Shaxslararo munosabatlar jarayonida shaxsning ishtiroki va bu jarayonda
shaxslar o’rtasida kechadigan munosabatlarni
o’rganish ijtimoiy psixologiya uchun
dolzarb muammolardan biri boiib kelmoqda. Bunday munosabatlar sirasiga shaxs
xulq-atvoriga tegishli bo’lgan altruizm, egoizm, agressiya, tolerantlik, stigma,
diskriminatsiya tushunchalarini kiritish mumkin. Bugungi kunda bu
tushunchalarning mohiyatini ochishga harakat qilish ijtimoiy psixologiya sohasida
faoliyat yuritayotgan mutaxassislarning barchasini qiziqtirayotganligi bejiz emas,
albatta. Chunki bu tushunchalar aynan shaxs va jamiyat munosabatlariga ham o’z
ta’sirini o’tkazadi.
Shaxslararo munosabatlarda ba’zan kishilar bir
-birlarining egoistik xulqidan
shikoyat qilishi kuzatiladi. Bunday xulq qanday kechishini tahlil qilib ko’ramiz.
Egoizm shaxsning ijtimoiy muhitiga salbiy ta’sir qiladi. Hech qaysi shaxs o’z
atrof
ida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarni hissiyotsiz baholamaydi. Yaqin
kishilar bilan yoki oilaviy munosabatlarda muammolar yuzaga kelganida, kishilar
mas’uliyatni ko’proq o’z juftiga yuklaydi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra, ajralish
uchun kelganlarning
ko’pchiligi oilaning ajrim ostonasiga kelib qolganligi uchun
o’z juftini yoki yana kimlarnidir aybdor deb hisoblaydilar. Aksincha, oilaviy
munosabatlardagi ijobiy jihatlar, ishdagi yoki boshqa sohalardagi
muvafaqqiyatlarning sababchisini ko’rsatish lozim b
o’lsa, albatta o’z ishtirokchidan
so’z ochishadi va bunday xususiyat ko’pchilikka xosdir. Ma’lum bir sohada bir xil
muvaffaqiyatga yoki natijaga erishish uchun raqobatlashayotgan olimlar o’zlarining
fanga qo’shgan hissalari haqida gapirayotganida kamdan kam kamtar bo’lishi xorij
psixologiyasining yetuk olimlaridan biri
– E.Ross tomonidan tasdiqlangan. E.Ross
bu fikrining
Dostları ilə paylaş: