|
Microsoft Word lisonut-tayr ziyouz com docwww.ziyouz.com
кутубхонаси
37
— Ey sir ahlining peshvosi! Bu baloni daf qilish uchun namoz o'qish kerak.
Shayx dedi:
— Bu ma'nida so'z aytma! Men telbaman, telbaga esa aql o'rgatmaydilar.
Biri dedi:
— O'rningdan tur-da, tahorat qil va kishilarni toat-ibodat qilishga ishorat qil!
Shayx dedi:
— Ko'z yoshimdan o'zga suvim yo'q, bag'rimdan har dam ko'zimga qon yoshlar
keladi!
Biri dedi:
— G'usl qilish kerak, u ko'ngulni pok etishdan tashqari g'amdan qutqaradi. Eng to'g'ri
yo’l ana shudir!
Shayx dedi:
— Men yo'qlik dengizida g'arq bo'ldim. Mendan yana nima istaysan?!
Biri dedi:
— Tasbehingga mashg'ul bo'l-da, bu parishon holatdan o'zingni qutqar.
Shayx dedi:
— Tasbehimning tori uzildi, uning o'rniga zunnor ipini bog'ladim!
Biri dedi:
— Misvok — tish kovlagichga e’tibor qil, uni og'zingga solib, sunnat bajo keltir!
Shayx dedi:
— Agar misvok havas qilmoqchi bo'lsam, men uchun og'zimdagi hayrat barmog'i
yetarlidir.
Biri dedi:
— Biror xatolik yuz bergan bo'lsa, uzriga yer o'pib, unga sajda qil!
Shayx esa ko'zlaridan qon yoshini oqizib shunday dedi:
— Ban bir bu eshikdan boshimni olmayman!
Biri dedi:
— Safar Rumga bo'ldi, endi Ka'bani qarorgoh etmoq darkor.
Shayx dedi:
— U yerda izlaganimni bu yerda topdim, endi nima uchun orqaga qaytib, behuda
mashaqqat chekishim kerak?!
Biri dedi:
— Sahro sari yuzlanib, Batho tomon yolga chiqish vaqtidir.
Shayx dedi:
— Men uni bu yerda topdim. Rum borida Bathoni nima qilaman?
Biri dedi:
— Safarimiz tamom bo’ldi. Vatan sari yo’lga tushsak yaxshi bo’lardi.
Shayx dedi:
— Ehsonli Alloh go'yo o'zi muruvvat ko'rsatib, ushbu butxonani menga haqiqiy vatan
etibdir.
Biri dedi:
— Agar boshqa shayxlar bu ishdan xabar topsalar, bizni ta'na-malomat qiladilar-ku?!
Shayx dedi:
— Ular bilan ishim yo'q. Istagan kishim xarobat ichidadir.
Biri dedi:
— Sening avvalgi vajdu holating - e'tiqoding qani? Zuhd va ibodatda o'tkazgan pokiza
vaqtlaring qani?
Shayx dedi:
— Holatim — butxonada turmoqdan iborat. Sobiq ibodatlarimning yuztasi bunga
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Dostları ilə paylaş: |
|
|