4.1
DNK va irsiyat. DNK biosintezi (replikatsiya)
DNKning qurilishi , biosintezi va vazifalarini o’ganish tarixi umumbiologik
jihatdan muhim bo’lgan irsiyat muammosini yuzaga kelishi va uni hal etish bilan
bog’liqdir.
XIXasrning oxiri XX-asrning boshlaridagi geneti hamda sitologik
tadqiqotlar belgilarning nasldan – naslga o’tib borish xromosomalarga bog’liqdir
degan xulosaga olib keldi. Belgilarning nasldan-naslga o’tib borishida
xromosomalarning ma’lum bir qismi-gen bilan o’tadigan biror irsiy belgini
ajratsa bo’ladi. Organizm barcha belgilarining to’plamiga barcha xromosomalar
genlarining to’plami – genotip to’g’ri keladi. Belgilarning nasldan –naslga o’tib
borish mexanizmining izohi genotip o’z-o’zini paydo qilib turadi degan
tushunchani ham qamrab oladi. O’z-o’zini paydo qilishi natijasida hujayra
genotipi ikki barobar ortadi va keyingi bo’linishga qiz hujayralarning har biri to’la
genlar to’plamini oladi. Bu tushuncha mitoz jarayonda xromosomlarning ikki
barobar ortib, tarqalib borish manzarasiga asoslanadi [14-16].
Xromasomalar tarkibida oqsil va DNK bo’lganligi uchun irsiy belgilarning
nasldan-naslga o’tib borishida shu moddalarning qaysi biri ishtirok etadi, degan
savol yuzaga keldi. XX asrning 40-50-yillarida irsiy axborot DNK molekulasi
tomonidan nasldan-naslga o’tib boradi degan ko’pgina tajriba ma’lumotlari paydo
bo’ldi. Bakteriyalarda parazitlik qilib yashovchi viruslar-bakteriofaglarning
ko’payishini o’rganish ana shuning yorqin dalillaridan biri bo’lib xizmat
qildi.Ichak tayoqchasida ko’payadigan 14 bakteriofag morfologiyasi ancha
murakkab bo’lgan DNK va oqsil pardasidan tuzilgan. Fagning ikosaedrik shakldagi
boshchasi oqsil pardasidan tuzilgan, ichi g’ovak silindrga o’xshash dumi mavjud.
Boshchasida bitta RNK molekulasi zich bo’lib joylashgan , dumining uchidan 6 ta
ingichka ip chiqib keladi. Dumi qo’sh devorli bo’lib , kattaroq diametrdagi naycha
ichiga kiritib qo’yilgan naychaga o’xshaydi. Bakteriyaga fag yuqish jarayoni
molekulalar ishtiroki bilan birma-bir davom etib boradigan murakkab hodisadir.
47
Fag bakteriya yuziga dumidagi iplari yordamida birikib oladi. Shunda dumning
uchi bakteriya pardasida mahkam o’rnashib qoladi. Fagning bakteriyaga birikishi
dumidagi iplari va dumi uchidagi oqsillarning bakteriya devoridagi moddalar bilan
komplementar tarzda o’zaro ta’sir qilishiga asoslangan. Keyin dumining tashqi
nayi qisqarib ichki nayi bakteriya pardasi orqali o’tadi va boshqasidan shu parda
orqali bakteriya ichiga fag DNKsi “otilib tushadi”, ayni vaqtda fagning oqsilli
pardasi bakteriya yuzida qoladi. Bir muncha vaqtdan keyin o’nlab daqiqalar bilan
o’lchanadigan bakteriyada endi oqsilli pardani ham, uning ichida joylashgan DNK
si ham bo’ladigan necha yuzlab fag zarralari topiladi.Bu jarayondan fagning
tuzilishi to’g’risidagi axborotning hammasi uning DNKsida bo’lar ekan degan
xulosa kelib chiqadi [7].
Dostları ilə paylaş: |