22
tog`ayiga birikadi. 11-12 chi qovurg`alar oldingi tomondan to`sh
suyagiga birikmay
qorin muskullari orasida joylashadi. Ularning suyaklanishi embrionning 5-8
haftasidan boshlanib 20 yoshga borib to`xtaydi. To`sh suyagi 3 qismdan: yuqori
dasta, o`rta tana, pastki qilichsimon o`simtadan iborat.
Bu suyaklar yosh bolalarda
alohida bo`lib, 20-25 yoshda ular bir-biri bilan birikib yaxlit to`sh suyagiga aylanadi.
Ko`krak qafasining shakli bolaning yoshi ortishi bilan o`zgarib turadi.
Bolaning bir yoshida ko`krak qafasi qonus shaklida bo`ladi. Bolaning 12-13
yoshlarida uning shakli katta odamnikiga o`xshash bo`ladi. Ko`krak qafasining jinsiy
farqi 15 yoshdan boshlanadi. Nafas olganda o`g`il bolalarda ko`krak
qafasidagi pastki
qovirg`alar qiz bolalarda esa yuqorigi qovirg`alar ko`tariladi. Ko`krak qafasining
aylanasida ham jinsiy farq seziladi. 3 yoshdan 10 yoshgacha ko`krak qafasining
aylanasi 1 yilda 1-2 sm., jinsiy voyaga etish davrida esa 11
yoshdan boshlab, 2-5 sm.
ga ortadi. Jinsiy voyaga etish davrida yoz va kuz oylarida ko`krak qafasining aylanasi
tez o`sadi. Uning rivojlanishi skelet muskullariga ham bog`liq. Suzish,
qayiq haydash
yaxshi ta'sir ko`rsatadi. Bolani partaga noto`g`ri o`tkazish, partaga ko`kragini tirab
o`tirish natijasida ko`krak qafasi deformatsiyalanadi.
Bundan tashqari turli raxit,
o`pka shamollashi ham uning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko`rsatadi.
Dostları ilə paylaş: