|
Osiyo xalqaro universitetitayyor slabus geodeziyaFanning vazifasi -
talabalarni zamonaviy, yangi, takomillashgan o‘lchash
asboblaridan mustaqil foydalanib geodezik dala o‘lchash ishlarini bajarishni va shlchash
natijalarini hisoblab chiqishni, plan, kartalarni tuzish, rasmiylashtirish va o‘rgatish.
Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi
– Geodeziya fani o’rganadigan bilimlarni
chuqur egallashi uchun talaba oldin “Konchilik ishi asoslari”, “Muxandislik ishi va
kompyuter grafikasi”, “Geologiya va gidrigeologiya” kabi fanlarni o’zlashtirishi shart.
Talabalarga geodezik o‘lchash ishlarini texnik va iqtisodiy jihatdan to‘g‘ri bajarish va
o‘lchash ishlari natijalarini matematik qayta ishlash alohida ahamiyatga egadir hamda ularni
yangilab turish usullarini, fanning rivojlanish tendentsiyasi, istiqboli hamda respublikamiz
ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalari va muammolarining ko‘rsatilgan sohalarida yechishda
ta’sirini, ularning ahamiyatini, hamda ishlab chiqarishda kartografik maxsulotlarning
samaradorligini oshirish yo‘llari va usullarini tadbiq eta bilish ko’nikmalarga ega bo’ladi.
Ushbu fanni o‘qitishda hozirgi zamon texnologik jarayonlarini fan va texnikaning
so'ngi yutuqlarini hisobga olgan holda. fan tarixi va uning rivojlanishining tendensiyasi.
istiqboli hamda respublikamizdagi ijtimoiy—iqtisodiy islohotlar natijalari va xududiy
muammolaming texnologik istiqboliga ta'siri masalalarini qamraydi. “Geodeziya” o'quv
fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
bilimlarning bir butun tizimi bilan o'zaro bog'1iqlikda ushbu fanning asosiy muammolari;
o’zining bo'lajak kasbining mohiyati va ijtimoiy ahamiyati haqida tushunchaga ega bo'lishi
kerak.
Ushbu dastur davlatimizning Konchilik ishi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan
bakalavrlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u tabiiy jarayonlarga geodeziyani tadbiq qiluvchi
ilmiy izlanuvchilar uchun ham foydalidir.
Dostları ilə paylaş: |
|
|