Saidova Mohinur Jonpulatovna, Ibrahimova Mohichehra Furkat Qizi



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix05.10.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#125625
1   2   3   4
261-263

3-
 
sinfda “Hayvonot dunyosi” mavzusini o‘rganishda “Aqliy hujum” metodidan foydalaniladi. 
O‘qituvchi hayvonot dunyosi haqida nimalarni bilishlarini o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar Anvar 
Obidjon, Tursunboy Adashboyevning she’rlari asosida quyidagi fikrlarni aytadi: 
-
hayvonlar juda ko‘p; 
-yovvoyi hayvonlar bor, uy hayvonlari bor; 
-hayvonlarning gushtidan, yungidan foydalanamiz; 
-
hayvonlardan ish quroli sifatida foydalaniladi; 
-
ba’zi hayvonlar “Qizil kitob” ga ham kiritilgan; 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarini tashkil etishda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini o‘rganish, 
o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish darajasini test sinovlari va yozma ishlari orqali aniqlash, 
o‘qituvchi faoliyatini anketa so‘rovlari yordamida tahlil qilish asosida sinfdan tashqari o‘qish darslarida 
hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilar an`anaviy shaklda tashkil etilayotgan dars 
mashg‘ulotlarida o‘zlashtira olmaydi. Bundan tashqari, boshlang‘ich sinf sinfdan tashqari o‘qish dasturida 
o‘tmishni o‘rganish, Vatan va tabiat mavzulari, shoir va yozuvchilar ijodini o‘rganish sinfdan sinfga 
o‘tgan sari murakkablashib boradi. Uning o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘z-o‘zidan samarali metodik 
yondashuvni taqozo etadi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida o‘zbek bolalar yozuvchilari asarlarini mustaqil o‘qishlarini 
tashkil etishda ilg‘or usullardan foydalanish bolalarda ularning ijodiga qiziqish uyg‘otadi va bola mustaqil 
ravishda ularning boshqa asarlarini topib o‘qiydi. Masalan, Tursunboy Adashboyev ijodini sinfdan 
tashqari o‘qish darslarida o‘rganish o‘quvchilarda uning ijodiga katta qiziqish uyg‘otadi. Tursunboy 
Adashboyevning 
“Qish” 
she’rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u qishda hayvonlar hayotida ro‘y 
beradigan o‘zgarishlarni bilib olishga yaqindan yordam beradi. Bu she’rni o‘qishdan oldin ham 
o‘quvchilar bilan savol-javoblar o‘tkaziladi. O‘quvchilar diqqati hayvonlarning qishdagi hayotiga 
qaratiladi. Masalan, qishda yovvoyi quyonlarning rangi o‘zgarib, qorda o‘zini dushmandan himoya 
qiladigan oq rangga kirishi, ayiqning o‘siq yunglari sovuqda yashashga qo‘l kelishi to‘g‘risida tushuncha 
beriladi. She’r matni bilan tanishishdan oldin xattaxtaga 
“ayoz”, “quyruq”, “so‘qmoq”, “piyma”, 
“po‘stin” “pahmoq” 
so‘zlari yozilib, ma’nosi izohlanadi. She’rni navbat bilan o‘quvchilarga to‘rt-besh 
marta o‘qitilganidan keyin uning mazmuni yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. She’rning to‘la mazmuni 
uch-to‘rt o‘quvchilarga gapirtiriladi, ularning fikr-mulohazalari to‘ldiriladi. Mazkur mavzuni o‘rganish 
jarayonida maktab atrofiga sayohat uyushtirish ham mumkin. Qishda qor bosgan dalalarni, tomlarni
daraxtlarni, odamlarning va qushlarning qishdagi hayotini kuzatish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi va 
nutqining ifodali, sermazmun bo‘lishi uchun boy material beradi. 
Sinfdan tashqari o‘qish darslarida badiiy matnning lisoniy tahliliga ham e’tiborni kuchaytirish 
lozim. O‘qish dasturining o‘quvchilar bilimiga qo‘yiladigan talablarida ularning ayrim tasvir vositalari va 
badiiy til elementlarini bilishlari zarurligi qayd etilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalariga 


263 
bog‘liq talablarida “tilning ifoda vositalarini o‘rinli qo‘llay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan 
foydalana olish”lariga e’tibor qaratilgan. 
Sinfdan tashqari o‘quvchilar mustaqil o‘qigan asarlarni hisobga olib borishga katta e’tibor 
qaratiladi. 1-2-sinfda o‘quvchilar kundalik daftarlariga mustaqil o‘qigan asarlari nomi va muallifini yozib 
boradi. 3-4-sinfda o‘quvchilar o‘qigan asarlarini hisobga olib boruvchi, o‘z munosabatlarini qisqa qilib 
yozib qo‘yuvchi maxsus daftar tutadi. Yil oxirida ota-onalar yig‘inida, maktab pedagoglari kengashida 
mustaqil kitobxonlik darajasi yuksak o‘quvchilar rag‘atlantirib boriladi. Boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilarining kitobxonlik saviyasi targ‘ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar ijodi, o‘qilgan asar 
yuzasida uyushtirilgan bahz-munozaralar sifatiga bog‘liq bo‘ladi. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə