Tildagi ayrim so’zlar shakily jihatdan, ayrimlari ma’no jihatdan, bir xillari esa talaffuzi jihatidan o’xshash bo’ladi


Uzluksiz ta'lim tizimida boshlang‟ich ta'lim muhim bosqich hisoblanadi



Yüklə 1,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/60
tarix26.04.2022
ölçüsü1,29 Mb.
#86061
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
boshlangich sinf ona tili darsliklarida omonim antonim sinonim paronimlarning berilishi va ularni oqitish uslubiyoti

Uzluksiz ta'lim tizimida boshlang‟ich ta'lim muhim bosqich hisoblanadi 
va  unda  ona  tilini  o‟qitish  asosiy  o‟rin  egallaydi. 
Boshlang‘ich  sinflar  ona  tili 
ta'limi  o‘quvchilarda nutq  faoliyatining  asosiy  turlarini o‘stirish  bilan bir qatorda, 
quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi: 
Boshlang‘ich  sinflarda  ona  tilidan  beriladigan  bilimlar  mazmunini  o‘zbek 
tilining  tovush  tuzilishi  va  yozma  nutqda  tovushlarni  ifodalash  usullari  haqidagi, 
so‘zlarning  o‘zgarishi  va  gapda  so‘zlarning  bog‘lanishi  haqidagi,  so‘zlarning 
morfemik tarkibi va so‘z yasalishi, so‘zlarning leksik - semantik guruhi haqidagi, 
o‘zbek  tilining  to‘g‘ri  yozuv  qoidalari  va  tinish  belgilarining  ishlatilishi  haqidagi 
bilimlar  tashkil  etadi.  Berilgan  bu  bilimlar  o‘quvchilar  nutqini  o‘stirishga  xizmat 
qiladi. 
Ona tili o‘qitishning mazmuni va metodlari o‘quvchilarga dastur talab qilgan 
hajmda  puxta  bilim  berish,  ko‘nikma  va  malakalar  hosil  qilishga  ko‘maklashishi 
lozim. 
Maktabni  bitirib  chiqqan  yoshlar  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  hayotning 
rang  —  barang  jabhalarida,  muloqot  va  munosabatning  barcha  turlarida  o‘zbek 
tilidan  bemalol  —  erkin,  samarali  va  to‘g‘ri  foydalana  olish,  uning  cheksiz 
imkoniyatlaridan  to‘laqonli  bahramand  bo‘lish,  zaruriy  ko‘nikma  va  malakalarga 
ega bo‘lishlari kerak. 
                                                 
1
 I.A.Karimov ―Sog‘lom bola yili‖ Davlat dasturi va ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖ asari.  
2
 Boshlang‘ich ta‘limga oid yangi tahrirdagi DTS 2010 –y.  


 

«Ona tili» darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish 
lozim. Shuning uchun ushbu dastur va u asosida yaratilajak darsliklarda grammatik 
qoidalarni yodlatishdan voz kechish, ijodiy tafakkur tarzini shakllantirish, dars va 
mashg‘ulotlarni  o‘quvchilarning  nutqiy  malakasini  yuzaga  keltirishga  qaratish 
maqsad qilib olindi. 
Ona  tili  ta'limi  oldida  quyidagi  bosh  maqsad  turadi:  ona  tili  mashg‘ulotlari 
bolalarda  ijodiylik,  mustaqil  fikrlash,  ijodiy  fikr  mahsulini  nutq  vaziyatiga  mos 
ravishda  og‘zaki  va  yozma  shakllarda  to‘g‘ri,  ravon  ifodalash  ko‘nikmalarini 
shakllantirish va rivojlantirishga qaratilishi lozim.  
 
Og‘zaki  nutq  madaniyatini  egallash,  unga  xos  xususiyatlarni  bilish; 
o‘quvchilarni  gap  va  nutqni  grammatik,  orfografik,  stilistik  jihatdan  adabiy  til 
me'yorlariga  rioya  qilgan  holda  tuzishga  o‘rgatish.  Og‘zaki  nutqni  rivojlantirish 
uchun  o‘quvchilar  lug‘at  boyligini  izchil  oshirib  borish,  gapning  sintaktik 
tuzilishiga  oid  bilimlarni  amaliy  jihatdan  egallash,  nutq  birliklari  o‘rtasidagi 
mantiqiy  uyg‘unlikni  ta'minlashga  oid  malakalarni  rivojlantirish,  yangi  harf-
tovushga  bog‘lab  tavsiya  etilgan  so‘zlar  ma'nosini  o‘quvchilar  to‘liq  anglashiga 
erishish, rasm asosida o‘zaro bog‘langan kichik hikoyalar tuzishga o‘rgatish. 
 
Lug‘at  ustida  ishlash.  O‘quvchilar  nutqini  boyitish,  ular  nutqida  kam 
qo‘llaniladigan so‘zlarni alohida yozdirib borish, dars jarayonida lug‘at daftaridagi 
so‘zlarning ishlatilishiga e'tibor berish bilan qo‘shib olib borilish. 
Sinfdan tashqari o‘qish uchun hajm va mazmun jihatidan 1-sinf Alifbe davri 
uchun  mos  ertak,  hikoya,  masal  kabilarni  to‘g‘ri  tanlash  va  o‘qish.  O‘qigan 
asarlaridagi  qahramonlar  xatti-harakatini,  she'r,  to‘ishmoq,  maqol,  tez  aytishlarni 
elementar  baholay  olishi  lozim.  Har  bir  haftaning  oxirgi  o‘qish  darsidan  20 
daqiqasi  sinfdan  tashqari  o‘qish  uchun  ajratiladi.  Sinfdan  tashqari  o‘qish 
mashg‘ulotlari uchun sinf kutubxonasini tashkil qilish lozim. 
O‘quvchilarni  sinfdan  tashqari  o‘quv  materiali  bilan  tanishtirishda  ifodali, 
jonli  nutq  sharoiti,  pedagogik  mahorat  va  artistlik  ko‘maklarini  uyg‘un  qo‘llash 
lozim. 
Sinfdan  tashqari  o‘quv  mashg‘ulotlarida  o‘quvchilarning  ota-ona  yoki 
o‘qituvchi  ko‘magida  o‘rgangan  she'r,  hikoya  va  ertaklaridan  namuna  aytib 
berishlari, uyda bolani kitobga havas uyg‘otuvchi muhit yaratishga erishish. 
Boshlang‘ich  sinflarda  ona  tilini  o‘rgatishdan  asosiy  maqsad  bolalarning 
yosh  xususiyati  va  yozma  nutqini,  tafakkurni  o‘stirish,  ularda  bilim  olishga 
qiziqishni  o‘stirish,  faollik,  mustaqillik,  mehnatsevarlik,  qiyinchiliklarni  yenga 
olish  qobiliyatlarini  o‘stirish  hisoblanadi.  Bolalarning  aqliy  va  nutqiy 
qobiliyatlarini  muvaffaqiyatli  o‘stirish  kelgusida  fanlarni  puxta  o‘zlashtirishga 
imkoniyat yaratadi. 
Boshlang‘ich  sinflarda  fonetika,  grammatika,  to‘g‘ri  yozish  va  nutq 
o‘stirishdan  beriladigan  boshlang‘ich  ma'lumotlar  o‘rta  maktablarda  o‘qitiladigan 
ona tili va adabiyot sistematik kurslarining materiallari bilan bog‘lanadi va o‘zbek 
tilining  turli  tomonlariga  oid  keng  tushunchalarni  qamrab  oladi.  O‘quvchilar 
boshlang‘ich  sinflarda  so‘zlarning  fonetik  tarkibi  bilan,  so‘zlarni  bo‘g‘inlarga  va 
ma'noli qismlarga bo‘lish bilan, so‘z turkumlari va gap turlari, gap bo‘laklari bilan 


 

bir  qator  to‘g‘ri  yozuvni  yozish  qoidalari  bilan  tanishadilar.  Dasturga  ko‘ra, 
o‘quvchilarni  so‘zning  leksik  ma'nolari  bilan,  ya'ni  sinonim,  antonim  va  ko‘p 
ma'noli so‘zlar bilan tanishtirish ham ko‘zda tutiladi. 
Fonetika,  leksika,  grammatika,  to‘g‘ri  yozuvdan  boshlang‘ich  bilimlarni 
o‘zlashtirish  jarayonida  bolalarning  fikrlash  qobiliyatlari  o‘sadi;  ular  til 
hodisalarini  tahlil  qilishga,  qiyoslash
3
ga,  umumlashtirishga  va  guruhlashga,  o‘z 
nutqlarida til birliklari — so‘z va gaplarni to‘g‘ri qo‘llashga o‘rganadilar. 
4-sinfda  o‘quvchilar  otlarning  egalik  qo‘shimchalari  bilan  qo‘llanishi, 
kelishik  qo‘shimchalari  bilan  turlanishi  va  asosiy  so‘roqlariga  qarab  ularning 
Boshlang‘ich sinflarda so‘z leksik-grammatik tomondan o‘rganiladi.  Lug‘at ustida 
ishlashga katta e'tibor beriladi. Lug‘aviy mashqlar grammatika va to‘g‘ri yozishni 
o‘rganish bilan bog‘liq holda olib boriladi (Leksikadan nazariy bilim berilmaydi). 
O‘quvchilar o‘qish, grammatika, yozuv imlo materiallarni o‘rganish bilan bog‘liq 
holda,  so‘zlar  shaxs  va  narsalarning  nomini,  harakatini,  belgisini,  sanog‘i  va 
tartibini  ifodalashi,  yaqin  va  qarama-qarshi  (zid)  ma'noni  bildirish,  matnlarda  har 
xil ma'noda ishlatishni bilib oladilar; ular o‘z fikrlarini to‘g‘ri va aniq ifodalashga, 
fikrga mos so‘zlar tanlay olishga o‘rgatib boriladi. 
So‘z  turkumlariga  o‘quvchilar  ikkinchi  sinfda  tayyorlanadilar.  Ular  kim? 
(kimlar?),  nima?  (nimalar?)  so‘rog‘iga  javob  bo‘lgan,  shaxs  va  narsalar  nomini, 
qanday?,  qanaqa?,  qaysi?  so‘roqlariga  javob  bo‘lgan,  shaxs  va  narsalarning 
belgisini,  nechta?,  qancha?,  nechanchi?  so‘roqlarga  javob  bo‘lgan  so‘zlar  sanog‘i 
va  tartibini,  nima  qildi?,  nima  qiladi?,  nima  qilyapti?  so‘rog‘iga  javob  bo‘lgan, 
narsa  va  shaxslar  harakatini  ifodalashni  bilib  oladilar;  ularni  ma'lum  so‘zlarga 
so‘roq  bera  olishga,  u  yoki  bu  so‘roqqa  javob  bo‘lgan  so‘z  nimani  ifodalashini 
aytib berishga o‘rgatiladi. 
 
Boshlang‘ich  sinflarda  olib  boriladigan  ta'limiy  ishlarning  asosiy 
yo‘nalishlaridan biri o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish, muomala 
odobini shakllantirish hisoblanadi. 
O‘quvchilar  nutqini  o‘stirish  ustida  ishlash  savod  o‘rgatishning  birinchi 
kunlaridanoq, o‘qish va ona tili darslari, atrofimizdagi olam, matematika va boshqa 
fanlar,  sinfdan  tashqari  mashg‘ulotlar  bilan  bog‘liq  holda  izchillik  bilan  davom 
ettiriladi.  Nutqiy  mashqlardan  bog‘lanishli  nutqqa  oid  og‘zaki  va  yozma 
mashqlarga alohida ahamiyat beriladi. 
O‘quvchilarni har bir darsda kitob bilan ishlashga (o‘rganilayotgan mavzuni, 
kerakli  qoidani,  mashqni  tezda  to‘ishga,  mashqtopshiriqlarini  tartibi  bilan  izchil 
bajarishga) bajarilayotgan mashqning maqsadini (nimaga o‘rgatishini) tushunishga 
o‘rgatish kerak. 
 
O‘quvchilarda  bilish  jarayonini  faollashtirish  va  ona  tilidan  beriladigan 
bilimlarni  puxta  o‘zlashtirish  uchun  ta'limiy  o‘yinlar  qatnashadigan  turli  qiziqarli 
mashqlar,  boshqotirma  krossvord  —  kataklarni  harflar  bilan  to‘ldirib,  o‘ylangan 
so‘zlarni to‘pishga oid to‘ishmoq mustaqil ma'noga ega bo‘lgan bir necha so‘zdan 
tuzilgan so‘zni to‘pish (belbog‘, gultojixo‘roz); so‘z yoki gapni shakl, harf, belgilar 
                                                 
3
 Ona tili dasrligi 1-2-3-4-sinflar. Toshkent 2012. 


 

bilan  ifodalaydigan  to‘pishmoq;  har  xil  ko‘rgazmali  qurollar,  texnik  vositalardan  
foydalanish  va  darsda  ish  orqali  bolalarning  toliqishining  oldini  olishga  hamda 
dasturda  tavsiya  etilgan  ta'limiy,  tarbiyaviy  va  rivojlantiruvchi  vazifalarni 
birgalikda hal etishga erishish zarur. 
 Tadqiqot  ob‘ekti  va  predmeti.  Ishning  tadqiqot  ob‘ektini  boshlang‘ich  sinflarda  
ona  tili  o‘qitish  metodikasi  fani  sistemasidagi  yo‘nalishlar  tashkil  etadi.1,2,3,4-
sinflardagi leksik bilim berishga va mustaxkamlashga oid mashqlar va  uni o‘qitish 
metodikasi    yuzasidan  bildirilgan  fikrlar,  5111700-  ―Boshlang‘ich  ta‘lim  va  sport 
tarbiyaviy  ish‖  ta‘lim  yo‘nalishi  talabalari  uchun  o‘tiladigan  ona  tili  o‘qitish 
metodikasi  fani  hamda  shu  bo‘limni  to‘ldiruvchi  talaba  tanlov  fanlari  ishning 
predmetidir. 
 
Tadqiqot  maqsad  va  vazifalari.            Umumta‘lim  maktablarining  ona  tili 
darsliklarida  leksik  bilimlarning  berilishi,  ularni  taxlil  qilish  hamda  yangi 
pedagogik  texnologiyalar  orqali  darslarni  tashkil  etish  orqali  barkamol  avlodni 
tarbiyalash maqsad qilib qo‘yilgan. Zero, 2014-yil qabul qilingan ―Sog‘lom bola‖ 
yili davlat dasturining 71-bo‘limida prezidentimiz tomonlaridan tahkidlanganidek‖ 
Boshlang‘ich  sinflarda  o‘qitish  sifatini  yaxshilash  chora-tadbirlarini  amalga 
oshirish,o‘qitishning  o‘yinli  shakllaridan  keng  foydalanish  zarur‖.  Shu  nuqtai 
nazardan  kelib  chiqqan  xolda,  tadqiqotda  leksik  bilimlar  berishning  o‘ziga  xos 
yo‘llari turli o‘yin shakllari orqali dars ishlanmalari ko‘rinishida o‘z aksini to‘gan. 
Tadqiqotning vazifalari sifatida quyidagilar ehtirof etilgan: 
 1.Boshlang‘ich sinf ona tili darsliklariga kiritilgan badiiy matnni shakllantiruvchi 
ayrim leksik vositalar xaqida nazariy mahlumot berish 
2.  Leksik  vositalarni  o‘rgatish  jarayonida  didaktik  o‘yinlardan  foydalanish 
o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga o‘rgatuvchi vosita ekanligini ilmiy jihatdan asoslab 
berish 
3.Omonim(shakldosh),  sinonim(ma‘nodosh),  antonim(zid  ma‘noli)  va  tarixiy 
so‘zlarni  yangi  pedagogik  tenologiyalar  orqali  o‘qitsh  uslubiyotini  dars 
ishlanmalari shaklida tadqiq etish. Shu orqali o‘quvchilar lug‘at boyligini oshirish, 
ularda ravon, chiroyli nutq malakalarini shakllantirish.  
   Tadqiqotning  asosiy  masalalari  va  farazlari  Tadqiqot  Muqimiy  nomidagi  
Qo‘qon davlat pedagogika instituti ―Boshlang‘ich ta‘lim metodikasi‖ kafedrasining 
―Uzluksiz  ta‘limning  ilmiy  va  metodik  asoslari‖  ilmiy-amaliy  muammosi  rejasi 
asosida amalga oshirilgan. 
   Ishning  nazariy  va  amaliy  natijalari  Qo‘qon  davlat  pedagogika  instituti 
bakalavriat talabalari, umumta‘lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 
uchun nashr ettirilgan ―O‘quvchilarni og‘zaki nutqini o‘stirish‖ mavzuidagi o‘quv-
uslubiy qo‘llanmada o‘z aksini topgan. 
   Mavzu bo‘yicha qisqacha adabiyotlar ro‘yxati. 
    Ishda  asosan  boshlang‘ich  sinflar  uchun  nashr  ettirilgan  va  amalda 
qo‘llanilayotgan  ―ona  tili‖  darsligidan  foydalanildi.  Ishning  nazariy  tomonini 
yoritishda  A.Nurmonov,  N.Maxmudov,  M.Asqarova  ,  SH.Raxmatullaevlarning 
darsliklariga tayanib fikr yuritildi. 
   Tadqiqotda qo‘llanilgan uslublarning qisqacha tavsifi. 


 

       Tadqiqot  metodologiyasini  dialektik  mantiq  qonunlari  tashkil  etadi. 
Tadqiqotni  amalga  oshirishda  analiz  qilish,sintez  qilish,qiyoslash,  uzviy  taxlil, 
zidlovga  qo‘yish,  zamonaviy  pedagogik  texnologiya  usullari  va  interaktiv 
metodlardan keng foydalanildi. 
  Tadqiqot ishining nazariy va amaliy axamiyati. 
   Ushbu  tadqiqot  natijalaridan  bugungi  kunda  o‘qitishning  zamonaviy  vositalari 
asosida  olib  borilayotgan  turli  tadqiqotlarga  muayyan  darajada  ilmiy  materiallar 
bera olishi bilan ahamiyatlidir. 
 Tadqiqot  amaliy  jihatdan  umumta‘lim  maktablarining  boshlang‘ich  sinf 
o‘qituvchilari  va  Boshlang‘ich  ta‘lim  yo‘nalishi  talabalari  uchun  o‘quv  rejasiga 
kiritilgan ―ona tili‖, ‖Boshlang‘ich ta‘limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar‖ 
fanlarida foydalanish mumkin. 
 
 

Yüklə 1,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə