntirish beramiz. Geterografiya atamasi «o‘zgacha yozish» deb tarjima qilinishi mumkin. Buning ma’nosi shuki, oramiy yozuvdan o4sib chiqqan mahalliy matnlarda kocp va tez-tez ishlatiladigan ot, olmosh, fe’l, ba’zan sifat turkumlariga oid so'zlarni oramiycha yozish odat tusiga kirgan. Matnlarni o‘qishda ushbu oramiycha tasvirlangan so‘zlar mahalhy tildagi ekvivalentni, ya’ni teng ma’noli so‘z bilan almashtirib o‘qilavergan. Chunki, bu so4zIarning mahaliiy tarjimalarini butun savodli jamiyat yaxshi bilgan.
Demak, oramiycha 20 shaklda yozib qo‘yilgan har bir so‘z matnlarda ularga mos mazmundagi so‘z orqaii o‘qish uchun signal vazifasini o‘tagan. Bunday «so‘z - signal» birliklar yozuv tarixida geterogrammalar deb ataladi. Xuddi shu kabi Xorazmiy yozuvida ham chizma shakllar Qramiy yozuvi belgilari asosida rivojlanish bilan barobar geterografik qo‘llanuvchi so‘zlar miqdori talaygina. Geterogrammalarning salmog4 ko‘p bp‘lgan qadimiy yozuvlardan biri o‘rta fors - pahlaviy yozuvi edi. Bu yozuv matnlarida geterogrammalar ko‘p va zich qo‘llangani sababli ularni oramiycha matnlar deb tushunishga moyil olimlar ham bo‘lgan. 1969 yili sovet arxeologlari Enasoy daryosining boshida, Minusinsk yaqinidan ola-bula qilib rasmlar chizib tashlangan yettita yog‘och taxtacha topishdi. Taxtachalarning shakli jangovar qilichni eslatardi. Ekspeditsiya rahbari, tarix fanlari doktori M.Gryaznov mana bunday xulosaga keldi: rasmlaming joylashishiga qarab bulami piktografik yozuv namunalari deyish mumkin. Qadimgi eniseyliklardan asrlar osha bizgacha yetib kelgan bu maktubning mazmuni, yog‘och «otkritkalar»da nimalar ifodalanganligi hozirgacha ma’lum emas. 1974 yili Turkiyaning janubida fransuz arxeologlari balandligi bir metrdan sal oshiqroq tosh devomi topishadi. Devorga ikki tilda emas, balki bir yo‘la uch tilda: lidiyaliklar, qadimgi misrliklar va oramiy tilida bitilgan yozuv - tirilingva ni ko‘rib olimlaming sevinchi to4lib toshdi. Oramiy yozuvi qadimgi yunon yozuvi kabi yaxshi o‘rganilgan edi. U qadimgi Eron imperiyasida daviat tili vazifasini o‘tagan. Tadqiqotchi atoqli otlami bilingva yordamida (agar bo‘lsa) birinchi navbatda topadi. Ular olimni noma’lum yozuvga olib kiradigan so‘qmoq yo‘l boMib xizmat qiladi, masalan, V.Tomson Orxun Enasoy bitiktoshlardagi yozuvlar ichidan birinchi bo‘lib, «turk», «tangri» so‘zlarni o‘qiydi. Bilingva bo‘lmagan hollarda noma’lm tilda yozilgan tekstni o‘qib tushunishi uchun quyidagi ikki usuldan foydalaniladi. Birinchi - kombinatsiyaga asoslangan usul, bunda yozuv ©‘qilayotgan (lekin tarjima qilinmagan), tekstidan kelib chiqayotgan qonuniyatlar asosida tushuntiriladi va sharhlanadi. Turli guruhdagi belgilaming tuzilishi va o‘zgarishini, umuman tekstning tuzilishini, jumlaning asosiy boMaklari qanday o‘rin egallganligini kuzata borib, keyin xulosa chiqariladi. Ikkinchsi - etimologik usul. Bu usul o‘qitilayotgan matndagi so‘zlami tahlil qilingan qardosh tildagi so‘zlarga taqqoslashga asoslangan, biroq bu usul21 ni qo‘llash uchun mazkur ikki tilning qardoshligini isbotlaydigan jiddiy dalillar zarur. Harf (belgi)lar shaklining o‘xshashligi yetarli dalil bo‘la olmaydi, masalan: ruscha «N» bilan lotincha «N» ning shakli bir xil lekin ular har xil o‘qiladi. Yozuvchi har qanday kontekstda o‘qish mumkin bo‘lgandagina deshifrovkani nihoyasiga yetgan deb hisoblash mumkin. Paleografiya faqat yozuv bilan shug‘ullanmaydi u yozuv shakli, yozuv yozilgan material (qog‘oz, pergament, papirus) qanday siyohda yozilgani, nima orqali yozilgani (pero, qalam, mo‘yqalam) siyoh sifatida nimadan foydalanilgani kabi narsalami ham o‘rganadi. Paleografiya fanida yozuv qaysi usulda yozilgani (nastaliq, nasx, suls) va harflar necha gradus ostida yozilganiga ham e’tibor beriladi. Paleografiya atamasini birinchi boMib 1708 yili fransuz monaxi Bernard de Monfokon o‘zining «Yunon paleografiyasi» asarida ishlatadi. U bu ishi uchun paleografiya «otasi» degan nomga sazovor bo‘lgan. Uning hamkasbi Jan Mabilion (1632-1707) Parijda chop ettirgan «VI kitobdagi diplomatika» asarida ilk o‘rta asrlardagi yozuvlari ilk bora klassifikatsiya qiladi. Paleografiya fani XVIII asr boshlarida Rossiyadagi ilmiy tadqiqotlar boshlanishi bilan Rossiya hududida ham keng yoyiladi.
Yevropada paleografiya fanining rivojlanishi ilk o‘rta asr gumanistlari bo‘lmish Jovanno Bokkachcho va Franchesko Petrarka nomlari bilan bog‘liq. Petrarkaning yozgan xatlari hozirda Lombardiya, Florensiya, Venetsiyada saqlanadi. Kipu — inklaming qadimgi sanoq sistemasi va yozuvdir. Bu o‘ziga xos murakkab arqon bog‘lovlari va tugunlaridir. Bu tugunlaming qanday tugulganligi va ulaming rangi biror bir tushunchani anglatgan. 1533 yilda ispanyalik konkistador Emardo Pissaro kipu haqida daslabki ma’lumotlami bergan. 1923 yilda amerikalik tarixchi Lesli Lokk o‘zining «Ancient quipu» kitobida buning yozuv ekanligini isbotlab bergan. Genri Erton esa, buni hisob sestemasi ekanligini takidlagan. 2006 yilda Genri Erton tugunlaming ikki sistemaga bo‘linib, 128 variantda ekanligini aniqladi. Kipu so‘zining ma’nosi indeyslar tilida kechua, ya’ni «tugun» degan ma’noda bo‘lgan. Tugunli yozuv Janubiy Amerikaning bir qator xalqlarida mavjud bo‘lgan. U inklar davlatida rivojlangan. Kipu yirik arqon yoki tayoqqa ulangan nozik arqonlardan iborat bo‘ladi. Arqonchalar rangi, sonlari va ulardagi tugunlar turlicha bo‘ladi. Qadimiy ink qabilalari bu tugunlar orqali bir-biriga axborot uzatish uslubini o‘ylab topgan deyish mumkin. 22 Buning uchun ular jundan tayyorlangan har xil turdagi arqonlardan foydalangan. Bu arqonlar turli xil ko‘rinishda tugib qo‘yib, tayoqcharga bog‘lab qo‘yishgan. Xatlar ham shunday ko‘rinishda manzilga yetib borgan. Olimlar orasida tarqalgan ba’zi bir fikrlarga ko‘ra, inklar bu usul bilan o‘z mahalliy qonunlarini, solnoma va she’riy misralarini yozib borganlar. Tugunchalar bilan yozish boshqa xalqlarda ham mavjud bo‘lgan. Masalan, bunday usuldan qadimgi xitoyliklar va