Tashkent Medical Academy
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in
the development of science
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy
merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o‘rni
61
December 16
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference
BERUNIYNING FALSAFIY QARASHLARIDA OLAM VA ODAM
MUAMMOSINING TAHLIL ETILISHI
O‘. Shonazarov
NavDPI o`qituvchisi
ANNOTATSIYA
Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan
qomusiy kitobini to'la ma'noda insoniyat tarixining o'tgan 5
ming yilligi voqealari
tahlili va sinteziga bag'ishlangan mumtoz qomusiy asar xaqida.
Kalit so’zlar
: kitob ahllari, Falsafa, Hindiston,
evolyutsion nazariya, hujayra
nazariyasi.
Birinchi ming yillikning so'nggida (973 yil, 4 sentyabr) tavallud topgan ulug'
bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy ham falsafa fanini rivojlantirish ishiga ulkan
hissa qo'shdi. Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlangan
qomusiy kitobini to'la ma'noda insoniyat tarixining o'tgan 5 ming yilligi voqealari
tahlili va sinteziga bag'ishlangan
mumtoz qomusiy asar, deb baholash mumkin.
Mazkur kitobda ulug' mutafakkir asar yozilishi jarayonida olib borgan ilmiy-falsafiy
tadqiqotlari, qo'llagan usullari xususida so'z yuritib shunday yozgan:«Mazkur asarni
yozish asnosida o'zimga ishonch hosil qildim-ki, aqliy
narsalardan dalil keltirish,
kuzatilgan narsalarga qiyos qilish yo'li bilan haqiqiy malumotlarga ega bo'lish
mumkin emas. Bunga faqat «kitob ahllari» va turli din arboblariga, shu (e'tiqodlarga)
amal qiluvchi har xil maslak va ishonch egalariga ergashish, ularning tushunchalarini
hamisha asos tutish bilan belgilanadi. So'ngra ularning isbot uchun keltirgan so'z va
e'tiqodlarini bir-biriga solishtirish bilan bilinadi». Falsafada olamni bilish yo'llari,
usullari ishlab chiqilgan va bu metodologiya (usullar haqidagi ta'limot)da o'z
ifodasini topgan. Ijtimoiy falsafa inson va jamiyatni o'rganish yo'llari, usullari haqida
bahs yuritadi. Abu Rayhon Beruniy dunyoning manzarasi evolyutsion jarayon
natijasida tarkib topganligini alohida qayd etadi. «Olamni idora qiluvchi manba -
“tuzilish va buzilish”dan
iborat ziddiyatdir, degan fikrni qo'llab-quvvatlaydi». Ayni
chog'da Beruniy olamni ijtimoiy taraqqiyotga olib keluvchi kuch ziddiyat va qarama-
qarshiliklar emas, balki turli ijtimoiy darajalardagi murosa va konsensus ekanligini
uqtiradi. «Qarama-qarshiligi ravshan, ayon bo'lgan narsaga
qanday inonib bo'ladi?», deb ulug'
mutafakkir qarama-
qarshiliklardan holi bo'lgan jarayonlarga o'zgarish ehtiyoji