Buxoro davlat universiteti


Bitiruv  malakaviy  ishining  hajmi



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/23
tarix20.04.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#85755
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
O`zbekiston respublikasi oliy va o`ta maxsus ta`lim vazirligi

Bitiruv  malakaviy  ishining  hajmi:

  Bitiruv  malakaviy  ishi  58  betdan  iborat 

bo’lib, unda 7 ta rasm, 2 ta sxema, 3 ta jadval va 32 nomdagi keng adabiyotlardan 

foydalanilgan.  

 

 



 



1. Nuklein  kislotalar  



 

Har  bir  hujayrani    asosiy  xususiyati  ko`payish,  naslni  saqlash    va  uni 

avloddan avlodga ko`chirishdir . 

Bu vazifani  hujayra yadrosida joylashgan  nuklein kislotalar  deb ataluvchi 

,yuqori  molekulyar  azot tutuvchi  biopolimerlar  sinfi bajaradi . 

Nuklein  kislotalar  oqsillar  kabi  hayot  uchun    zarur  yuqori  molekulyar 

biopolimerlardir.  Ular  barcha  tirik  organizmlarda    keng  tarqalgan  bo’lib  ,o`z 

molekulalarida  organizm  uchun  zarur  bo`lgan  oqsil  va  boshqa  moddalarni  

sintezlaydi.  Nuklein  kislotalarning  asosiy  vazifasi    irsiy  belgilarni  saqlash    va 

avloddan avlodga berish hisoblanadi . 

Bu esa hayotni uzluksizligini  ta’minlaydi .Organizmda  kechadigan biologik 

jarayonlar  energiya  almashinuvi,  oqsillar  biosintezi    nuklein  kislotalar    faoliyati 

bilan bog’liq [3]. 

Nuklein  kislotalar    va  oqsillar  hayotning  material  asosini  tashkil  qiladilar. 

Ular  o`zaro  bog`liq,  ammo  ularning  hujayradagi  o’rni  va  vazifasi  farq  qiladi. 

Oqsillar  asosan  qurilish  va  hujayraning    ishchi    organlari  materiali:  nuklein 

kislotalar  esa  axborot  material,  ular    organizm  tuzilishi,  o`sishi,  rivojlanishiga 

tegishli ma’lumotlarni saqlanishi, takrorlanishi, almashinuvui va avloddan- avlodga 

ko`chirishni ta’minlaydi. 

Nuklein kislotalar yangi bir biologik modda sifatida 1868-yili shvedsariyalik 

biologik  olim  Fredrix  Misher  tomonidan  kashf  etildi.  U  yiringni  tashkil  qiladigan 

qon  elementlari-leykotsitlar  (yiring  hujayralari)  yadrosidan  fosforga  boy  

noma’lum  birikmani    ajratib  olib  unga  “nuklein”  nomini  berdi.  Ular    tarkibida  

fosfat  kislota  bo`lganligi    va  kislota  xarakteriga    ega  ekanligi  hamda  yadrodan 

(yadro  lotincha  nukleus)  ajratib  olinganligi,  ilgari    noma’lum  bo’lgan  bu 

birikmalarni  “nuklein  kislotalar”  nomi    bilan  atashga  asos  bo’ldi.  Keyinchalik  

bunga o’xshash  moddalar  hujayra sitoplazmasida  ham topildi. 



 

Lekin Fredrix Misher ajratib olgan modda sof  nuklein kislotalar emas, balki 



oqsillar  bilan  birikmasi  –  nukleoproteid    edi.  Keyinchalik  sof    holdagi    nuklein 

kislotalarni  1899-yilda  R.  Almant  hayvon  to’qimalaridan,  1936-yilda  A.N.Belo-

zerskiy o`simlik moddalaridan ajratib oldilar. 

Nuklein  kislotalarning    elementar  kimyoviy  tarkibi,  fizikaviy  va  kimyoviy 

xossalari  yaxshi  ma’lum  bo’lsa  ham  uzoq  yillar  davomida  ularning  hujayradagi 

tarqalishi,  biologik  roli  aniqlanmay  keldi.  Bu  masalalarga  faqat  20-yillarning 

oxirida,  yadrosidagi  hujayra  xromosomalarda  nuklein    kislotalarning  bir  turi 

dizoksiribonuklein  kislota  (DNK)  ko`p  miqdorda  topilishi  tufayli    chuqur  e’tibor  

bera boshlandi [3-8]. 

Oqsillar biosintezi jarayoni, organizmning irsiy va  genetik o`zgaruvchanligi 

mexanizmlari,  irsiy  kasalliklarning  kelib  chiqishi  va  avj  olib  borishi  

mexanizmlarini    tushuntirish  uchun    nuklein  kislotalarning    tuzilishi  to’g’risidagi 

bilimlar  zarur  bo’lgan.  1891-  yilda  nemis  olimi  Kossel    bu  moddalarni  gidroliz 

qilib,  ular  3  xil  komponentdan  purin  hamda  pirimidin    qatoriga  kiradigan  

geterosiklik azotli asoslar, uglevod va fosfat  kislotadan tashkil topganini  aniqladi. 

Shuningdek  u  nuklein  kislotalarning  2  tipi  mavjud  ekanligini  ko’rsatdi.  Nuklein 

kislotalarning hujayrada tarqalishi, bajaradigan vazifasi  va tuzilishi  bo’yicha bir-

biridan farq  qiladigan 2 turi mavjud.  

Dezoksiribonuklein kislota (DNK).  

DNK  hujayrada  asosan  yadroda  joylashgan  va  nasliy  belgilarni  saqlash, 

avlodlarga o’tkazish vazifasini bajaradi, uning molekulasidagi uglevod komponenti 

pentoza  dezoksiriboza bo’lganidan  u shu nomni olgan . 

Ribonuklein  kislota (RNK).  

RNK  asosan    hujayra  sitoplazmasida    va  ribosomalarda  joylashgan.  Uning  

bir  necha  tiplari  bo’lib  (t-RNK,  p-RNK,  i-RNK)  hammasi  oqsil  sintezida 

qatnashadi.  Ribonuklein  kislotalarning uglevod komponenti ribozadir [8]. 

Undan  ilgari  nuklein    kislotalarning  2-tipi  (RNK)  olingan  manbaga  qarab 

achitqi yoki  sitoplazma nuklein  kislotasi, 1-tipi (DNK) hayvonlarning bo’qoq bezi 




 

(timusdan  ) olingani uchun timonuklein   kislota  yoki  yadro   nuklein   kislota   deb 



atalar edi. 

Nuklein    kislotalarning    tiplari  ,kimyoviy  tarkibi  o’sha  yillardan  boshlab  

o’rganib  kelingan  bo’lsa  ham  ularning  ajoyib    biologik    funksiyalari    faqat  1940 

yillardagina tushunila  boshlandi. Nuklein kislotalarning molekulyar massalari juda 

yuqori.  Ayrimlariniki    bir  necha  mlrdni  tashkil  etadi.  Shunga  muvofiq    ularning 

fizik  -  kimyoviy  xossalari,  ayniqsa  strukturasi  juda  murakkab.  Lekin  nuklein 

kislotalarni elementar tarkibi  ancha sodda asosan C, H, N va N (15-16%) miqdori 

xarakterlidir.  Nuklein    kislotalarni  gidroliz  qilib  ularni  polimer  birikma  va 

monomerlari  azot  asosi, uglevod va fosfat kislotadan    tashkil  topgan nukleonidlar 

RNK-ribozapolinukleotid  va  DNK-  dezoksiribozapolinukleotid  ekanligi  tasdiq-

landi. 

Nuklein  kislotalar  yuqori  molekulyar    polimer  bo’lib,  juda  ko’p 

monomerlardan  tuzilgandir.  Ular  nukleotid  deb  ataluvchi  monomerlardan  tashkil 

topganliklari  uchun  polinukleotid    deb  ataladi.  Har  bir  mononukleotid  fosfat, 

monosaxarid  pentoza – riboza yoki dizoksiribozadan va  azot asosidan:  purin yoki 

pirimidin asosidan tashkil topgan [11-15]. 

Nuklein kislotalarni birinchi marta 1869 yilda shvetsariyalik shifokor yiring 

hujayralari  yadrosidan  ajratib  oldi  va  uni  nuklein  (lotinsha  nukleus–yadro)  deb 

atadi.  XX  asrning  50-yillarigacha  barcha  biokimyoviy  jarayonlar  oqsillar 

ishtirokida  boradi  deb  hisoblanar  edi.  Keyinshalik  irsiy  belgilarning  saqlanishi  va 

nasldan-naslga  o’tishi,  hujayradagi  oqsillar  biosintezi  nuklein  kislotalar  bilan 

bog’liqligi aniqlandi.  

Azot  asosi  bilan  uglevod  qoldig’ining  birikishidan  –  nukleozid,  nukleozid 

bilan  fosfat  kislota  qoldig’ining  birikishidan  nukleotid,  nukleotidlar  esa  o’zaro 

polikondensatlanishidan  nuklein  kislotalar  (DNK  –  dezoksiribonuklein  kislota  va 

RNK – ribonuklein kislota) hosil bo’ladi. Ularning molekulyar massasi 10000 dan 

10000000  gacha  bo’lib,  ular  orasidagi  yana  bir  farq  DNK  ning  qo’sh  zanjirga 

(qo’sh spiralga) egaligidir. DNK ning qo’sh spiralli makromolekulyar modeli 1953 




 

yilda  amerikalik  D.  Uotson  va  angliyalik  F.  Krik  tomonidan  yaratildi  va  ular  bu 



ishi  uchun  Nobel  mukofoti  sovrindori  bo’lishdi.  DNK  ning  qo’sh  spiralida  timin 

bilan adenin 2 ta vodorod bog’i, sitozin bilan guanin esa 3 ta vodorod bog’i orqali 

tutashgan  bu  hodisaga  komplementarlik

 

deb  ataladi.  Nuklein  kislotalar  tarkibiga 

kiruvchi  nukleotidlardagi  fosfat  kislota  qoldiqlari  ADF-adenozindifosfat  va  ATF-

adenozintrifosfatlar organizmlarning energiya manbai hisoblanadi, chunki fosfoefir 

bog’lari  uzilganida  katta  energiya  ajraladi  va  u  bog’lar  makroergik  bog’lar 

deyiladi. 

DNK  spirali  o’rtasidan  bo’linib,  ikkita  yangi  zanjirni  hosil  qilishi  (nusxa 

ko’shirish  kabi)  nuklein  kislotalarning  replikatsiyasi  deyiladi.  Bu  hodisa  tufayli 

DNK oqsil sintezida aminokislotalar ketma-ketligini boshqarish va irsiy belgilarni 

saqlash va nasldan-naslgan o’tkazish xususiyatiga ega bo’ladi. 

RNK  ning  komplementar  zanjirida  adenilga  uratsil,  sitozilga  guanil  to’g’ri 

keladi. RNK hujayradagi bajaradigan funksiyasiga ko’ra bir necha turga bo’linadi: 

- Ribosomal RNK (r-RNK) hujayradagi RNK ning 80-85% ini va ribosoma 

tarkibini  tashkil  qilib,  oqsil  sintezida  ishtirok  etadi,  molekulyar  massasi  0,5-1,5 

mln; 

-  Tansport  RNK  (t-RNK)  hujayra  suyuqligi  tarkibiga  kirib,  10-15%  ini 



tashkil  etadi,  u  oqsillar  sintezi  uchun  zarur  bo’lgan  aminokislotalarni  tashish 

vazifasini bajaradi, molekulyar massasi 20-30 ming; 

-  Informatsion  RNK  (i-RNK)  umumiy  RNK  miqdorining  1-10%  ini  tashkil 

etadi,  u  eng  yuqori  molekulyar  massaga  ega  (2  mln).  Hujayraning  ko’payishida 

kodlangan  aminokislotalar  ketma-ketligi  to’g’risidagi  axborotni  saqlash  va 

yetkazish vazifasini bajaradi. 

Azot asoslarini ko’pincha nomlarining bosh harflari  bilan ko’rsatish qabul 

qilingan. Adenin (A), Guanin (G), Sitozin (S), Uratsil (U), Tuanin(T). 

 

 

 




 

Nuklein kislotalarning  nukleotid tarkibi quyidagi jadvalda berilgan. 



 

                                                                                                      1- sxema 

 

                      



 

 

 



 

 

 



 

  

 



 

 

 



 

 

 



Monosaxarid ham beshta uglerod atomi tutadigan pentozalar bo’lib, aldegid 

guruppani  saqlaganlaridan    aldozalar    qatoriga  kiradilar  va  furanoza  strukturasiga  

egadirlar.  Ular  orasidagi    farq  faqat  ikkinchi  uglerod  guppasi  o’rnida    H  atomi 

turadi,  ya’ni  2-  uglerod    kislorod    atomidan  mahrum,    riboza  molekulasida    2-

uglerod  OH  bilan  bog’langan,  dezoksiriboza    molekulasida  2-uglerod  H  bilan 

bog’langan. Shuning uchun ham uning nomiga “dezoksi ” prefiksi qo’yilgan.  

                      H                                                    H       

 

                     C     O                                          



 

C     O   




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə