6-rasm.
Fibroblastlar. a) yorag‘lik mikroskopiyasi yordamida olingan surat
(1- aktinli mikrofilamenlar, 2-yadro) XlOOO (ming marta kattalashtirilgan);
b) fazo - kontrastli mikroskopiya X500; d) immunofluoressentli
mikroskopiya (3-mikrotrubkalar) X980; e) konfokalen mikroskopiya XlOOO
marta kattalashtirilgan,
Ko‘plab
pigmentlar, vitaminlar,
gormonlar va qator boshqa
moddalar hujayraga qisqa to‘lqinli nur tushirilganda, o‘z-o‘zidan
(spontan) fluoressensiyalanish xususiyatiga ega.
Xuddi shunday
xususiyatga tirik organizmlami barcha hujayralari ham ega, ammo ko‘p
holatlarda bu voqeylik juda ham kuchsiz namoyon bo‘ladi.
Bunday
holatlarda ko‘plab hujayralar ichidagi strukturaiami kuzatish uchun
ikkalamchi yoki yo‘naltirilgan fluoressensiyadan foydalaniladi. Bu esa,
hujayraga oldindan maxsus fluoroxromlar (fluoressein, rodamin)
bilan
ishlov berishni talab qiladi.
Fluoroxromlar antitelalami molekulalari bilan bog'lanishlari ham
mumkin, bu esa, ulami faqat ma’lum makromolekulalar bilan tanlab
bog‘lanuvchi yuqori spetsifik reagentlar safiga qo‘shib qo‘yadi.
Fluoressensiyani
bu turini
immunofluoressensiya
deb ataladi.
Bunda, avval oqsilga (masalan, tubilinga) antitana saqlagan spetsifik
zardob olinadi. Tozalangan antitanalar kimyoviy yo‘l
bilan fluoressent
18
mikroskop yordamida, (tekshiriladigan obyektda)
hujayrada oqsilni
lokalizatsiyasini fluoroxromni nur berishi orqali o‘rganiladi(6d -rasm).
Dostları ilə paylaş: