Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

O‘YLAB KO‘RING VA 
MANTIQIY XULOSA 
CHIQARING


19
XX asr boshlariga kelib Fransiya dunyoning eng qudratli davlatlari qatoriga kirsa-da
inqiloblar va urushlardagi juda katta yoʻqotishlar tufayli rivojlanish surʼatlari tobora pa
-
sayib borayotgan edi.
Butun XIX asr davomida Fransiya sanoat ishlab chiqa-
rish
ining darajasi boʻyicha Angliyadan keyin – ikkinchi 
oʻrinni egallab keldi. Asr oxiriga kelib esa yosh kapitalizm 
mamlakatlari boʻlgan AQSH va Germaniyadan ham ort
-
da qolib ketdi. Taraqqiyot darajasining sekinlashuvi Fran-
siya iqtisodiyotining belgilaridan biriga aylandi. Shunga 
qaramasdan, Fransiya banklari asr oxirida juda katta 
moliya kapitaliga egalik qilardi. Bu holat banklarning 
kon­
sentratsiyalashuvi
, ularning sanoat bilan qoʻshilib ketishi 
va moliya kapitalining shakllanishiga olib keldi. Moliya 
oligarxiyasi mamlakatning iqtisodiy va siyosiy hayotida 
asosiy kuchga aylandi.
Parij kommunasi yig‘ilishi
Parij kommunasi 
72 kunlik qizgʻin 
faoliyat olib bordi.
1870-yil 4-sen-
tyabrda Fransiyada 
Uchinchi respublika 
eʼlon qilindi.
YODDA TUTING


20
F
ransiya­Prussiya urushi prussiyaliklarning gʻalabasi bi
-
lan yakunlangandan soʻng, 1871­yil yanvarda Prussiya 
imperatori 
Vilgelm I
Versal saroyining serhasham oynaband 
zalida Germaniya imperatori deb eʼlon qilindi. Mamlakatni 
birlashtirish uchun olib borilgan uzoq yillik kurash yakunlandi.
Nemislar tantana qilardi. Bismark mamlakatni birlashtirish-
ni uddaladi. Janubiy german davlatlari bilan shartnomalar 
imzolandi. 1871-yil bahorida birinchi imperiya reyxstagi kons-
titutsiya qabul qildi. Konstitutsiya Prussiyaning imperiyadagi 
yetakchilik rolini mustahkamladi. Germaniya jadal rivojlana-
yotgandi, uning sanoat mollari barcha qitʼalardagi bozorlarga 
kirib borgandi. Xoʻsh, bunday muvaffaqiyat siri nimada edi?
Eng avvalo, bu mamlakatning birlashtirilishi va natijada 
yagona ichki bozorning shakllanishi bilan bog‘liq edi. Bojxona 
chegaralari yoʻq boʻldi, yagona pul birligi, ogʻirlik va uzunlikning 
yagona oʻlchov tizimi joriy qilindi. 1871­yildan 1875­yilgacha 
mamlakatda juda koʻplab sanoat kompaniyalari va banklar 
paydo boʻldi. 
XIX asrning 90-yillarida Germaniya katta iqtisodiy sak-
rashni amalga oshirdi. Sanoat ishlab chiqarishining umumiy 
hajmi boʻyicha agar 1870­yili jahonda toʻrtinchi oʻrinda boʻlsa, 
1880-yili uchinchi, 1913-yili esa AQSHdan keyingi – ikkinchi 
oʻringa chiqib oldi. Yirik sanoat banklari va korporatsiyalarni 
tashkil qilish jarayoni davom etdi. Ulardan baʼzilari mono
-
poliyalarga aylandilar. Yirik korporatsiyalar eng avvalo ogʻir 
sanoatda tashkil qilindi. Sanoatning bitta yoki bir nechta 
sohasini nazorat qiluvchi sanoat magnatlari va uddaburon 
bankirlar paydo boʻldilar.
Qishloqlarda tabaqalashuv jarayoni jadal davom etdi. 
Koʻplar shaharlarga ketishga majbur boʻldi. Agar 1871­yili 
Germaniya aholisining 1/3 qismi shaharlarda yashagan boʻl
-
sa, 1910-yilga kelib 2/3 qismi shaharlarda istiqomat qilardi.
Germaniya industrial mamlakatga aylandi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Germaniya faol mus-
tamlakachilik siyosatini olib bordi. Imperator 

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə