Klassik maktab vakillarining iqtisodiy qarashlari


bir odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan



Yüklə 3,13 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/12
tarix23.12.2023
ölçüsü3,13 Mb.
#157573
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-MAVZU TAQDIMOTI

bir
odamning shaxsiy manfaati boshqalarning umumiy manfaatidan ajralgan
bo’lishi mumkin emas
.
Bu esa erkinlik hukmronlik qilgan sharoitda bo’ladi. Ana
shunda dunyo o’z-o’zidan harakatlanadi. Shu bilan birga, F.Kene ogohlantirib
aytishicha, «Yuqori hokimiyat» oqsuyaklardan yoki yirik er egalari vakillaridan
tashkil topishi mumkin emas; ular birga qo’shilib qonunning o’zidan ancha kuchli
hokimiyat tashkil etishi, millatni qul qilishi, adolatsizlikni keltirib chiqarishi,
yirtqichlarcha zulm o’tkazishi va o’ta ketgan
beboshlikni keltirib chiqarishi mumkin. U,
yuqori davlat hokimiyati davlat boshqaruvini
amalga oshirish uchun zarur bo’lgan –
tabiiy tartib – qonunlarini yaxshi biladigan,
o’qimishli bir shaxs qo’lida bo’lishini maqsadga
muvofiq
deb hisoblagan
.


F.Kenening nazariy merosida uning 
sof mahsulot
(hozir uni milliy 
daromad deb atashadi) to’g’risidagi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Uning 
fikriga ko’ra, sof mahsulotning manbai yer va unga sarflangan qishloq 
xo’jaligi ishlab chiqarishida band bo’lgan kishilarning mehnati hisoblanadi. 
Demak, boylikning (sof mahsulot) ko’payishi qishloq xo’jaligi ishlab 
chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan «yer in’omidir». Shu bois, davlat sanoatni 
emas, balki qishloq xo’jaligini rag’batlantirish to’g’risida g’amxo’rlik qilishi 
kerak. F.Kene: 
«Dehqonlar kambag’al bo’lsa, qirollik kambag’al bo’ladi, 
qirollik kambag’al bo’lsa qirol kambag’al bo’ladi»,
deb hukumatni 
ishontirishga harakat qilgan. Savdo va sanoat boylik yaratmaydi, negaki 
savdogar va hunarmandlar qishloq xo’jaligida yaratilgan boylikni faqat bir 
joydan ikkinchi bir joyga etkazish va o’zgartirish bilan shug’ullanadi. Shuning 
uchun savdo va sanoat 
«unumsiz»
hisoblanadi. 
U yerdagi tovarning o’sgan qiymati 
faqatgina savdo va sanoat xarajatlarini 
qoplash vositalarini o’z ichiga oladi, 
sof mahsulot esa bunda ko’paymaydi.
boylik yaratilishini
Fiziokratlar
sanoatning

Unumsizligi
F. Kene
Sanoatning

Unumdor




Yüklə 3,13 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə