Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

 
 
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 
1. 
Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy o‘sish 
tushunchalarining ta‘rifini bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini 
ko‘rsating. 
2. 
Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?
3. 
Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o‘sish 
turlari uchramaydi? 
4. 
Mamlakatning iqtisodiy salohiyatiga, aholisining turmush darajasiga va 
ishlab chiqarishining samaradorligiga baho berishda iqtisodiy o‘sishning qanday 
ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi? 
5. 
Iqtisodiy o‘sishga ta‘sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini 
tushuntiring hamda ularning ahamiyatini baholang. 
6. 
Milliy boylik tushunchasining ta‘rifini bering va tarkibiy tuzilishini 
ko‘rsating. 
7. 
Milliy boylik tarkibida moddiy-buyumlashgan boylik qanday o‘ringa ega 
va u qanday tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi? 
8. 
Nima uchun er, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o‘lchovida baholab, 
milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas? 
 
 


89 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12-MAVZU. BANK TIZIMI 
Reja: 
1.
Bank tushunchasi va banklarning iqtisodiyotdagi o‘rni. 
2.
Bank tizimi.
3.
O‘zbekistonning bank tizimini mustahkamlash va pul-kredit siyosatini 
takomillashtirish yo‘nalishlari. 
1. Bank tushunchasi va banklarning iqtisodiyotdagi o‘rni. 
Moliya bozoridagi operatsiyalar moliya muassasalari vositasida amalga 
oshiriladi. Bunday mussasalarga turli xil banklar, birjalar, depozitariylar, sug‘urta 
kompaniyalari, investitsiya fondlari, agentliklar va hokazolar kiradi. 
«Bank» tushunchasi qadimiy fransuzcha bang va banca so‘zlaridan kelib 
chiqqan bo‘lib, «sarrof kursisi, do‘koni» degan ma‘noni anglatadi. Bunday 
tushuncha tarixchilarning taxminan 2000 yil muqaddam faoliyat ko‘rsatgan 
bankirlar haqidagi ma‘lumotlarida ham mavjud. 
Pul munosabatlarining rivojlanishi banklarni yuzaga keltirgan. Bank 
iqtisodiyot ishtirokchilarining pul yuzasidan bo‘lgan aloqalariga xizmat qiluvchi 
institut (muassasa)dir. Pul bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatuvchi tashkilotlar ko‘p, 
ammo ularning markazida banklar turadi. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar 
va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunida, bank nima, degan savolga quyidagicha 
javob topish mumkin: 


90 
Bank - tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan faoliyat 
turlari majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir. 
O‘zbekistondagi bank tizimi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, 
aksiyadorlik-tijorat banklari va xususiy banklardan iboratdir. 2018 yil 1-yanvar 
holatiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi 31 tijorat bankini o‘z ichiga 
oldi. 
Banklar pul olamini harakatga keltiruvchi motor - yurak, pul bilan bo‘ladigan 
hisob-kitoblarni amalga oshiradi. Hamma pul to‘lovlari (transfertlar) banklar orqali 
o‘tadi. Banklar quyidagi ishlarni amalga oshiradi: 
- pul va qimmatli buyumlarni omonatga olib, saqlab beradi; 
- pul bilan bo‘ladigan hisob-kitob operatsiyalarini, xususan, pul to‘lash
ishlarini bajaradi; 
- chet el valyutasini sotadi va sotib oladi; 
- o‘z qo‘lidagi pulni qaytarish, foizlilik va muddatlilik sharti bilan unga 
(muhtojlarga) qarz (ssuda)ga beradi, ya‘ni, kredit bilan shug‘ullanadi; 
- o‘z puliga aksiya sotib olib, uni boshqa sohaga joylashtiradi; 
- biznes yuzasidan maslahat beradi va hokazo. 
Bank ishi pul olamida bo‘ladigan biznesdir. Bank biznesi foyda topish 
maqsadida yuritiladi. 
Markaziy bankning monopollik mavqei uning mamlakatdagi pul va pirovard 
natijada iqtisodiy barqarorlik uchun alohida javobgar ekanligi bilan chambarchas 
bog‘liq. 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining bosh maqsadi va asosiy 
vazifalari quyidagilar: 
―Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini 
ta‘minlashdan iborat. 
Asosiy vazifalari: 
-
Monetar siyosatni hamda valyutani tartibga solish sohasidagi siyosatni 
shakllantirish, qabul qilish va amalga oshirish; 
-
O‘zbekiston Respublikasida hisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil 
etish va ta‘minlash; 
-
Banklar,kredit uyushmalari va garovxonalar faoliyatini litsenziyalash 
hamda tartibga solish,banklar, kredituyushmalari, garovxonalarni nazorat qilish, 
qimmatbaho qog‘ozlar blankalari ishlab chiqarishni litsenziyalash; 
-
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta rezervlarini, shu 
jumladan kelishuv bo‘yicha hukumat rezervlarini saqlash va tasarruf etish; 


91 
-
Davlat byudjeti kassa ijrosini Moliya vazirligi bilan birgalikda tashkil 
etishdan iboratdir‖
57

Tijorat banklari Markaziy bankda o‘z qisqa muddatli va o‘rta muddatli 
majburiyatlaridan muayyan foiz hajmida eng kam zahira deb yuritiladigan foizsiz 
omonatlarni saqlashga majbur. 
Markaziy bank banklar faoliyatini nazorat qilishda o‘zining mintaqaviy 
bo‘linmalari orqali kredit muasasalaridan majburiy ravishda axborot, oylik hisobot 
va yillik yakuniy balans ma‘lumotlarini taqdim etish asosida qatnashadi. 
Kredit muassasalarining bo‘ysinishiga qarab bank qonunchiligi hamda kredit 
tizimining pastdan yuqoriga tomon tarkibiy tuzilishiga muvofiq tarzda bank 
tizimini ikki asosiy: bir bosqichli va ikki bosqichli turga ajratish mumkin. 
Bir bosqichli bank tizimi doirasida barcha kredit muassasalari, jumladan, 
Markaziy bank ham, yagona bosqichda turadi hamda mijozlarga kredit - hisob 
xizmati ko‘rsatishda bir xil vazifalarni bajaradi.
Ikki bosqichli tizimda banklar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar bo‘yiga 
(vertikal) va eniga (gorizontal) yo‘nalishlarida tuzilishiga asoslanadi. Vertikal – 
rahbarlik qiluvchi, boshqaruvchi markaz hisoblangan Markaziy bank bilan quyi 
bo‘g‘inlar – tijorat va ixtisoslashgan banklar o‘rtasidagi bo‘ysunish munosabatlari, 
gorizontal-turli quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi teng huquqli sheriklik munosabatlari 
tushuniladi. 
2.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə