55
sig‘inish va tashkiliy masalalarda bir qator xususiyatlar bilan
ajralib turadi.
Katolik diniy ta’limotning asosini Muqaddas kitob va
Muqaddas yozuvlar tashkil qiladi.
Katolik cherkovi tashkiloti qat’iy markazlashuv bilan ajralib
turadi. Rim papasi bu cherkovning boshlig‘i bo‘lib, u diniy axloq
masalalariga oid qonun-qoidalarni belgilaydi. Uning hokimiyati
dunyoviy soborlar hokimiyatidan yuqori turadi.
A’rof haqidagi (do‘zax va jannat oralig‘idagi mavze) aqida
faqat katolik ta’limotida mavjud. Gunohi katta bo‘lmagan
gunohkorlarning ruhi u yerda o‘tda kuyadi, keyin jannatga yo‘l
topadi. Ruhning a’rofda bo‘lish muddati xayrli ishlar tufayli
qisqartirilishi mumkin. Bu ibodat va xayr-ehsonlar o‘lganlar
xotirasiga yaqinlar tomonidan qilinadi.
A’rof haqidagi ta’limot birinchi asrdayoq paydo bo‘lgan edi.
Pravoslav va protestant cherkovlari a’rof haqidagi ta’limotni rad
etadi.
Pravoslavlarda turmush qurmaslik rusumini faqat qora
ruhoniylik qabul qiladi. Katoliklarda esa turmush qurmaslik
(selibat) Papa Grigoriy VII tomonidan joriy qilingan qoidaga
ko‘ra barcha ruhoniylar uchun majburiydir.
Dostları ilə paylaş: