Тo’qimada bir-biriga yondoshib
yotgan hujayralar qatlamlar hosil
qiladi. Ular bir-biriga nisbatan
shunday joylashadiki, bir
hujayraning markaziy qismiga
boshqa hujayraning o’tkir uch
qismi yopishadi. Silliq mushak
hujayralari sirtdan sarkolemma
bilan qoplangan, unda qalinligi
taxminan 7,5 nm ga teng
plazmatik membrana va tashqi
bazal membrana farq qilinadi.
Yonma-yon yotgan
hujayralarning plazmatik
membranalari ba’zi joylarda juda
yaqinlashib, tutashish nuqtalarini
hosil qiladi.
Miofibrillalar mushak
hujayrasining qisqaruvchi
apparatini tashkil etishi sababli
ular eng muhim ahamiyatga ega.
Miofibrillalar skelet mushagiga
xos bo’lgan ko’ndalang-
targ’illikka ega emas va oddiy
mikroskopda bir jinsli ipchalar
shaklida ko’rinadi. Elektron
mikroskop bilan silliq mushak
hujayralari o’rganilganda
hujayraning butun uzunligi
bo’yicha yotuvchi uzluksiz
miofibrillalar aniqlangan emas.
Hujayra sitoplazmasida bo’ylama
joylashgan submik-roskopik
protofibrillalar mavjud bo’lib, ular
tutamlar hosil qilmaydi.
Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin
protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir.
Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak
bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak
qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik
kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi,
plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin
oqsillari topilgan.
Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o’rta qismida zich
tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida ko’rinadi. Silliq mushak
hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo’lib, ular ko’ndalang targ’il
mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq
mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan
hosil bo’lgan tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-sistemasini
eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o’rin tutadi.