2021 O‘zbekiston ko‘p millatli davlat


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix03.10.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#125280
1   2   3   4   5   6   7   8
o-zbekiston-ko-p-millatli-davlat

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
O„zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin nafaqat mamlakatning tub aholisi – 
o„zbek xalqi uchun, balki muqaddas zaminda umrguzaronlik qilayotgan turli millat va 
elat vakillarining ham millat sifatida o„zining tili, madaniyati, qadriyatlari va 
an‟analarini saqlab qolishi uchun teng sharoitlar va imkoniyatlar yaratib berishga 
alohida e‟tibor qaratildi. Mamlakat rahbariyati bu masalani qonun yo„li bilan hal 
qilishga doir chora-tadbirlarni ko„rdi. Bu borada mamlakatimizda, eng avvalo, 
Konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Aholining barcha tabaqalari va turli 
millat vakillari e‟tiborini tinchlikni, osoyishtalikni va millatlararo totuvlikni 
ta‟minlashga, mamlakat oldida turgan eng muhim qadriyat – mustaqillikni 
mustahkamlashga qaratildi. Qonun oldida hammaning tengligi ta‟minlandi. Har bir 
fuqaro qalbida “O„zbekiston – umumiy uyimiz” g„oyasiga xizmat qiluvchi yagona 
zamin, yagona makon, yagona vatan uchun javobgarlik hissini kuchaytirdi. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
536 
w
www.oriens.uz
April
2021
 
 
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 4-moddasida 
“O„zbekiston 
Respublikasi o„z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-
odatlari va an‟analari hurmat qilinishini ta‟minlaydi, ularning rivojlanishi uchun 
sharoit yaratadi”,
degan norma belgilangan. 8-moddasida
“O„zbekiston xalqini 
millatidan qat‟i nazar, O„zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”, 
degan 
norma belgilangan

18-moddasida esa 
“O„zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar 
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo„lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e‟tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat‟i nazar, qonun oldida 
tengdirlar”,
– deb ta‟kidlanadi [1]. Mazkur moddalarda mustahkamlangan 
O„zbekiston xalqining milliy tengligi tamoyili inson huquqlariga oid barcha xalqaro 
hujjatlar talablariga to„la mos keladi. 
Jahon tajribasidan ma‟lumki, ko„p millatli davlatlarda o„z fuqarolarining huquq 
va erkinliklarini, milliy va madaniy manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining 
eng muhim yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. O„zlarining tarixiy vatanlaridan 
tashqarida yashovchi millatlar uchun ularning milliy ehtiyojlarini qondira olishlari 
uchun zarur sharoit yaratilishini taqozo etadi. Bu talab, ayniqsa, milliy hududiy 
tuzilmalari bo„lmagan xalqlar uchun alohida ahamiyat kasb etadi.
Sobiq ittifoq davrida milliy siyosatga bir yoqlama qaralib kelindi. Milliy masala 
hech bir ittifoqchi respublikada hal etilmagan edi. Bunday siyosat ittifoqchi 
respublikalarning, jumladan, O„zbekistonning ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga 
salbiy ta‟sir ko„rsatib keldi.
Sobiq sho„rolar davlatining Konstitutsiyasida milliy masala, milliy madaniyatlar 
rivoji to„g„risida konstitutsiyaviy qoidalar bayon qilingan bo„lsa-da, amalda 
ruslashtirish siyosati, barcha millatlar va elatlarni o„zaro yaqinlashtirish asosida 
milliy xususiyatlarini yo„qotgan yagona xalq – 
“sovet xalqi”
ni shakllantirish siyosati 
amalga oshirilib kelindi. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə