35
A vitamin o`sish vitamini deyiladi. U organizmning o`sish va
rivojlanishida, teri ustki qavati holatini normal saqlashda, ko`z o`tkirligini yaxshi
bo`lishini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Bu vitamin etishmaganda teri
quruqlashib, yorilib, nafas yo`llari va me'da ichak qavatining yallig`lanishi
kasalliklari yuzaga keladi. Vitamin D baliq yog`ida, sariyog`da tuxum sarig`ida,
jigarda, sabzi,
qizil qalampir, o`rik tarkibida ko`p bo`ladi. V gruppa vitaminlarga V1
(tiamin), V2 (riboflavin), V6, V12, V15, RR (nikotin kislota) kiradi. Bu vitaminlar
nerv sistemasining faoliyati, qon yaratilishi uchun zarur. Ular guruchda, loviya,
no`xat, yongoqda,
pivo achitqisida, jigarda, tuxum sarig`ida bo`ladi. S vitamin
(askorbin kislota) moddalar almashinuvida muhim rol o`ynaydi. Bu vitamin
etishmaganda singa kasalligi paydo bo`ladi. Bolaning milki, og`zi yaralanadi,
tishlari
tushib ketadi. Bu vitamin karam, petrushka, pomidor, ko`k piyoz, na'matak, apelsin,
limon, olmada ko`p bo`ladi.
D vitamin organizmda kaltsiy va fosfor almashinuvi normal o`tishida
ishtirok etadi. Ayniqsa u ikki-uch yoshgacha bo`lgan bolalar suyagining normal
shakllanishi, o`sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga ega.
Bu vitamin etishmasligi
natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi yuzaga keladi. Bu vitamin baliq yog`ida,
tuxum sarig`ida, sut va sut maxsulotlarida ko`p bo`ladi. U quyoshning ultrabinafsha
nurlari ta'sirida bola terisida tabiiy ravishda hosil bo`ladi.
Demak vitaminlar bola organizmidagi barcha hayotiy muhim fiziologik
jarayonlarning normal o`tishida, o`sish va rivojlanishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun bolaning kundalik ovqatida vitaminlarga boy mahsulotlar bo`lishi
kerak. Bu mahsulotlar bo`lmagan vaqtda dorixonada tayyor holda sotiladigan vitamin
tabletkalaridan kuniga 1,2 dona iste'mol qilishi kerak.
Energiya sarfi.
Dostları ilə paylaş: