Amir temur davlati rui gonsales de klavixo nigohida


International Conference on Developments in Education



Yüklə 238 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix28.11.2023
ölçüsü238 Kb.
#134907
1   2   3   4   5   6   7
International Conference on Developments in Education 
Hosted from Bursa, Turkey 
https

econferencezone.org Dec. 26
th
2022 
79 
Katta xiyobon va savdo rastalari haqida 
: “ Samarqand shahrida har yili Xitoy , Hindiston 
, Tatariston (Oltin Oʻrda ) va boshqa mamlakatlardan , shuningdek benihoyat boy Samarqand 
saltanatining oʻzidan keltirilgan mollar sotiladi. Shaharga keltirilgan mollarni safda tartib bilan 
joylashtirib sotilgan keng joy (shu paytgacha) yoʻq edi . Podsho ikki tarafida qator doʻkonlar 
oʻrnatilgan savdo rastasidan iborat koʻcha oʻtkazishni buyurdi .Mazkur koʻcha shaharning bir 
chekkasidan boshlanib qoq oʻrtasidan oʻtib chiqishi lozim edi. Podsho bu ishni ikki mirzosiga 
(ikki amiriga boʻlsa kerak-M.S.) topshirib , ular kechay-u kunduz (tinmay) mehanat qildilar . 
Yoʻlda tushgan uylar kimniki boʻlishidan qatiy nazar ,betoʻxtov buzildi… Koʻchaning ikki 
tarfida doʻkonlar oʻrnatishdi , har bir doʻkon oldida marmar bilan qoplangan baland kursilar 
oʻrnatildi . Har bir doʻkon ikkita xonadan iborat edi . Koʻchaning tepasi gumbaz shaklida 
yopilgan boʻlib , (tepasida ) yorugʻlik tushib turadigan tuynukchaklar qoʻyilgan 
”.(Самарқандга– Амир Темур саройига саёҳат кундалиги (1403-1406 йиллар);Р. Г. 
Клавихо; Ўзбекистон 2010 193-bet) 
Oʻrdabozor haqida : 
( Katta toʻy munosabati bilan) Podsho “ Samarqand shahrining savdo 
ahli : sarroflar , chitfurushlar javohir va boshqa turli tuman mollar bilan savdo qiluvchilar , 
oshpazlar , qassoblar , novvoylar , tikuvchilar , kavushdoʻzlar va shahardagi boshqa barcha 
hunarmandlar podsho oʻrdasi joylashgan yalanglikka chiqib va chodir tikib savdo qilsinlar , 
har bir kosib qarorgohlar boʻylab kezib , oʻyin – kulgi bilan odamlarning bahri dilini ochsinlar 
” , - deb buyurdi . Shundan keyin barcha tijorat ahli shahardan chiqib , podsho qarorgohi 
atrofiga joylashdilar . Har bir hunarmand tartib bilan alohida – alohida rasta hosil qilib , oʻyin 
– kulgilar uyushtirishib , qarorgoh boʻylab aylandilar ”. (Самарқандга– Амир Темур 
саройига саёҳат кундалиги (1403-1406 йиллар);Р. Г. Клавихо; Ўзбекистон 2010; 174-bet 

Yüklə 238 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə