|
![](/i/favi32.png) Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com docwww.ziyouz.com
кутубхонаси
19
kishiga osoyish bag'ishlaydi. Bog'lar men tufayli xazon paytlarida bo'stonga, o'rmonlar
men tufayli qish fasli gulistonga aylanadi. Agar jilva aylab, rang-barang qanotlarimni
yozsam, go'yo boshdan-oyoq lskandar oyinasi
namoyon bo'lgandek bo'ladi. Ulus
husnimni tomosha qilib, yaratganning qudratiga ofarin aytsin uchun Alloh menga
beqiyos husnu zebolik, haddan ortiq zebu ra'nolik baxsh etgan. Chunki haq har bir
kishini bir ish uchun yaratgan: birov asal totish uchun yaratilgan bo'lsa, birov nish yeydi.
Ana shu tarzda donolik bilan ish ko'rilib, har kirn boshiga tushganini, "yo nasib", deb
ko'raveradi. Alloh amri bilan pari dilga yoqimli bo'lsa, shayton badbaxtlikka mahkumdir.
Har bir kishi o'ziga buyurilgan ishdan chetga chiqa olmaydi, undan o'zga taklifga esa
toqat qilib bo'lmaydi!
XXXVII
Hudhudning Tovusga juvobi
Hudhud unga javob berish uchun nafasini rostlab, shunday dedi:
— Ey jaholat ahli kabi har narsani havas qiluvchi! Sen shunday holatlarni bayon
etdingki, bu ish faqat devonalar va yosh bolalar qolidangina kela oladi, xolos! Odam
degan tashqi go'zallik haqida so'z aytmaydi. Kimki, undan faxr etar ekan, uni odam
qatoriga qo'shib bo'lmaydi! Noz va husn faqat dilbar qizlargagina yarashadi. Er kishi esa
dard va mashaqqat chekishi bilan yaxshidir. Barcha shakl ahli uchun eng sharafli ish ana
shudirki, u shakldan ma'no tomon olib boradi. Sen o'z shaklingga bino qo'yding, buning
uchun kishilar tomonidan masxara etilishga loyiqsan. Chunki inson o'z tashqi go'zalligi
bilan faxrlanmaydi, agar faxrlansa, u masxaralashga sazovordir!
XXXVIII
Hikoyat
Bir hindu o'zini turli maqomga solib, ko'p qiziq ishlar oshkor etdi. Bu masxaraboz o'z
boshiga kungurali toj qo'ydi. Toj va kiyimlariga tillaga o'xshash sariq yarqiroq modda —
kimson bilan zarhal berdi. Uning yonida nog'ora chaluvchi va qo'shiq aytib o'yin
tushuvchi bir to'da hindlar bor edi. Ular qo'li va boshlarini hindlarga xos bir yo'sinda
tebratib, raqs tushar edilar. Ko'rinishlari go'yo bo'stonga oroyish bergudek go'zal,
jilvalari esa xuddi Hindiston tovusidek edi.
Ana shu tarzda bu masxaraboz maydonda zo'r hangoma ko'rsatdi. Uning atrofi bir
gala beboshlar to'dasining g'ala-g'ovuri bilan toidi. Shu mahal tartib-intizomni nazorat
etuvchi muhtasiblar yetib kelib, bu davradagilar har yoqqa qarab qochib ketdi. O'sha
davraning firibgar va maqtanchog'i bo'lgan hinduni tutib olishdi. Uning nog'orasi bilan
tojini urib sindirishdi va badanini yalang'ochlab, darra bilan rosa savalashdi. Shu tarzda
uning "san'ati kishilarga ibrat bolib, ana shu xil qismat uning toji uchun "ziynat" bo’ldi.
XXXIX
Bulbul uzri
Bulbul shunday dedi:
— Ey bu yig'inga dalillik beruvchi zot! Men gul yonidan uzoqlashdim. Undan ayriliqda
oshiqu devona bir holatga tushdim; aqlu hushu sabr mendan begona bo'ldi. Usiz menda
na sabr bor va na toqat! Men shunday bir holatda, ey birodar, uning firoqiga qanday
chiday olaman! Negaki, gul bo'stonda jilva qilgan chog'da men ming xil navo bilan unga
o'z sirlarimni sharh qilaman. Ishqidan har lahza shiddatim ortib boradi, husnidan dam-
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Dostları ilə paylaş: |
|
|