Shartli belgilar: taqrizchilar



Yüklə 336 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/153
tarix24.12.2023
ölçüsü336 Kb.
#158029
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153
10-sinf Jahon tarixi yangi darslik

evolyutsion 
yoʻli
ni tanladi.
Bu davrdagi iqtisodiy yuksalish ish-
chilarga oʻz ahvollarini yaxshilash uchun 
kurashish imkonini berdi. Kasaba uyush-
malarining ish vaqtini qisqartirish va oʻz 
faoliyatlarini legallashtirish uchun kurashi 
ular saflarining sezilarli kengayishiga olib 
keldi. Oʻsha davrda koʻpchilik ishchi tash­
kilotlari muammolarni hal qilish yoʻllarini 
inqilobiy harakatdan emas, islohotchilik-
dan izlash lozim deb hisoblashardi. 
Ammo XIX asrning 70-yillariga kelib 
Angliya sanoatning rivojlanish surʼatlari 
boʻyicha Germaniya va 
AQSH kabi yosh sa-
noat mamlakatlaridan ortda qola boshladi. 
Sanoatning yangi sohalari boʻlgan kimyoviy 
ishlab chiqarish va elektrotexnikada ham 
Germaniya va AQSH Angliyadan o‘zib ket-
gandi. 
Angliya sanoati nisbatan sekin rivojlanishining asosiy sababi uning texnik qoloqligi 
edi. Yosh kapitalistik mam lakat lar – Germaniya va AQSHda sanoat korxonalari oʻz 
davrining eng ilgʻor texnikasi asosida qurilayotgan, Angliyada esa sanoat ancha oldin 
paydo boʻlganligi sababli koʻplab zavod va fabrikalarning uskunalari eskirib qolgan edi.
XX asr boshlariga kelib AQSH dunyoning birinchi sanoat mamlakatiga aylandi. 
Germaniya sanoati ham bir qator muhim sohalar, masalan, metallurgiya boʻyicha 
katta tezlik bilan Angliyani quvib oʻta boshladi. Germaniya savdo sohasida ham katta 
raqobatni vujudga keltirdi. XIX asr oxirlaridayoq nemislarning arzon tovarlari Angliya 
va uning mustamlakalari bozorlariga kirib keldi.
Shu 
tariqa Angliya dunyoning birinchi sanoat mamlakati maqomini yoʻqotdi va birin
-
chi jahon urushi arafasida 
Pax Britanica 
(
Paks Britanika – 
“Britaniya dunyosi”) davri 
oʻz yakuniga yetdi.
Fuqarolik jamiyati – ...
ESGA OLING
Xalqaro sotsialistik ishchilar va kasaba 
uyushmalari kongressi, London, 1896-yil


13
Ammo 
XX asr boshlarida ham Angliya dunyoning eng boy mamlakati boʻlib qola
-
yotgan edi. Bu davrda sanoati rivojlangan boshqa mamlakatlar Angliya singari yirik 
kapitalga ega emasdi.
Birinchi jahon urushi arafasida beshta yirik 
bank moliya bozorida yetakchilik qilardi, ular 
Londonning markaziy dahasi – Sitida joylashgan 
bo‘lib, butun dunyo boʻylab filiallariga ega edi. 
Bu banklar oʻz kapitallarini butun dunyo boʻylab 
foydali sohalarga joylashtirdi va bu jarayon 

Yüklə 336 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə