19
tenglamali model deyiladi, agar bittadan ortiq tenglamaga ega bo„lsa,
u holda
ko„plikdagi model deyiladi.
(1.1) formuladagi tenglik belgisidan chap tomonda turgan o„zgaruvchi bog„liq
o„zgaruvchi, o„ng tomonidagi esa bog„liq bo„lmagan yoki tushuntirib beruvchi
o„zgaruvchi deyiladi. Shunday qilib, Keynsning iste‟mol funksiyasida (1.1)
tenglamadagi iste‟mol funksiyasi bog„liq o„zgaruvchi va daromad manbai bog„liq
bo„lmagan yoki tushuntirib beruvchi o„zgaruvchi hisoblanadi.
1.2. Iqtisodiyotni ekonometrik modellashtirishning zarurligi
Kuzatilayotgan obyektlarni chuqur va har tomonlama o„rganish
maqsadida
tabiatda va jamiyatda ro„y beradigan jarayonlarning modellari yaratiladi. Buning
uchun obyektlar hamda ularni xossalari kuzatiladi va ular to„g„risida dastlabki
tushunchalar hosil bo„ladi. Bu tushunchalar oddiy so„zlashuv tilida,
turli rasmlar,
sxemalar, belgilar, grafiklar orqali ifodalanishi mumkin. Ushbu tushunchalar
model
deb aytiladi.
Model so„zi lotincha
modulus
so„zidan olingan bo„lib, o„lchov, me‟yor degan
ma‟noni anglatadi.
Keng ma‟noda model biror obyektni yoki obyektlar sistemasini namunasidir.
Model tushunchasi biologiya meditsia, fizika va boshqa fanlarda ham qo„llaniladi.
Jamiyatdagi va iqtisodiyotdagi obyektlarni matematik
modellar yordamida
kuzatish mumkin. Bu tushuncha modellashtirish deyiladi.
Iqtisodiy model
- iqtisodiy obyektlarning soddalashtirilgan nusxasidir. Bunda
modelning hayotiyligi, uning modellashtiriladigan obyektga aynan mos kelishi
muhim ahamiyatga egadir. Lekin yagona modelda o„rganilayotgan
obyektning
hamma tomonini aks ettirish mumkin emas. Shunda jarayonning eng xarakterli va
eng muhim belgilari aks ettiriladi.
Modellashtirishning universal usul sifatida boshqa usullarga qaraganda
afzalliklari mavjud. Ushbu afzalliklar esa quyidagilardan iborat:
I. Avvalo, modellashtirish katta va murakkab
sistemani oddiy model
yordamida ifodalashga imkoniyat beradi. Masalan, xalq xo„jaligi bu o„ta murakkab
20
sistemadir. Uni oddiy qora yashik sxemasi orqali ifodalash mumkin.
II. Model tuzilishi bilan kuzatuvchiga eksperimentlar qilish uchun keng
maydon tug„iladi. Modelning parametrlarini bir necha marta o„zgartirib,
obyektni
faoliyatini eng optimal holatini aniqlab, undan keyin hayotda qo„llash mumkin. Real
obyektlar ustida eksperiment qilish ko„plab xatolarga va katta xarajatlarga olib kelishi
mumkin.
III.
Model,
noshakl
sistemani,
matematik
formulalar
yordamida
shakllantirishga imkoniyat beradi va EHMlar yordamida sistemani boshqarishga
yordam beradi.
IV. Modellashtirish o„rganish va bilish jarayonini kengaytiradi. Model hosil
qilish uchun obyekt har tomonlama o„rganiladi, tahlil qilinadi.
Model tuzilganidan
so„ng, uning yordamida obyekt to„g„risida yangi ma‟lumotlar olish mumkin. Shunday
qilib, obyekt to„g„risidagi bilish jarayoni to„xtovsiz jarayonga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: