B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

1.3.
 
Mavzu: Ildiz va ildizlar tizimi.
Ildizning birlamchi 
morfo-anatomik tuzilishi 
Reja: 
1. Ildiz haqida umumiy tushuncha. 
2.Ildizlar tizimi va ildizning birlamchi morfo-anatomik tuzilishi. 
Tayanch iboralar: 
Ildiz, morfologik, anatomik, rizoderma, epiblema, 
ekzoderma, mezoderma, markaziy silindr, protoksilema, ksilema, floema.
 
 1.Ildiz haqida umumiy tushuncha 
Odatdagi tuzilishi bo‘yicha ildizlar yuksak o‘simliklarning (moxlardan 
tashqari) yer ostki organi hisoblanib, u o‘simlikning tadrijiy rivojlanishida 
quruqlikka chiqishi tufayli hosil bo‘lgan.
Ildiz quyidagi vazifalarni bajaradi:
1) tuproqdan suv va unda erigan moddalarni o‘zlashtiradi; 2) ildiz 
yordamida o‘simlik tuproqqa mustahkam birikadi; 3) ildizda turli moddalar hosil 
bo‘ladi (aminokislotalar, gormonlar, alkaloidalar va boshqalar); 4) oziq moddalar 
zapas holda to‘planadi; 5) ildizlar vegetativ ko‘payish uchun xizmat qiladi; 6) 
ildizlar tuproqdagi boshqa o‘simlik organizmlariga (mikroorganizmlar va 
zamburug‘larga) ham ta’sir etadi. Ildizning yuqorida sanab o‘tilgan vazifalari 
normal rivojlangan ildizlar uchun xosdir. 
Ildizning tuproqdan suv va unda erigan mineral moddalarni o‘zlashtirishi 
uning asosiy va biologik jihatdan muhim vazifasi hisoblanib, bu uning ichki va 
tashqi tuzilishini belgilaydi. Ildizning eng uchki qismida apikal meristema 
hujayralar tashqi tomonidan ildiz qini bilan o‘ralgan. Ildiz qini konussimon qalqon 


60 
shaklida bo‘lib, bir-birlari bilan kuchsiz bog‘langan yupqa po‘stli, bir oz cho‘ziq 
va nozik hujayralardan tashkil topgan. 
Ildiz o‘q organ, u shoxlanish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun nisbatan katta 
yuza hosil kiladi. Bu o‘z navbatida ildizni tuproq bilan o‘zaro ta’sirini oshiradi va 
suv shimishni yengillashtiradi. Ildizning umumiy yuzasi yer ustki organlarga 
nisbatan ariq bo‘ladi, tez o‘sishi va shoxlanishi natijasida katta maydonlarni 
egallab oladi. Dastlabki ildiz o‘simlikning urug‘idagi murtakda rivojlanadi. Undagi 
asosiy va yon ildizlar shakllanib, ular ham o‘z navbatida shoxlanib ketadi. Ana 
shunday ildiz tizimi ikki pallali o‘simliklar uchun xosdir.
Bir pallali o‘simliklarda asosiy ildiz uncha o‘smaydi va nobud bo‘ladi, ildiz 
tizimi esa poyaning ostki qismidan rivojlangan qo‘shimcha ildizlardan tashkil 
topadi. Bunday ildizlar rivojlanish darajasi bo‘yicha deyarli bir xil, ular 
popuksimon ildiz tizimini hosil qiladi.
Ildizlar odatda silindrsimon shaklda bo‘lib, o‘q organlar uchun xos bo‘lgan 
radial simmetriyali tuzilishga ega. Bargsiz ba’zi bir o‘simliklarda ildizlar 
qo‘shimcha kurtak hosil qiladi va ulardan qo‘shimcha novdalar shakllanadi. 
Ildizning uchi ildiz qini bilan himoyalangan, uning ostida o‘sish nuqtasi 
joylashgan.
Ildiz vegetativ organ sifatida ana shunday morfologik belgilar bilan 
tavsiflanadi.
Ildiz qini ostida meristematik xarakterdagi hujayralardan iborat 
bo‘linish 
zonasi
joylashgan. Deyarli barcha bo‘linuvchi hujayralar ana shu zonaga 
joylashgan va taxmina 1 mm o‘lchamga ega. Bo‘linish zonasi ildizchaning sariq 
rangda bo‘lishi, uning hujayralari sitoplazma bilan to‘lib turishi va vakuolalarning 
bo‘lmasligi bilan ajralib turadi. 
Ildizning uchki qismida bo‘linish zonasidan keyin o‘sish zonasi joylashadi. 
Bu zonada hujayralar ildiz o‘qiga nisbatan parallel yo‘nalishda bo‘lib, kuchli 
ravishda yiriklashadi, ammo, bu zonada hujayralarning bo‘lishi deyarli 
kuzatilmaydi. Ildiz hajmining ortishi hujayralarning umumiy suv bilan to‘yinishi 
va yirik vakuolalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. O‘sish zonasi uncha katta emas, bir 


61 
necha mm dan oshmaydi. O‘sish zonasining oxirlarida joylashgan hujayralar 
cho‘zilish imkoniga ham ega emas va tuproq zarrachalari bilan uncha 
ishlashmaydi.
Rizodermadan ko‘plab ildiz tuplari paydo bo‘ladi. Ular tuproq zarrachalari 
bilan shunday ilashib ketganki, hatto ular bir-biri bilan qo‘shilib ketganday 
seziladi. Ildizning ildiz tuklariga ega bo‘lgan qismiga shimish zonasi deyiladi. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, suv va mineral moddalarning shimilishi ana shu 
joyda kuzatiladi. Shimish zonasi bir necha o‘n santimetrga borishi mumkin. Ildiz 
tuklari uzoq yashamaydi, tezda nobud bo‘ladi. 
O‘tkazuvchi zona bir necha metrga borishi mumkin. Bu zona orqali suv va 
mineral moddalar o‘simlikning barcha organlariga yetib boradi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə