Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot


Chiziqli diskreminant tahlil usuli



Yüklə 249,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix19.12.2023
ölçüsü249,03 Kb.
#150397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Usmonova Muborak

Chiziqli diskreminant tahlil usuli;
Xususiy yuz usuli kabi holatlarni ideallashtirish uchun qo‘llanilib, shuningdek, 
yorug‘likning yagona parametrda bo‘lishi, ko‘zoynak taqib kirishda xalaqitlar va 
soqqolning paydo bo‘lishi. Bu holatlar umumiy tasodiflarda hech qachon dastlabki 
qayta ishlash uchun yo‘l topa olmaydi. Bu kamchiliklarni albatta bartaraf etish lozim. 
Shuning uchun asosiy komponent usuli bilan bilan birgalikda ishlash tavsiya etiladi.

Yuzning geometrik xarakteristikalari asosidagi usul;


Bu usul hammasidan birinchi bo‘lib qo‘llanilgan. Bu usul birinchi kriminal sohada 
qo‘llanilgan va u yerda qayta ishlangan. Keyin uning kompyuter dasturlari ishlab 
chiqilgan. Birinchi yuzning kalit nuqtalari topilgan va belgilar to‘plami tuzilgan. Xar 
bir belgi kalit nuqtalar orasidagi masofani ifodalagan.
Empirik aniqlash usuli
Rasmlarda yuzni aniqlashda inson miyasi bilan solishtirish juda muvaffaqqiyatli yo‘l 
hisoblanadi. Shuningdek bu usul oldin qo‘llanilgan va ayrim masalalarni hal qilgan.
Foydalanuvchini autentifikatsiyalash turlari
Biometrik tizimlar
.
http://fayllar.org 
http://fayllar.org
 
3.
 
Barmoq iziga asoslangan autentifikatsiya usuli va uning xususiyatlari 
Barmoqizlari yordamida biometrik autentifikatsiyalash. Biometriktizimlarning 
aksariyati identifikatsiyalash parametrik sifatida barmoq izlaridan foydalanadi 
(autentifikatsiyaningdaktiloskopik tizimi). Bu tizimlar XX asrning 60- yillarida kirib 
kelgan bo’lib, jinoyat ishlari bilan shug’ullanuvchi organlar foydalangan. Bunday 
tizimlar sodda va qulay, autentifikatsiyalashning yuqori ishonchliligiga ega. Bunday 
tizimlarning keng tarqalishiga asosiy sabab barmoq izlari bo’yicha katta ma’lumotlar 
ba’zasining mavjudligidir. Bunday tizimlardan dunyoda asosan politsiya, turli davlat 
va ba’zi bank tashkilotlari foydalanadi.
Autentifikatsiyaning daktiloskopik tizimi quyidagicha ishlaydi. Avval foydalanuvchi 
ro’yxatga olinadi. Odatda, skanerda barmoqning turli xolatlarida skanerlashning bir 
necha variant amalga oshiriladi. Tabiiyki, namunalar bir– biridan biroz farqlanadi va 
qandaydir umumlashtirilgan namuna, «pasport» shakllantirilishi talab etiladi. Natijalar 
autentifikatsiyaning ma’lumotlar bazasida xotirlanadi. Autentifikatsiyalashda 
skanerlangan barmoq izi ma’lumotlar bazasidagi «pasportlar» bilan taqqoslanadi.

Hozirgi kunda 3xil barmoq izlarini olish texnologiyasi mavjud:


optik nurlar orqali barmoq izini olish(FTIR ya’ni optik qurilmalar);


yarim o’tkazgichlar orqali(termoskanerlar);


ultratovushlar.


Bularning barchasi bir xil prinsipda ishlaydi ya’ni bir xil matematik algoritmlar va 
olingan natijalarni bir biri bilan solishtirish. Barmoq izlarining skanerlari. Barmoq 
izlarini skanerlovchi an’anaviy qurilmalarda asosiy element sifatida barmoqning 
xarakterli rasmini yozuvchi kichkina optik kamera ishlatiladi(1.4-rasm). Ammo, 
daktiloskopik qurilmalarni ishlab chiqaruvchilarning ko’pchiligi integral sxema 
asosidagi sensorli qurilmalarga e’tibor bermoqdalar. Bunday tendentsiya barmoq 
izlariga asoslangan autentifikatsiyalashni qo’llashning yangi sohalarini ochadi.
Bunday texnologiyalarni ishlab chiquvchi kompaniyalar barmoq izlarini olishda turli, 
xususan elektrik, elektromagnit va boshqa usullarni amalga oshiruvchi vositalardan 
foydalanadilar.
Skanerlardan biri barmoq izi tasvirini shakllantirish maqsadida teri qismlarining 
sig’im qarshiligini o’lchaydi. Masalan, Veridicom kompaniyasining daktiloskopik 
qurilmasi yarimo’tkazgichli datchik yordamida sig’im qarshiligini aniqlash orqali 
axborotni yig’adi. Sensor ishlashining prinsipi quyidagicha
Ushbu asbobga qo’yilgan barmoq kondensator plastinalarining biri vazifasini 
o’taydi.Sensor sirtida joylashgan ikkinchi plastina kondensatorning 90000 sezgir 
plastinkali kremniy mikrosxemasidan iborat. Sezgir sig’im datchiklari barmoq sirti 
do’ngliklari va pastliklari orasidagi elektrik maydon kuchining o’zgarishini o’lchaydi. 
Natijada do’ngliklar va pastliklargacha bo’lgan masofa aniqlanib, barmoq izi tasviri 
olinadi. Integral sxema asosidagi sensorli tekshirishda AuthenTeckompaniyasida 
ishlatiluvchi usul aniqlikni yana ham oshirishga imkon beradi.
Bu usul bo’yicha asosiy skaner sifatida Identix kompaniyasining TouchSafe II 
skanerlarini keltirish mumkin. Bu skaner kontrolleri kompyuterga ISA shinasi orqali 
ulanadi.
Qator ishlab chiqaruvchilar biometrik tizimlarni smart-kartalar va karta– kalitlar bilan 
kombinatsiyalaydilar.
Integral sxemalar asosidagi barmoq izlari datchiklarining kichik o’lchamlari va yuqori 
bo’lmagan narxi ularni himoya tizimi uchun ideal interfeysga aylantiradi. Ularni 
kalitlar uchun breloklarga o’rnatish mumkin. Natijada foydalanuvchi kompyuterdan 
boshlab to kirish yo’li, avtomobillar va bankomatlar eshiklaridan himoyali 
foydalanishni ta’minlaydigan universal kalitga ega bo’ladi

Yüklə 249,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə