Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə224/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
19-MAVZU. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA VALYUTA 
KURSI. 
Masalalarni yechilishi bo‗yicha namunalar: 
1-masala
Nemis markasiga nisbatan dollar kursi 3:1 ni tashkil etadi. Bir xil tovar 
AQShda 400 doll., Germaniyada esa 1200 marka turadi deb tasavvur qilamiz. Agar 
dollar kursi sun‘iy tarzda 1:2 gacha pasaysa, qaysi eksportchi qo‗shimcha daromad 
oladi (AQShmi, yoki Germaniyami).
Qo‗shimcha daromad qiymatini aniqlang. 
Yechish: 
Germaniyada tovar ishlab chiqaruvchilar mazkur tovarni AQShga 400 
dollarga sotadi va dollar kursi 3:1 bo‗lganda, u o‗ziga Germaniyada tovar 
savdosida olgan tushumi miqdorida 1200 marka qaytarib oladi; kurs 2:1 bo‗lganda 
800 marka daromad ladi, ya‘ni eksport foyda keltirmaydi.
AQSh eksportchisi Germaniyada tovarini 1200 markada sotadi, bunda u 
tovarni Germaniyada 1:3 almashinuv kursibo‗yicha 400 AQSh dollariga 
ekvivalent summaga sotgn hisoblanadi.AQSh eksportchisi tovarni Germaniyada 
1200 markaga 2:1 kursida sotgan holda, undan bankdan 600 dollar oladi. Bu 
AQShdagi tovarning o‗xshash tovarga nisbatan 200 dollarga arzonligini bildiradi. 
Binobarin AQSh 2:1 almashinuv kursida Germaniyada sotganida har birlik tovar
uchun 200 dollardan qo‗shimcha daromad oladi. 
2-masala 
B mamlakat hukumati A mamlakatning valyutasiga nisbatan milliy valyuta 
kursini barqarorlashtirishni maqsad qildi deb faraz qilaylik. A mamlakatda
inflyatsiya sur‘ati bir yilda 5%ni tashkil etadi. 
a) B mamlakatda bunday maqsadga erishish uchun inflyatsiya qanday bo‗lishi 
kerak? 
b) Uzoq muddatda ishlab chiqarishning o‗sish sur‘ati 3% va pulning aylanish 
tezligi o‗zgarmas bo‗lganda valyuta kursini barqarorlashtirish uchun pul 
massasining o‗sish sur‘ati qanday bo‗lishi kerak? 


242 
Yechish: 
a) B mamlakatda valyuta kursini barqarorlashtirish uchun inflyatsiya sur‘ati A 
mamlakatdagi inflyatsiya sur‘atiga yaqin yoki teng bo‗lishi kerak, ya‘ni yiliga 
taxminan 5 %ni tashkil etadi.
b) B mamlakatda pul massasi o‗sish sur‘atini aniqlash uchun pul miqdori 
tenglamasidan foydalanamiz: 
M = k x P x Y 
Hamda uni o‗sish surati ko‗rinishida yozamiz (hosilasini topamiz): 

M / M = 

P / P + 

Y / Y, 
bu yerda, 

M / M – B mamlakatda pul masassining o‗sish sur‘ati ,

P/P – B mamlakatdagi inflyatsiya sur‘ati; 

Y/Y – ishlab chiqarishning 
o‗sish sur‘atlari, masala shartiga ko‗ra, koeffitsient k doimiy. Bunda, 

M /M = 5% + 3% = 8 %, ya‘ni B mamlakatda pul masssining o‗sish sur‘ati 8 
%ni tashkil etishi kerak. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə