N. M. Kayumova



Yüklə 4,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/287
tarix24.12.2023
ölçüsü4,4 Mb.
#159349
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   287
portal.guldu.uz-Maktabgacha pedagogika (1)

1978-1980-yilIar 
- Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya prog­
rammasi takomillashtirildi va qayta nashr etildi.
1980-1999-y illar 
- Bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiya pro- 
grammasining bir necha bor takomillashtirish jarayonlari 
bo'lib o'tdi. Mustaqilligimizning ilk mevasi bo'lgan "Uchinchi 
ming yillikning bolasi" dasturi qabul qilindi. Unda bolalarni 
barkamol shaxs sifatida tarbiyalash va ularga ta’lim berishning 
uch asosiy: ma'naviy, jismoniy va nutq rivojlanishi yo'nalishlari 
belgilab berildi.
2010-yil - O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim 
Vazirligi tomonidan "Bolajon" tayanch dasturi nashrga tavsiya 
etildi.
2018-yiI 
- O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim 
vazirligi tomonidan "Ilk qadam" o'quv dasturi qabul qilindi
91


“IL K Q A D A M " D A V L A T O 'Q U V D A S T U R I
Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi 
"O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi 
bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq 
ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktab­
gacha ta'lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbi- 
yaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bo­
lalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- 
tensiyalari belgilab berilgan3,
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar­
cha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, 
maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xiz­
mat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi 
ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta'lim muassasalari;
maktabgacha ta'lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat 
muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar 
uylari;
maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi 
boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash 
majburiydur.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM 
davlat o'quv dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazi­
falari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda 
majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomoni­
dan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish 
huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining 
MTM ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta'lim

Yüklə 4,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   287




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə