Jismlar harakatlanganda fazoda iz qoldiradi. Bu izlar ko‘zga
ko‘rinishi yoki ko‘rinmasligi mumkin. Ko‘rinishi yoki ko‘rin-
masligidan qat’i nazar shu izga
trayektoriya
deyiladi.
Dalada yurgan
avtomobil, traktor yoki osmonda uchayotgan samolyot qoldirgan izlar
bunga misol bo‘la oladi.
Trayektoriyaning shakliga qarab harakat
to
‘
g
‘
ri chiziqli
yoki
egri chiziqli
bo‘ladi.
46
Avtomobil g‘ildiragining o‘qi
B
yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli,
gardishidagi
A
nuqta g‘ildirak o‘qi
B
ga nisbatan egri chiziqli
harakatda bo‘ladi (21-rasm). Stadionda yugurayotgan sportchining
trayektoriyasi
1
va
2
oraliqda egri,
3
va
4
oraliqda to‘g‘ri chiziqli
bo‘ladi (22-rasm).
21-rasm.
22-rasm.
Trayektoriyaning shakli qaralayotgan sanoq jismiga nisbatan
turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, Oyning Yerga nisbatan harakati
aylana shaklida bo‘lsa, Quyoshga nisbatan murakkab shaklda bo‘ladi.
Chunki Yer Oy bilan birgalikda Quyosh atrofida harakatlanadi. Xuddi
shunday avtomobil dvigatelida sovituvchi parrak uchining harakat
trayektoriyasi dvigatelga nisbatan aylanadan iborat bo‘lsa, yerga
nisbatan vintsimon bo‘ladi.
Harakatlanayotgan jismni har doim ham rasmda ifodalash
noqulay.
Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism o‘lchamla ridan
juda katta bo‘lgan hollarda jismni
moddiy nuqta
deb qaraladi.
Masalan,
Toshkent dan Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb
qarash mumkin. Lekin ko‘prikdan o‘tayotgan poyezdni moddiy nuqta
deb qarab bo‘lmaydi. Moddiy deyi
lishiga sabab o‘lchamlari hisobga
olinmasa-da, uning massasi, tezligi va boshqa fizik kattaliklari
mavjud ligicha qoladi.
1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?
2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz?
3.
Yozayotganingizda ruchkangizning uchi qanday harakatda
bo‘ladi?
4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin
bo‘lgan hollar uchun misollar keltiring.
|