4. Nuklein kislotalar va oqsillar biosintezi haqida umumiy
ma’lumot
DNK biuosintezi – genlar replikatsiyasi ya’ni organizmni belgilarini
yuzaga chiqarishidir. Geteropolimer bo’lgan information makro molekulalar
genetik informatsiyani o’zlarining birlamchi strukturalarida saqlaydilar va
tashiydialr. DNK molekulasida nukleotidlarni birin-ketin kelishishi matritsa
vazifasini bajaradi. DNK va RNK da mononuleotidlar tarkibida joylashgan bu
informatsiya
replikatsiya
ham
transkripsiyada
amalga
oshadi.
Genetik
informatsiyaning reolizatsiya qilinishi DNK molekulasida nukleotidlar tartibi
shaklida yozilgan buyruq (ko’rsatma)ni oqsil molekulasi sintezida aminokislotalar
tartibiga aylantirishdan iborat. Axborot oqimi quyidagi yo’nalishda kechadi .
DNK →RNK→Oqsil →Hujayra →organizm.
Hozirgi zamon biologiyasining asosiy pastulati DNK, RNKni yaratadi,
RNK oqsilni, DNKning o’zi axborot xazinasi, u oqsil sintezida bevosita ishtirok
etmaydi. DNK faqat hujayra siklida bola hujayralari paydo bo’lishidagina ikki
zanjirga ajraladi va bunda har xil zanjirga muvofiq yetishmagan komplementar
zanjiri sintezlanib bir DNK molekulasidan ikkita molekula ajratiladi. Bu
fundamental jarayon hujhayralarining bo’linishi, nasliy belgilarni ajdodlarga
o’zgarmay uzatishini asosi bo’lib, replikatsiya, nusxa olish deb ataladi. Nasliy
axborotning realizatsiya qilinishi ikkinchi bosqishi oqsil sintezini boshqaradigan
uch xil RNK molekulalarini sintez qilinishidir [3-8].
Bujarayon transkripsiya (ko’chirib yozish) deyiladi. Genetik axborotni
amalga oshishida uchinchi bosqich nuklein kislotalarda yozilgan axborotni oqsillar
sintezida aminokislotalar tartibiga o’tkazishdir. Bu translyatsiya deb ataladi.
Molekulyar biologiyaning “markaziy dogma”si prinsipiga binoan axborot oqsilga
45
DNK↔DNK↔RNK→Oqsil o’tar ekan ,uning orqaga qaytmasligi qayd
qilinadi.
Ko’p asrlar davomida qorong’u bo’lib kelgan organizmning nasliy
belgilarini avloddan avlodga o’tish muammosi DNK molekulasining ikki zanjirli
tuzilishi va bu zanjirlarning bir-birga komplimentar ekanligi kashf etilgandan
so’ng, tez sur’atlar bilan ishlanib qisqa vaqt ichida hal bo’ldi.
Uotson va Krik gepotezasiga binoan DNK qo’sh spiralining har bitta
zanjiri komplimentar bola zajirlar replikatsiyasi uchun matritsa sifatida xizmat
qiladi. Shuni eslatib o’tish kerakki, makromolekulalarni qaytadan aniq yaratilish
va nasliy axborotni uzatish g’oyasi, birinchi bo’lib rus olimi N.K.Kalsov tomoni-
dan ishlab chiqarilgan edi. 1927-yilda N.K.Kal’sov hujayralar ko’payishida
xromosomalar (nasl molekulalari) matritsa sosida o’z-o’zidan ko’payadi degan
gipotezani e’lon qildi. Lekin u yillarda, hali oqsillarning funksional ahamiyati
haqida ma’lumot yetarli bo’lmagan, bu xususiyat DNKga emas, oqsil molekula-
siga taalluqli deb faraz etilgan edi.
Shunday bo’lsa ham makro molekulalar avtokatalitik yo’l bilan yangidan
paydo bo’lishi haqidagi fikrni o’zi shubhasiz bashoratdir.
|