mo‘g‘ullar foydalanishgan. Kipuda yilnomalar, qonunlar, buyruqlar va she’rlar yozilgan. Sonlardan iborat, chunki ularda mollar soni ko‘p bo‘lgan. Eng qadimgi kipular qabrlardan topilganligi sababli, u ko‘mish marosimi bilan bog‘liq buyum deb hisoblashadi. Kipular odatda turli rangli tugunlar orqali kodlangan tarixchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday kodlaming 2000 ta turi mavjud bo‘lgan. Hanuzgacha bu yozuv va inklaming tili haqida yagona to‘xtamga kelinmagan. Viskonsin Universetiti professori Frank Salamonning takidlashicha, bu yozuvda ko‘plab ramzlar va tasvirlar uning ma’nosida yashiringan. Uni o‘qishga muyassar bo‘lganda ham uning ma’nosini tushinib yetish dargumondir. Taniqli hisobchi Tavantin Suyuning fikricha, bu yozuv emas balki arifinetik amallami bajarish sistemasidir. Bu sestemadan faqatgina rohiblar emas balki, o‘quvchilar ham foydalangan degan ehtimol ham yo‘q emas. Kipuni tugishda ishlatiladigan arqonlar alpaka va lamalaming yungidan tayyorlangan. Ispan tarixchisi Xose de Akostaning та ’lumot berishicha bu yozuvda imperatoming maxfty topshiriqlari yozilgan. Asteklar piktografik yozuvi. Astek qabilalari piktografik ya’ni rasmli yozuvlardan foydalanganlar. Voqealami rasmlar orqali ifodalashgan. Asteklar o‘zi foydalangan yozuv va tilni naxuatl deb nomlaganlar. Bu yozuvga mayalar foydalanadigan mixtek yozuvi katta ta’sir ko‘rsatgan, ammo ulaming har ikkalasi ham qadimgi xochikalko, kakaxtla va undan 23 ham qadimgi bo‘lgan teotihuakan yozuvlari asosida kelib chiqqan deya taxmin qilinadi. Astek qabilalari asosan hisob-kitob ishlarini, kalendarlarini, odamlar va joy nomlarini yozib qoldirganlar. Ushbu ma’lumotlarning barchasi naxuatl yozuvida yozilgan. Yozuvlar asosan hayvon terisiga yozilgan. Asteklar o‘n oltinchi sonli tizimni ishlatganlar. Raqamlar bir necha nuqtalar, shuningdek eski q‘olyozmalarda sonlarning o‘zaro kombinatsiyasi sifatida qayd etilgan. Bunday tizim taqvim sanalarini yozish uchun yetarli edi. Maya yozuvi. Mayalaming iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini berdi.
Yozuvlar kohinlar tomonidan qalamda iyeroglif shaklida yozilgan va ular maxsus rasmlar orqali bezatilgan. Bundan kelib chiqadiki, mayalar yozuvlari ham asteklarniki kabi iyeroglif va tasvirlar bilan ifodalangan. Mayalar xati XIX asrda Shampalyon tomonidan Misr yozuvlari muvaffaqiyatli tarzda talqin qilinishi ta’sirida maya yozuvlarini deshifrofka qilish mumkin bo‘ldi. Maya iyerogliflari haqida birinchi maqola 1810 yilda e’lon qilindi. Meksikadagi ushbu sivilizatsiyani o‘rganish 1830 yildan boshlab amalga oshirila boshlandi. Maya yozuvi og‘zaki va bo‘g‘inli belgilar tizimidan iborat bo‘lgan. Hozirgi kunda mumtoz maya matnlari cholti tilining adabiy versiyasida yozilgan deb faraz qilinadi. Maya elitasi ushbu tilni maya tilida so‘zlashadigan hududlarda qoilaganlar. Gvatemala togclarida yashovchi aholi yozuvlarida vaqti-vaqti bilan maya yozuvini qo‘llaganliklarining ba’zi bir dalillari mavjud. Shu bilan birga, bu tillardagi matnlar, odatda, cholti tilida gapiradigan skotterlar tomonidan yozilgan va shuning uchun u maya yozuviga katta ta’sir ko‘rsatgan. Maya yozuvi - keramika va devorlarga diqqat bilan terilgan, qog‘ozlarda qayd etilgan, yog‘ochdan yoki toshni yo‘nib tayyorlangan maxsus ustunlarga yozib qoldirilgan rivojlangan belgilar tizimi hisoblanadi. Belgi usti bo‘yalgan, lekin ko‘p holatlarda bo‘yoqlar bizgacha o‘z holida yetib kelmagan. Mayalarda taxminan 7000 ga yaqin matn bo‘lgan. Токари yoki tukapu (kechua tilida tukapu ingliz tilida tokapu) bu inchasning eng chiroyli kiyimidir. Qo‘lda ishlangan mato, ajoyib naqshlar, ayolning rangli kiyimi va shuningdek, kvadrat ichida kiritilgan geometrik raqamlar, ular alohida joylashtirilgan va bandlar shaklida vertikal yoki gorizantal chiziqlar bilan bog‘langan. Birinchidan ispan missionerlari tomonidan tayyorlangan turli xil kechua lug‘atlarida tukapu deb nomlangan-has24 hamatli kiyimlar yoki, kanvas deb atalgan. Ko‘pgina bahs-munozaralar mavzusi tokapuning Janubiy Amerika xalqlari jumladan inchan yozuvini yozishga tegishli. Bugungi kunda XVI-XVII asr tarixchi lari va yozuvchilarining guvohliklari va tokapuning yozma xarakteriga inka to‘qimalariga belgi qo‘yilsada, bu gipotezaning tasdiqlanishiga ishonarli dalillar yo‘q. Ehtimol, kipu bilan tokapu o‘rtasida ham aloqa bordir. Rongo-rongo yozuvi Chilida yashagan aboragenlaming yozuvi hisoblanadi. Bu yozuv namunalari 1862 yilda Chilidan topilgan. 1864 yilda taniqli episkop Ejin Eyro bu yozuv bitilgan taxtachalami yig‘a boshlaydi. Bu taxtachalarda noma’lum ramzlar, hayvonlar va geometrik shakllar mavjud, jami 800 ta belgini katolog qilib chiqadi. Aborigenlar bu yozuvni o‘qib yoza olganlar. Bu yerga kelgan ba’zi ruhoniy lar bu yozuvlami varvarlaming oddiy belgilari deyishsada ba’zilar buni tarixni ochuvchi kalit deb hisoblashgan. Keyinchalik olimlaming izlanishlari natijasida bu belgilaming katalogi tuzib chiqilgan. Bu yozuv mahalhy aholi tilida «kahau motu mo rongo-rongo» deb nomlangan, Kelt-ogam yozuvi. Janubiy Irlandiya, Shotlandiya va Men oroli hududlaridan topib o‘rganilgan. Bu yozuv toshga yozilgan holda topilgan. Yozuvning yuzdan ortiq namunalari mavjud. Bu yozuvning tarixi eramizdan awalgi IV asrga borib taqaladi. 650 yilda olz o‘mini lotin yozuviga bo‘shatib bergan. Kelt-ogam yozuvining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yozuv ikki tomoni yo4nilgan toshlarga chiziq va nuqtalaming o‘ymakorlik bilan tushirilganligi. Bu ahfbo 20 ta belgidan iborat bo‘lgan. Keltlar sharqda ham kamdan-kam uchraydigan, oddiy bo4magan o‘ziga xos yozuvni kashf qilishgan. Lotin yozuvi bilan birgalikda german-runik yozuvi bilan ham aloqadorlik jihati uchraydi. Vestgotik yozuv. Ispaniyada vestgotlar g‘alabasidan so‘ng, rimliklar sodda tez yoziladigan yozuvni maxsus jihatlarini rivojlantirgan. Ba’zi hujjatlar VII asrga o‘tish davrida turli noan’anaviy shakllar bo‘lganini ko‘rsatadi.
Vestgot yozuvining yaqqol jihatlari sezila boshlagan VIII asrda uning 25 tez yozishga asoslangan turlari paydo bo‘lgan. IX asrdan kaliigrafiya shakllari aniqroq bo4ldi va XI asrga kelib ingichka va qo‘pol holga keldi. Juda kichik bo‘lgan vestgotik yozuvining tez yoziladigan shakli EX asr c^rtalarida hujjatlarda nashr qilingan. Meroving yozuvi. Gaulda dastlabki qirollar sulolasi foydalangan tez yozishga asoslangan yozuv meroving yozuvi deb nomlangan. Bu 38-qirollik diplomasi orqali aks ettiriladi. 38-qirollik diplomasi bir qancha xususiy yorliqlar va ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlardir. Garchi Ravenna kursivi va meroving hujjatlari bir asrdan kamroq aralashgan boc lsada, bu ikki yozuv orasida katta farq bor. Kitoblami nusxalovchilar tez yozadigan, hujjatlarni topuvchi, ingichka va qalin, tekisroq shakllardan, boshi va oxiri qisqartiriladigan shakllardan foydalangan. Meroving yozuvi shuningdek, kitoblarda bo‘ladigan osonlashtirish xususiyatlarini ifodalashda ishlatiladi. Vincha yozuvlari. Vincha yozuvlari Janubiy-Sharqiy Yevropada, ayniqsa Belgrad yaqin idagi Vinchadan, shuningdek, Gretsiya, Bolgariya, Ruminiya, Sharqiy Vengriya, Moldaviya, Janubiy Ukraina va Sobiq Yugoslaviya shaharlaridan qazilgan ishlar mobaynida topib o‘rganilgan. Miloddan awalgi УП-ГУ ming yilliklar oralig4 idagi bu yozuv bilan bezatilgan asarlar yoshi 8000-6500 yil deb belgilashadi. Ba’zi olimlar Vincha yozuvlari minglab yillar mobaynida qadimiy Misr va shumer yozuvlaridan oldin ishlatilib, hech qayerda topilmagan yozuvlardan ham eng qadimiyligini aytadi. Yozuvlar qisqagina bo‘lgani uchun va taqdim etilgan tilning noma’lumligi, juda katta ekanligi va noaniqligi bilan xususiyatlidir. Tifinag yozuvi. Miloddan awalgi III mingyillikka oid bo‘lgan tifinag yozuv sistemasi yoki, «lybiko-berber» deb ataluvchi qoyatosh rasmlari Janubiy Jazoirdagi yozuv madaniyatidan darak beradi. Hozirgi kunda Mali, Nigeriya, Chad, Janubiy Jazoir va Janubiy Liviya kabi hududlarni o‘z ichiga olgan G‘arbiy Afrikaning katta hududida istiqomat qilgan tuareglar tomonidan tifmag yozuvi foydalanilgan. Qadimgi davrdan buyon mavjud bo‘lgan tifinag yozuvi tamazit tilida so‘zlashuvchi Sahara hududida antik davrlardan beri saqlanib qolgan. Vai yozuvi. Vai-dunyodagi eng qadimgi alfavit belgi yozuvi hisoblanadi. Bugungi kundagi Liberiya va Serra-Leonda 150.000 aholi foydalanib keladi. Vai tili- bu juda yaxshi rivojlangan bo'g'inli tizim bo'lib, qariyb 210 ta turli xildagi konsanant belgilar va unli tovushlami yaqqol namo26 yon qiladi (qadimgi Mande avlodi). Miloddan awalgi 3000 yillikka oid bo'lgan Goundaka, Malidan Sahara hududidagi qadimgi Tifinag va Proto-Sahara tillariga o'xshagan va aloqasi bo'lgan tosh sirtiga yozilgan Vai yozuvi hujjatlari topilgan. Nisibidi yozuvi. Bu yozuv Afrikada keng tarqalgan piktografik yozuvdir. Igbo va ibbi-bio efik hudularida tarqalgan. Ebbi va effigy niger til oilasining kanalegskiy guruhiga mansubdir. Afsonalarga ko‘ra ebi qabilasi idiokovlardan bu yozuv turini olishgan. Bu yozuv turi sibi (kesmoq) nichibi (ayyorlik, uddaburonlik) so‘zlaridan kelib chiqqan. Mahalliy sehrgarlar orasida keng tarqalgan nsibidi yozuvi Afirikaning Vai, Mende, Bamung, Looma, Bete kabi alfavitlaming yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Nlo - maqollarga doir piktografik yozuv turi bo‘lib, Kfa oilasiga mansub Eva xalqiga tegishlidir. Uning ma‘nosi yozmoq, kesmoq. Nlo yozuvining o‘ziga xos xususiyati shundaki, har bir belgi bitta butun gapni yoki aforizm, maqol ma’nosini berishi mumkin. Bilamizki, hozirgi kungacha dunyo tarixida 220 xil yozuv turi mavjud bo‘lgan. Lekin hozirda ulaming ko‘plari muomaladan chiqqan. Vaqt o‘tishi bilan biror maskandagi ichki va tashqi ta’sirlar tufayli ulaming holatlari va korinishlari o‘zgara borgan.
Dunyo tarixida hanuz yashab kelayotgan Hindiston svilizatsiyasida ham ko‘piab yozuv turlarini ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun Kxaroshtxi, braxmi, devonogroy, sanskrit kabi yozuv turlari paydo bo‘lgan. Braxmi yozuviga to‘xtaladigan bo‘lsak bu yozuv mil.aw. IV asr ikkinch yarmidan qo‘llanilb kelingan bo‘lib u asosan, tangalarga bitilgan. U o‘ngdan chapga qarab yozilgan bo‘lib, lekin Ashoka davriga kelib chapdan o‘ngga yozish yo‘lga qo‘yilgan. Bu yozuv haqida ko‘plab bahsli holatlar uchraydi. Hozirgi fikrlarga ko‘ra, ushbu yozuv oromiy yozuvlari turkumiga kirmaydi, aksincha, shimoliy-semit alfavitlar turkumlariga yaqin. Bu yozuv turi hatto, Ahmoniy imperiyasida qo‘llaniJgan. Keyinchalik kxaroshtxi yozuvini ham surib chiqargan. Kxaroshtxi yozuvi Hind-yunon, shuningdek, hind-skif podsholigining tangalari orqali hamda Ashoka podshosining yozuvi orqali ma’lumdir. Ushbu yozuv G‘arbiy Hindistonda vujudga kelgan va miloddan awalgi IV asrdan to milodiy HI asrgacha foydalanilgan. Bundan tashqari Baqtriya, Kushonlar imperiyasi, Sug‘diyona o‘lkasi va Buyuk Ipak yo‘lida27 gi mintaqalarda foydalanilgan. Shundan so‘ng bu yozuv keng tarqalgan braxmi yozuvi tomonidan siqib chiqarilgan. Ayrim tadqiqotchilar bu yozuvni Hind-Skif, Oriy yoki shimoliy g‘arbiy yozuv deb atashadi. Yozuv juda tarqoq bo‘lib o‘ngdan chapga tomon yoziladi hamda belgilaming shakli taxminan eramizgacha bo‘lgan X asrdagi Oromiy yozuvi shakliga o'xshash. Ma’lumot o‘mida shuni aytmoqchimizki, Sankt-Peterburgda chop etilgan «Древный Бактрия» yozilishicha, 1972 yil Dalvarzin tepani o ‘rganish chog‘ida u yerdan 36 dona quyma oltin topilgani aytib o4iladi va ulaming miqdoriy belgilari kxaroshtxi yozuvida bitilganligi aniqlangan. Devanagiriy so‘zi «deva» va «nagari» so‘zlarining qo4shilmasidan paydo bo‘lgan hindcha talaffuzda nagariy deb aytiladi va Hindiston va Nepal davlatlarining alfabet yozuvlari turkumidir. U chapdan o‘ngga qarab yozilgan. Bu yozuvning dastlabki qismlari miloddan awalgi I asrga oid bo‘lib, keyingi ko‘rinishlari X asrga tegishlidir. Devanagiriy yozuvi qadimgi Braxmi yozuvi oilasiga mansub bo‘lgan. Devanagiriy yozuvidan 120 dan ortiq tillarda foydalaniladi. U asosan Hindiston Janubida keng foydalanilgan va sekin astalik bilan Janubiy Sharqiy Osiyoga tarqalgan. Devanagiriy yozuvi 47 ta belgidan iborat bo‘lib ulardan 14 tasi unli va 33 tasi undoshdir. Bu yozuv dastlab milodiy I va IV asrlarda Gujaratni qamrab olgan.
Yüklə 33,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə