pudratchi va subpudratchilar) o ‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitoblami amalga
oshirish uchun asos bo‘luvchi schot-fakturalarga ilova qilinadi.
Qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ushbu
texnika yordamida xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan tashkilotlar uchun
daromad olishning asosiy manbai hisoblanadi. Bunday tashkilotlarda
qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan ishlar ulami
tasdiqlovchi hujjatlar (ESM-7, schot-faktura) asosidahisobdaquyidagicha
aks ettiriladi:
Debet 4010 «Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schotlar»;
Kredit 9030 «Bajarilgan ish va xizmatlardan olingan daromadlar».
Qurilish, qurilish-montaj va boshqa ishlami olib borayotgan pudratchi
tashkilotlarda qurilish mashinalari va mexanizmlari tomonidan bajarilgan
ishlar qiymati umumpudrat ishining tarkibiy qismi hisoblanadi va uning
tannarxiga kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: