Mazkur o‘quv dasturi doirasida talabalar O‘zbekistonda va jahonda sport


-Mavzu: Musobaqalarda jamoani boshqarish



Yüklə 384,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix30.05.2023
ölçüsü384,95 Kb.
#114435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Qul

22-Mavzu: Musobaqalarda jamoani boshqarish. 
Musobaqalarda jamoani ishtirok etish strategiyasi. Strategiya atamasini 
ensiklopedik va etimologik tushunchasi. Strategik rejani (loyihani) tuzish va uni 
amaliyotga joriy etish. Muayyan o’yindan oldin jamoa tayyorgarligini boshqarish: 
raqib jamoasi haqida ma’lumot to’plash, bo’lajak o’yinni, jumladan, raqib-jamoa 
o’yinini nazariy va amaliy andozalashtirish, o’yinni taktik rejasini tuzish, o’yinga 
ko’rsatma berish va hokazo tadbirlarni amalga oshirish.
O’yin jarayonida jamoani boshqarish. O’yin oldi tayyorlov (razminka) 
mashqlariga rahbarlik qilish; o’yinchilarni almashtirish, o’yin davomidagi va 
partiyalar oralig’idagi hamda belgilangan imo-ishoralar yordamida o’yinga 
berilgan har bir ko’rsatma - rejani amalga oshirishni ta’minlash, zaruriyat bo’lsa 
ko’rsatma-rejaga aniqlik kiritish yoki uni butunlay vaziyatga qarab o’zgartirish. 
Raqib o’yinchilarning hatti-harakatlarini kuzatish va yozib borish, o’yinning 
yakuniy natijalarini tahlil va muhokama qilish, o’yinchilarni baholash. 
VI. Amaliy mashg’ulotlar taxminiy ro’yxati. 
1. Holat va harakatlanishlar.
2. Hujum texnikasi.
3. Yakka va guruhli texnika.
4. O’yin taktikasi.
5. Hujum taktikasi.
6. Himoyada guruh taktikasi.
7. Hujumda jamoa taktikasi.
8. Himoyada jamoa taktikasi.
9. Umumiy va maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish.
10. Sport turlari bo’yicha mashg’ulot o’tkazishda o’yin malakalari va 
ko’nikmalarini shakllantirish.
11. Sport turlari bo’yicha musobaqalarni tashkil qilish va o’tkazish 
ko’nikmalarini shakllantirish.
12. Musobaqalarda jamoaga rahbarlik qilish ko’nikmalarini shakllantirish. 
13. Xakamlik vazifalarida musobaqalarga hakamlik qilish ko’nikmalarini 
shakllantirish.
VII. Amaliy mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha tavsiyalar. 
Amaliy va seminar mashg’ulotlari o’yin texnikasi va taktikasi, hujum va 
himoyada yakka, guruh va jamoa taktik harakati, jismoniy sifatlarni rivojlantirish, 
kasbiy-pedagogik malaka va ko’nikmalarni shakllantirish va nazariy bilimlarni 
mukammal o’zlashtirishga qaratilgan. 

Yüklə 384,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə