Ro'yxatda korporatsiya dagi vaziyat to‘g‘risidagi to'liq
va ishonchli
ta’rif olish uchun etarlicha ma’lumot miqdori va ushbu ma’lumol bir
vaqtning o'zida qisqa bo£lishi kerak.
Korporatsiyalar guruhini boshqarish qiyinchiligi shundaki barcha
korporatsiyalar faoliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan ma’luniot
ko‘pincha xilma-xil hamda ma’lum bir vaqtda barcha
korporatsiyalar
faoliyati to ‘g‘risida to‘liq ma’lumot olish imkoniyati yo‘q.
Texnologik tizimda ma’lum korporatsiya rahbari loyiha rahbariga
m a’muriy tartibda bo ‘ysunmaydi, shuning
uchun loyiha rahbari
korporatsiya rahbari o‘z ta’sirini ko'rsatishining boshqa vositalariga
ega bo‘lishi kerak.
Bunday vositalaming biri loyiha foydasini korporatsiya-ishtirokchilar
o‘rtasida taqsimlash bo‘lishi mumkin1. Yana bir vosita bu korporatsiya
Nizomida aytib o‘tilgan ma’lum vakolatlami loyihaga berishdir.
Bunday texnologik tizim o ‘zi tuzilmasi bilan korporativ tuzilmaga
yaqin (4.2.-chizma).
Guruh rahbari korporatsiya siyosatini umuman belgilaydi, korpora
tsiya rahbarlari esa korporatsiya siyosati va manfaatlariga muvofiq o‘z
korporatsiyasi faoliyatining iqtisodiy strategiyasini belgilashadi. Korpo
ratsiya o‘z navbatida davlat oldida yagona
yuridik shaxs sifatida
namoyon bo'ladi, masalan soliq to'lovchi. Har bir korporatsiya faoliyat
yuritishining aniq maqsadlariga egaligi sababli uni boshqarish ham
aniq maqsadlarga muvofiq olib borilishi shart.
Texnologik tizimni shakllantirish uchun kutilayotgan yakuniy natijani
tasaw ur qilish va ushbu natijaga erishish maqsadida m a’lum bir
mexanizmlarga ega bo‘lish kerak.
Shuning uchun tashkil etilayotgan texnologik
tizim faoliyatining
maqsadlarini shakllantirish zarurati paydo bo'ladi.
Buning uchun boshqaruv kompaniyada texnologik tizimni tuzishga
qaratilgan masalani qo'yish algoritmi mavjud bo'lishi kerak.
Texnologik tizimni tuzishga qaratilgan masalani qo‘yish algoritmi
— bu ishlab chiqarish jarayonini tashkil
etish uchun korporatsiya
rahbariyati tomonidan bajarilishi zarur bo‘lgan harakatlar ketma-ketligi.
Bu bizning nuqtai nazarimiz bo‘yicha quyidagilardan iborat:
— maqsadlarni aniqlash (strategiyani aniqlash);
Dostları ilə paylaş: