Kegl cc pechat indd


-MAVZU TOVUSH KATTALIKLARI



Yüklə 5,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/134
tarix29.11.2023
ölçüsü5,34 Kb.
#139713
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134
6-sinf Fizika

59-MAVZU
TOVUSH KATTALIKLARI
Tovushlar yo‘g‘on va ingichka, baland va past, yoqimli va yoqimsiz 
bo‘ladi. Ular bir-biridan qanday kattaligi bilan farq qiladi? Buning 
uchun maxsus kattaliklar kiritilgan.
1. Tovushning qattiqligi.
125-rasmdagi kamer 
tonning sharcha 
tegmagan shoxchasiga sekingina rezina bolg‘a bilan uraylik. Shunda 
kamerton tebranishi tufayli sharcha ma’lum uzoqlikka borib keladi. 
Bolg‘a bilan qattiqroq uraylik. Sharcha oldingidan uzoqroqqa borib 
keladi. Kamertonning tebranishi davrida 
eng katta chetlashishiga
 
tebranishlar amplitudasi
 
deyiladi.
Kamerton qanchalik katta 
amplituda bilan tebransa, undan chiqadigan tovushning qattiqligi 
shuncha katta bo‘ladi. Tovush energiyaga ega. Agar tovush energiyasi 
ma’lum kattalikdan kichik bo‘lsa, inson unday tovushlarni eshitmaydi. 
Bu quyi chegara 1 m
2
yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush quvvati 
0,000001 
mkW deb belgilangan. Birlik yuzaga to‘g‘ri kelgan tovush 
quvvati 1 W/m
2
ga borganda, inson qulog‘ida og‘riq sezadi va 
tebranishlarni tovush sifatida qabul qilmaydi. Tovushning qattiqligi 
1858-yilda nemis fiziklari 
V. Veter
va 
G. Fexner
tomonidan tavsiya 
qilingan qonun asosida aniqlanadi. Inson sezadigan tovush 
qattiqligining quyi chegarasi 
Bell
deb belgilangan. Bu birlik telefonni 
ixtiro qilgan 
G. Bell
sharafiga qo‘yilgan. Og‘riq sezish bo‘sag‘asini 130 
dB deb qabul qilingan (1 detsi 
bel = 1dB = 0,1 B). Shunga ko‘ra sekin 
suhbatniki 40 dB, shovqinniki 80 dB, samolyotniki 110–120 dB ga 
teng. Tovushning balandligini mexanik va 
elektr qurilmalar yordamida kuchaytirish 
mumkin. Masalan, karnaydan chiqayotgan 
ovozni bir tomonga yo‘naltirib, tarqalish 
yuzasi kichiklashtiriladi. «Rupor» (127-rasm) 
ham shunday tovushni yo‘naltirib beradi. 
Qadimda tovushni kuchaytirib beruvchi 
apparatlar bo‘lmaganida, «qulog‘i og‘ir» 
odamlar ruporni qulog‘iga qo‘yib eshitganlar.
127-rasm.


162

Yüklə 5,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   134




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə