|
Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com docgUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK
ﺎًّﻴِﺒَﻧ
ﺎًﻘﻳِّﺪِﺻ
َنﺎَآ
ُﻪﱠﻧِإ
َﺲﻳِرْدِإ
ِبﺎَﺘِﻜْﻟا
ﻲِﻓ
ْﺮُآْذاَو
)
٥٦
(
ﺎًّﻴِﻠَﻋ
ﺎًﻧﺎَﻜَﻣ
ُﻩﺎَﻨْﻌَﻓَرَو
)
٥٧
(
«Yana ushbu kitobda Idris qissasini zikr qiling! Darhaqiqat, u juda rostgo‘y payg‘ambar edi. Va biz
uni yuksak martabaga ko‘tardik»
, deyiladi va Allohning huzurida u zotning martabasi yuksakligi bildiriladi.
(Idrisning Yer yuzida uch yuz oltmish besh yil umr ko‘rib, keyin osmonga ko‘tarilib ketgani haqida Tavrotning
«Ibtido» kitobida yozilgan. 5-bob, 9-bet.)
Idris (a.s.) qissaidan dars va ibratlar
Idris (a.s.) birinchi faylasuf ham hisoblanadilar. U zotning qilgan ishlari va aytgan so‘zlari barchaga ibratdir.
Idris (a.s.)ning uzuklari ko‘ziga quyidagi gaplari o‘yib yozilgan edi:
«Allohga imon keltirish zafarga eltadi».
Idris (a.s.)ning namoz vaqtida kiyadigan liboslarida esa: «O’zining nafsiga e’tibor beradigan, yaxshi amallari
parvardigor huzurida shafoat qiladigan kishi eng baxtli kishidir, - deb yozilgan edi.
Quyidagi falsafiy gaplar ham Idris (a.s.)ga mansubdir:
1. Hech bir kishi Allohning unga berayotgan ne’matlariga munosib shukr aytolmaydi.
2. Alloh huzuriga duo qilsangizlar, ro‘za tutsangizlar va namoz o‘qisangizlar niyyatingizni xolis qilinglar.
3. Odamlarning boyligini ko‘pligiga hasad qilmanglar, chunki undan juda oz foydalanadi.
4. Kimki keragidan ortiq narsaga urinsa, hech narsa bilan boy bo‘lmaydi.
5. Umrboqiy bo‘lish donishmandlikdadir
.
(Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al anbiy fil-Qur’anil karim. Lubnon. 57-bet.
Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’an. Damashq. 2001. 17-bet.)
Dostları ilə paylaş: |
|
|